Yarim o’tkazgichlarda zonalar nazariyasi
Download 18.26 Kb.
|
Yarim o\'tkazgichlarda zonalar nazariyasi
yarimo‘tkazgichlar hisoblanib, odatda xususiy yarimo‘tkazgichlar deb ataladi. Yarimo‘tkazgichlarning tipik vakili bo‘lgan
kremniy (Si) va germaniy (Ge) kristallarida taqiqlangan zonaning kengligi mos holda 0.7 va 1.15 eV. Yarimo‘tkazgichning valent zonasidan elektronni bo‘sh zonaga o‘tishi uchun kerak bo‘lgan energiya kamida taqiqlangan zona kengligiga teng bo‘lishi kerak. Bu energiya yarimo‘tkazgichning xususiy o‘tkazuvchanligining aktivatsiya energiyasi deb ataladi. Yarimo‘tkazgichlarning solishtirma qarshiligi T temperaturaga eksponensial bog‘lanishda bo‘lishi aniqlangan: bunda W0- aktivatsiya energiyasi, kB – Bolsman doimiysi. Bu bog‘lanishdan ko‘rinib turibdiki, temperatura ortishi bilan yarimo‘tkazgichning elektr qarshiligi kamayadi, sababi temperatura ortishi bilan valent zonasidan o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tadigan elektronlar soni ortadi. Elektronlarning bunday o‘tishi faqat temperatura ta’siridagina emas, balki biror tashqi ta’sir, masalan, yorug‘lik nurlari, radiatsiya ta’siri, deformatsiya tufayli ham yarimo‘tkazgichlarning valent zonasidan bo‘sh zonaga o‘tgan elektronlar soni ortib boradi. Shuning uchun ham yarimo‘tkazgichlarning elektr qarshiligi temperatura ortishi bilan yoki sanab o‘tilgan tashqi ta’sirlar ta’sirida kamayib boradi. Yarimo‘tkazgich materiallarga C (olmos), Te, Se, Si, Ge, GaAs, CdTe kabi materiallarni misol qilib keltirish mumkin Download 18.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling