Yarim avtomatik blokirovkada poyezdlar harakati poyezdlarni qabul qilish va jo'natish
Download 30.06 Kb.
|
Yarim avtomatik blokirovkada poyezdlar harakati-hozir.org (1)
YO'L POSTLARI (BLOK-POSTLARI)GA
EGA PEREGONLARDA POYEZDLAR HARAKATI 15. Qo'shni alohida punktdan poyezd jo'natilganligi haqida blokirovka signalini qabul qilib, post navbatchisi oldindagi peregonning bo'shligida o'tish svetoforini ochadi. O'tish svetofori ochilishi bilan bir paytda qo'shni alohida punktga avtomatik ravishda boshqaruv blokirovka signali uzatiladi (elektrmexanik blokirovkada o'tish svetofori yopilgandan so'ng blokirovka signali alohida uzatiladi). Poyezd o'tish svetoforini bosib o'tgandan so'ng, signal knopka (dastak) post navbatchisi tomonidan signal yopiq holatiga o'matiladi. Poyezd to'liq tarkibda o'tganiga ishonch hosil qilgandan so'ng. post navbatchisi qo'shni stansiyalarga poyezdning haqiqatda o'tgan vaqti to'g'risida xabar qiladi, orqada qolgan alohida punktga esa, bundan tashqari, o'tish blokirovka signalini uzatadi (elektrmexanik blokirovkada o'tish blokirovka signali bir paytning o'zida oldindagi alohida punktga ham uzatiladi). 16. Agar poyezd suruvchi lokomotiv bilan harakatlangan bo'lsa nost navbatchisi suruvchi lokomotiv o'tganiga ishonch hosil gilgandan keyingina orqada qolgan alohida punktga o'tish blokirovka signalini uzatadi. Poyezd suruvchi lokomotivsiz o'tib ketsa, post navbatchisi bu to'g'rida darhol qo'shni alohida punktlarga xabar qiladi, ammo blokirovka signalini uzatmaydi (elektrmexanik blokirovkada o'tish svetoforini ham yopmaydi). Oldindagi post navbatchilari ham shu kabi tartibda harakat qiladilar. Elektrmexanik blokirovkada oldindagi post navbatchilari poyezdni bo'sh peregonga yopiq o'tish svetoforida, mashinistga I punkti to'ldirilgan yashil blankdagi ruxsatnoma (DU-52 shaklidagi blank) berib o'tkazadilar. Har bir blok-post navbatchisi faqat qolib ketgan suruvchi Jokomotiv blok- postdan o'tgandan so'ng, yopish blokirovka signalini uzatadi. Oldinda ketayotgan poyezd o'tish svetoforini avtomatik tarzda yopib ketsa, suruvchi lokomotiv qo'shni blok-uchastkaga o'tish svetoforining taqiq ko'rsatmasida kiradi. 17. Avtomatik blok-postlar; tutashuv punktlariga xizmat ko'rsatuvchi blok-postlar; yo'l rivojlanishiga ega (sutkada to l14 ishlamaganida) alohida punktlari o'rniga davriy ochiladigan blok: postlar bilan jihozlangan peregonlarda poyezdlar harakati tasbkil etilishi qurilmalar tizimiga bog'liq ravishda DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi. Download 30.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling