Yarim oʼtkazgichlarning elektr oʼtkazuvchanligi Yarim oʼtkazgichlarning elektr oʼtkazuvchanligi Yarim oʼtkazgichlarga xona haroratida nisbiy elektr qarshiligi 10-5 dan 1010 Omsm boʼlgan elementlar kiradi. Yarim oʼtkazgichlar qarshiligi boʼyicha metall va dielektriklar oralig’ida boʼlgan elementdir. Bularga: kremniy, arsenid, galliy, selen, germaniy, oksidlar, sulfidlar, nitritlar va karbidlar kiradi. Аtom, yadro va uning atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tashkil topgan. Elektronlar qatlamlar koʼrinishida harakatlanadi, bu qatlamlar va yadro orasidagi masofa ularni energetik sathini koʼrsatadi. Elektronlar yadrodan qancha uzoqda boʼlsa, uning energetik sathi shuncha yuqori boʼladi. Elektron bir energetik sathdan boshqa yuqori energetik sathga harakatlanganda energiya yutiladi, teskarisiga, yaʼni yuqori energetik sathdan pastki energetik sathga harakatlanganda esa energiya ajraladi (chiqariladi). Energiya yutilishi va chiqarilishi jiddiy aniq boʼlaklar bilan amalga oshadi, bu boʼlaklar kvantlar deyiladi. Аralashmali elektr oʼtkazuvchanlik Аralashmali elektr oʼtkazuvchanlik Аtseptorli aralashma. Germaniy tarkibiga uch valentli atomga ega boʼlgan indiyni qoʼshsak, germaniy va indiy atomlari orasida kovalent bog’lanish va sakkizta atomli elektron qobiq hosil qilishi uchun germaniy atomidan bitta elektron olinadi. Bu olingan elektron o’rtasida kovak xosil buladi va atomdan kovaklarga qoʼshiladi. Аtomdagi kovaklar qizdirilishi (termogeneratsiya) natijasida paydo boʼladi. Buning natijasida kovaklar soni elektronlar sonidan katta boʼladi va yarim oʼtkazgichlarda kovakli elektr oʼtkazuvchanlik paydo boʼladi. Bunday yarim oʼtkazgichni r-tipdagi yarim oʼtkazgich deyiladi. Donorli aralashma. Donorli qoʼshilma atomlari yadro bilan boʼsh bog’langan valent elektronlariga ega. Bu elektronlar qoʼshilma kiritilgan zonaga oson oʼtishi mumkin. Bu holda panjarada musbat zaryadlangan ion qoladi, elektron esa oʼz elektr oʼtkazuvchanligining elektronlariga qoʼshiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |