Yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bо‘lgan tayyorgarligini


Download 34.35 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi34.35 Kb.
#1473237
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Pedagogik kreativlik: pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bо‘lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati

1-yo‘l: kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish. Bunda asosiy urg‘u kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy e'tibor markazida bo‘lib, talabalar fe'llar ѐrdamida kreativ xarakterdagi harakatlarning mohiyatini ifodalashga yo‘naltiriladi. Xususan, o‘qituvchilar kreativ fikrlash ko‘nikmasini samarali shakllantirish maqsadida talabalarga ularni fikrlashga undovchi savollar tarkibida zarur fe'llarning bo‘lishiga e'tibor qaratiladi. Bu holat misollar bilan tushuntirilsa, talabalardan “yurak va qon aylanish tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta'riflab bering” mazmunidagi nazorat savoli ularda kreativlikni shakllantirmaydi. Zero, savol tarkibidagi “ta'riflab bering” tushunchasi o‘z mohiyatiga ko‘ra “mavjud bilimlaringizni birma-bir aytib o‘ting” deyish bilan teng. Nazorat savollarini berishda talabalarni fikrlashga undovchi so‘z (fe'l)lardan foydalanish ularning kreativ fikrlashlarini osonlashtiradi. Shu sababli shaxsda kreativ sifatlarni shakllantirishning birinchi yo‘liga ko‘ra pedagoglar turli, antiqa, noan'anaviy hamda puxta javobni berishga majbur qiluvchi so‘z (fe'l)lardan foyalanishlari maqsadga muvofiqdir. M: “bog‘liqlikni toping”, “yarating”, “bashorat qiling”, “fikrni mantiqan baѐn eting”, “tasavvur qiling” kabi so‘z (fe'l)lardan foydalanish amaliy jihatdan samarali sanaladi. Agarda pedagog talabalardan “yurak va qon aylanish tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta'riflab berish”ni talab qilish o‘rniga, “yurak va qon aylanish tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikning barcha turlarini keltirish”ni so‘rashi lozim. Natijada talabalar ham mavjud bilimlarni umumlashtirish, ham yangi fikr va g‘oyalarni ilgari surish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Pedagoglar birinchi yo‘lni qo‘llash – talabalarda kreativlik ko‘nikmasini shakllantirishda ѐsh o‘qituvchilarning “Kreativlik xaritasi”dan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.

2 - yo‘l: a maliy kreativ harakat ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Pedagoglar talabalarda kreativ harakat ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ko‘rsatmali metod va usullardan foydalanadi. Bu o‘rinda savollardan foydalanish faqat qisqa muddatda ѐrdam berishi mumkin, biroq, talabalara interfaollik va kirishimlilikni rivojlantirmaydi.

3- yo‘l: kreativ faoliyat jaraѐnlarni tashkil etish. Mazkur yo‘l talabalarni muammoni yechish va innovasion g‘oyalarni ilgari surish jaraѐnida kreativ, ijodiy fikrlashga urg‘u beradi. Mazkur jaraѐnlarda kreativ metod va usullar faol qo‘llanilmasa-da, kreativ fikrlash yuz beradi. M: “Yurak va qon aylanishi tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikni topish” (Isaksen & Treffinger, 1985). Topshiriqni bajarar ekan, talabalar odamning qon aylanishi tizimi bilan bog‘liq turli muammolarni tahlil qiladi. Natijada ushbu jaraѐnda ko‘p tomonlama fikrlash, mushohada yuritish ro‘y beradi.

4-yo‘l: kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish. Bu yo‘lni tutishda pedagog talabalarga “Odamning qon aylanish tizimi” mavzusida Power Point dasturi ѐki mul'timediya ѐrdamida taqdimotni yaratish topshirig‘ini berishi mumkin. Taqdimotni tayѐrlash jaraѐnida talabalarda kreativ fikrlash ko‘nikmalari faol rivojlanadi. Talabalar o‘zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda to‘la namoѐn qilishlari mumkin. Agar talabalarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash qo‘rquv hissi mavjud bo‘lsa, fikrni noto‘g‘ri ifodalashdan hadiksirasalar, tanqidga uchrasalar bunday vaziyatda ularda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini samarali shakllantirish ѐki rivojlantirish mumkin bo‘lmaydi. Talabalarda kreativlikni odatga aylantirish orqaligina kreativ fikrlash ko‘nikmasini muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin.Bu jaraѐnda ular tomonidan mavzu mazmunining puxta anglanishi va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini baholashda qo‘llaniladigan metod va vositalar (3-mavzu) muhim ahamiyat kasb etadi. Kreativ xarakterga ega muhitdagina talabalar o‘rganaѐtgan mavzuning mazmuni, o‘quv axborotlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tushunish imkoniyatiga ega bo‘ladi va bu haqida fikrlash boshlashadi (Anderson et al., 2000). M: talabalar “Immigratsiya hodisasining mohiyati”ni “Aqliy hujum” strategiyasi asosida o‘rganish jaraѐnda, eng avvalo, strategiyaning o‘zi nimaligini, uni qanday qo‘llash zarurligi haqidagi tushunchalarga ega bo‘lishlari lozim. Muayyan omillar pedagoglarda kreativlik sifatlari, malakalarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi. Shu sababli pedagogik jaraѐnda o‘qituvchilar ushbu omillarni barataf etishga e'tibor qaratishlari lozim. Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi:

1) o‘zini tavakkaldan olib qochish;

2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo‘pollikka yo‘l qo‘yish;

3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi;

4) boshqalarga tobe bo‘lish;

5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o‘ylash
Download 34.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling