Yaratilgan sanasi: Tue, 4 Oct 2023 13: 27: 38 +0500 Page 1-savol
Download 52.6 Kb. Pdf ko'rish
|
Mahallalardagi Zakovat to‘garagi 12.05.2023
Yaratilgan sanasi: Tue, 24 Oct 2023 13:27:38 +0500 Page 1 1-savol: Quyidagi ro‘yxatni yozib oling: Mehribon Aliyeva, Nadejda Davidovna, Azizmo Asadullayeva. Bu insonlarni umumiy U deb atasak bo‘ladi. Savol: Uni topgan bo‘lsangiz, O‘zbekistondan kimni bu ro‘yxatga kiritish mumkinligini yozib bering. Javob:Ziroat Mirziyoyeva. Izoh: yuqoridagi ro‘yxatdagi insonlar birinchi xonimlar edi. Mehribon Aliyeva-Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi, Nadejda Davidovna-Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning rafiqasi, Azizmo Asadullayeva- Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning rafiqasi, O‘zbekiston respublikasida esa Shavkat Miromonivich Mirziyoyev rafiqasi- Ziroat Mirziyoyeva birinchi xonim hisoblanadi. 2-savol: Grammatika jinnisi bo‘lgan bir tilshunosning oilasida 6 ta egizak o‘g‘il tug‘ildi. Ulardan 2 tasiga Xasan va Xusan deb ism qo‘yilgan bolsa, qolgan 4 tasiga qanday ism qo‘yilganini yozib bering. Javob:Xesan, Xisan, Xosan, Xo‘san Izoh: Tilimizda 6 ta unli harf bor. 3-savol: Ushbu savolni topishingizga sizga mantiq, fizika yoki musiqa yordam berishi mumkin. Ushbu shahar 1848- yilda Samuel Brannan va kichik Jon Avgust Satter tomonidan asos solingan bo‘lib, o‘z nomini o‘zi joylashgan hudud g‘arbida joylashgan daryo nomidan olgan va bu ispanchada “Muqaddas marosim” degan ma’noni anglatadi. Savol: Gap qaysi shahar haqida ketayotganini toping. Javob:Sakramento . Izoh: Savol boshida aytgan mantiq, fizika, yoki musiqa so‘zlari sizni Munisa Rizayevaning Sakramento qo‘shig‘iga ishora qilgan edi. 4-savol: U – sharq xalqlari og‘zaki poetik ijodidagi afsonaviy obraz; osmonda uchish, uzoq manzilni yaqin qilish haqidagi asriy orzu umidlarning ramziy ifodasi. Dastlab Eron mifologiyasida paydo bo‘lgan. O‘zbek xalq ertak va afsonalarida ijobiy qahramonning do‘sti, himoyachisi, hamrohi sifatida gavdalanadi. U haqidagi afsonalar asosida Hamid Olimjon asar yozgan. Savol: Asar nomini yozib bering. Javob:“Parizod va Bunyod”. Izoh: Gap Afsonaviy Semurg‘ qushi haqida ketayotgan edi. 1939- yil Xamid Olimjonning Semurg‘ ertak dostoni asosida "Parizod va Bunyod" asarini yozadi. Download 52.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling