Yarim avtomatik blokirovkada poyezdlar harakati poyezdlarni qabul qilish va jo'natish
YARIM AVTOMATIK BLOKIROVKA NOSOZLIGIDA
Download 30.06 Kb.
|
Yarim avtomatik blokirovkada poyezdlar harakati-hozir.org (1)
YARIM AVTOMATIK BLOKIROVKA NOSOZLIGIDA
POYEZDLAR HARAKATI 18. Quyidagi nosozliklarda yarim avtomatik blokirovka amal qilishi to'xtatiladi: a) chiqish yoki o'tish svetoforini yopishning iloji yo'qligi; b) peregon bo'shligida chiqish yoki o'tish svetoforini ochishni iloji yo'qligi (jumladan, chiqish svetoforida ajratilgan uchastkalar bo'shligi nazoratini o'chirish yordamchi knopkalarni qo'llab); v) blokirovka signallari o'z-o'zidan qabul qilinishi; g) blokirovka signallarini uzatish yoki qabul qilishning iloji yo'qligi; d) blok-apparatda plombalar yo'qligi (pedal-zamichkadagi yoki yordamchi knopkadagi plombalar mustasno). Ko'rsatilgan barcha holatlarda, shuningdek, blokirovka qurilmalari amal qilishini vaqtincha to'xtatadigan ushbu qurilmalarni qayta jishozlash, ko'chirish, ta'mirlash, sinash, almashtirish va boshqa ishlar paytida blokirovka bo'yicha poyezdlar harakati to'xtatilib, telefon aloqasi orqali o'rnatiladi. 19. Elektrmexanik yarim avtomatik blokirovka apparatini (stansiya navbatchisining boshqaruv apparatini) ko'zdan kechirayotganda blokirovka amal qilishi to'xtatilmaydi. Bunda blok-apparat ochiq paytida stansiya navbatchisi va elektrmexanik blokirovka qurilmalari to'g'ri ishlashini o'ta diggat bilan kuzatishlari shart. Yarim avtomatik blokirovka qurilmalarini ko'zdan kechirish, rostlash va moylash yakunlangandan so'ng, plomba qo'yishdan avval elektrmexanik stansiya navbatchisi bilan birgalikda nazorat asboblarining ko'rsatmalari bo'yicha blok- apparat ko'rsatmalarining peregonlar holatiga muvofiqligini (poyezdlar harakati jurnalidagi yozuvlar va qo'shni alohida punktlar navbatchilari bilan so'zlashuvlar bo'yicha) tekshiradilar. Blok-apparatni ko'zdan kechirish yoki ta'mirlash uchun ochilgan har bir holat, shuningdek, bu ishning yakunlanganligi hagida elektrmexanik ko'rik jurnaliga tegishli yozuvni kiritadi, 20. Telefon 'aloqaga o'tish, shuningdek, blokirovka bo'yicha poyezdlar harakatini tiklash, stansiya navbatchilari orqali peregonning bo 'shligi tekshirilgandan so'ng, poyczd dispetcheri buyrug'i bilan amalga oshiriladi. Dispetcherlik aloqasi nosozligida, poyezdlar harakatida telefon aloqasiga o'tish va blokirovka harakatini tiklash ushbu Yo'riqnomaning 44 va 45-bandlarida ko'rsatilgan tartibda telefonogramma matnida wavtoblokirovka» so'zini «blokirovka» so'ziga almashtirish bilan amalga oshiriladi. 21. Blokirovka amal qilishi to'xtatilib, telefon aloqasiga o'tilgandan so'ng, poyezdlar mashinistlariga qo'shni alohida punktgacha harakatlanish uchun yo'l xati (qog'ozi) (DU-50 shaklidagi blank) beriladi. 22. Taqiq ko'rsatmali marshrut svetoforidan (chiqish svetoforigacha) poyezdlar quyidagilarga asosan o'tishi mumkin: taklif signali bo'yicha; jo'natilayotgan poyezd mashinistiga radio aloqa orqali uzatiladigan stansiya navbatchisining qayd etiluvchi buyrug'i bo'yicha; I punkti to'ldirilgan yashil blankdagi ruxsatnoma (matn qo'lda muvofiq ravishda o'zgartirilganda) bo'yicha. 23. Poyezd ikki lokomotiv yoki peregonning oxirigacha boradiga suruvchi lokomotiv bilan harakatlanganda, peregonni band etish nuquqini beruvchi ruxsatnoma fagat yetakchi lokomotiv mashinist taqdim etiladi. Ikkinchi (lokomotiv ikkita bo'lganda) va suruvchi lokomotivlarning mashinistlari signallar yoki radio aloqa orqali watiladigan, yetakchi lokomotiv mashinistining xabarlariga binoan harakatlanishi lozim. 24. Blokirovka telefon aloqasining nosozligida stansiya navbatchisi boshqaruv apparatlaridagi nazorat asboblari ko'rsatmalarining o'zgarishini o'ta diqqat bilan kuzatishi lozim. Bu bolatda poyezdlar harakati to'g'risida xabarlar poyezd dispetcheri orqali yoki stansiya navbatchisining ihtiyorida bo'lgan boshqa aloqa vositalari bo'yicha uzatiladi. 25. Bir yo'nalishda harakatlanish uchun yarinf avtomatik blokirovka bilan jihozlangan ikki yo'llik (ko'p yo'llik) peregonlarda poyezdlarni (regulirovka- rostlash maqsadida) noto'g'ri yo'ldan j0ʻnatish poyezd dispetcherining buyrug'iga binoan, bir yo'llik harakat goidalari bo'yicha, telefon aloqasiga o'tish bilan amalga oshiriladi. 26. Yarim avtomatik blokirovka tizimi va u yoki bu uchastkadagi Konkret ish holatiga bog'liq ravishda qurilmalardan foydalanish tartibi, shuningdek, poyezdlarni qabul qilish, jo'natish va o'tkazishda xodimlarning harakat tartibi zarur holda temir yo'lda ishlab chiqiladigan Yo'riqnomalarda belgilanadi. http://hozir.org Download 30.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling