20-savol:
Ayrim savollarimizga javob topa olmayotgan bo‘lsangiz ham ko‘nglingizni keng qilib davom ettiring. 17
asrda Jizzax hududida tavallud topgan bu shoir Abdulazizxon davrida saroyda
yuqori lavozimda ishlagan
ersada tor ko‘ngilli Subxonqulixon taxtga kelishi bilan lavozimlaridan chetlashtirilgan va faqirona
yashashga majbur bo‘lgan. Savol: Bizga bu shoirning fors-tojik tilidagi she’rlarida qo‘llaydigan
tahallusini
yozib bering.
Javob:Farog‘iy.
Izoh: Mashxur shoir Turdi Farog‘iy avvaliga yuqori mansablarda ishlagan, lekin
keyinchalik vazifasidan
ketkazilib,oddiy xalq bilan birday hayot tarzini kechira boshlaydi va mashxur “Tor ko‘ngullik beklar” she’ri
esa hammamizga ma’lum.
Manba:
https://uz.wikipedia.org/wiki/Turdi#:~:text=Turdi%2C%20Turdiy%20(asl,tushkunlikda%20kun%20kechirga
n.
21-savol:
Tarixchi Ixtiyor Esonov Fikrat podkastida Napeleonning Luizianani arzon garovga Aqshga sotilishini juda
katta xato deb hisoblaydi
va uni ikkinchi X deb ataydi, ma'lumot o'rnida X hozirgi Belgiya hududida
joylashganini aytishimiz mumkin. Savol:
X ni yozib bering
Javob:Vaterlo
Izoh: 1815-yili Napoleon aynan mana shu Vaterlo qishlog'ida ittifoqchilar armiyasidan qaqshatqich
mag'lubiyatga
uchraydi, Ixtiyor Esonov esa Luiziananing sotilishini ham Napoleonning mag'lubiyati deb
hisoblaydi.
22-savol:
Ritsarlar zirhsiz jang qiladigan duelning bir turi mavjud bo‘lib, unda qatnashish uchun ritsarlarda ot, nayza,
qalqon va u oldindan bo'lishi lozim edi. Savol: Uni yozib bering.
Javob:Tobut.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A0%D0%B5%D0%BD%D0%BD%D0%B5%D0%BD