Yarim o’tkazgichli mikroelektronikaning fizik asoslari Mikroprosessor turlari


Download 0.57 Mb.
bet13/37
Sana30.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1411282
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37

Pentium II rusumli protsessor


1997 yil 7 may kuni Nyu-Yorkda Intel korporatsiyasi o’zining oldin Klamath ish nomi bilan tanish bo’lgan Pentium II rusumli protsessorini rasman havola etdi. Umumiy fazilatiga ko’ra, ushbu protsessor MMX texnologiyasiga ega Pentium Pro protsessor ko’rinishiga ega bo’lib, o’zining ajdodidan kichik va o’rta biznes sohalarida qo’llanilishi uchun mo’ljallanganligi bilan farq qiladi. Pentium II stol ustiga o’rnatiladigan shaxsiy kompyuterlar, tarmoqqa ulanadigan shaxsiy
kompyuterlar, ish stansiyalari va boshlang’ich pog’onadan ishlatiladigan serverlar ichiga o’rnatish uchun mo’ljallangan.
O’z ichiga 7,5 million tranzistorni mujassam etgan Pentium II rusumli protsessorda audio, vizual va grafik ma’lumotlarga samarali ishlov berilishini ta’minlovchi Intel MMX texnologiyasi joriy etilgan. Kristall va yuqori tezlik bilan ishlaydigan keshxotira qurilmasining mikrosxemasi bir tomonlama kontaktga ega (Single Edge Contact – SEC) korpus ichiga joylashtirilgan. Ushbu korpus, oldin chiqarilgan juda ko’p kontaktlarga ega bo’lgan protsessorlardan farqliroq, bir tomonlama ajratkich vositasida tizim platasi ustiga o’rnatiladi. Nisbatan arzon narx bilan “Pentium Pro qudrati”ni ta’minlash uchun Intel korporatsiyasi L2-cache ichida BSRAM rusumli kesh-xotira qurilmasini qo’llashga majbur bo’ldi (aslida Pentium
Pro ichida maxsus buyurtma bilan o’rnatiladigan narxi qimmat kesh qo’llaniladi). PGA korpusi ichiga protsessor yadrosi va kesh-xotira qurilmasini montaj qilish mobaynida yuzaga keladigan brak foizi ham juda muhim omil ekanligi va shu bois montaj ishlari Pentium Pro ishlab chiqarilishida eng qimmat bosqich ekanligi ayon bo’ldi. Natijada, ushbu muammolarning aksariyat qismini hal etgan o’sha SECkartridj (Single Edge Connection Cartridge) va unga hamroh bo’lgan slot 1 paydo bo’ldi.
Mazkur protsessor foydalanuvchilarga raqamli foto suratlarni shaxsiy kompyuter ichiga kiritish va ishlov berish, ularni Internet orqali do’stlar va qarindoshlarga yuborish, matnlar yozib, tahrirlash, musiqiy asarlar va hattoki oilaviy kino uchun kichik sahnalar yaratish hamda ushbu video tasvirlarni oddiy telefon simi vositasida Internet tarmog’i orqali uzatish (qabul qilish) imkoniyatini beradi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling