Yarim o’tkazgichli to’G’rilagich va silliqlovchi filtrlarni o’rganish. Ikki yarim davrli to‘g‘rilagich (ko‘priksimon to‘g‘rilagich) Tajriba maqsadi
Download 112.69 Kb.
|
№4. Amaliy mashg (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asbob va uskunalar Materiallar Spetsifikatsiyasi Soni
- 3-tajriba. Diodning volt-amper tavsifnomasi o’rganish. Tajriba maqsadi.
- Asbob va uskunalar Materiallar Spetsifikatsi yasi
- Tajribani o‘tkazish tartibi.
- 1-jadval. Diodning volt-amper tavsifnomasi uchun ma’lumotlar
- 1-rasm. To‘g‘ri va teskari ulangan diodlar uchun Mashqlar
- 4.2-rasm. Ikki yarim davrli to‘g‘rilagich va ossillogrammasi Tajribani o‘tkazish tartibi.
YARIM O’TKAZGICHLI TO’G’RILAGICH VA SILLIQLOVCHI FILTRLARNI O’RGANISH. Ikki yarim davrli to‘g‘rilagich (ko‘priksimon to‘g‘rilagich) Tajriba maqsadi. Diodlardan foydalanib AC-o‘zgaruvchan tokni DC-o‘zgarmas tokka ikki yarim davrli to‘g‘rilagich zanjiri asosida aylantirishni o‘rganish.
3-tajriba. Diodning volt-amper tavsifnomasi o’rganish. Tajriba maqsadi. Diod xarakteristikasini voltp-amper tavsifnomasiga qarab o‘rganish.
Tajribani o‘tkazish tartibi. 1. 1-rasmda keltirilgan zanjirni yig‘ing va ta’minlash manbaidan 10V kuchlanish bering. 2. Ptensiometr orqali kuchlanishni ampermetrdan o‘tyotgan tok 0.2 mA bo‘lguncha kamaytiring. Dioddagi kuchlanishlar tushuvini o‘lchang va natijani 1a-jadvalga kiriting hamda boshqa hollar uchun ham tajribani takrorlang. 1-jadval. Diodning volt-amper tavsifnomasi uchun ma’lumotlar (a) Germaniyli diod, to‘g‘ri ulash
(b) Germaniyli diod, teskari ulash
(c) Kremniyli diod, to‘g‘ri ulash
(d) Kremniyli diod, teskari ulash
3. 1b-rasmda keltirilgan zanjirni yig‘ing. Teskari ulashda tok kuchi juda kichik bo‘lgani uchun ampermetr orqali aniqlash qiyin, shuning uchun tok kuchini ketma-ket ulangan qarshilikdagi kuchlanishlar tushuvi orqali aniqlang. Natijalarni jadvalga kiriting. 4. Ta’minlash manbai kuchlanishini 2V ga o‘rnating va ichki qarshiligi katta asbob bilan R qarshilikdagi kuchlanishlar tushuvini hamda teskari ulanish toki IRni aniqlang. Dioddagi kuchlanish tushuvi VR taqriban ta’minlash manbai kuchlanishiga teng, chunki 100 kOm qarshilikdagi kuchlanish tushuvi juda kichik. IR qiymatni 1b-jadvalga yozing. VRning barcha qiymatlari uchun tajribani takrorlang va jadvalni to‘ldiring. (IR ni aniqlash uchun VR dan emas, balki R qarshilikdagi kuchlanish tushuvidan foydalaning). 5. Endi 1b-rasmdagi zanjirni kremniyli diodni qo‘llab tuzing va 1c-jadvalni to‘ldiring. 6. Keyin kremniyli diodni qo‘llab 2b-rasmda keltirilgan zanjirni tuzing va 1B-jadvalni to‘ldiring. 7. 2c-grafikka germaniyli diodning va 2d-grafikka kremniyli diodning volt-amper tavsifnomalarini chizing. 1-rasm. To‘g‘ri va teskari ulangan diodlar uchun Mashqlar Yuqorida tuzilgan volt-amper tavsifnomadan quyidagilarni to‘ldiring: Germaniyli diod uchun, To‘g‘ri kuchlanish VF= 0.3V bo‘lsa, tok kuchiIF = __________________ To‘g‘ri kuchlanish VF= 0.5V bo‘lsa, tok kuchiIF = __________________ To‘g‘ri kuchlanish VF= 1.2V bo‘lsa, tok kuchiIF = __________________ (a) mashqdagi savollar javobidan foydalanib diod qarshiligini toping, To‘g‘ri kuchlanish VF= 0.3V, R1 = __________________ To‘g‘ri kuchlanish VF= 0.5V, R2 = __________________ To‘g‘ri kuchlanish VF= 1.2V, R3 = __________________ (b) mashqdagi savollar javobidan ko‘rinadiki, diod qarshiligi (chiziqli, nochiziqli) ekan, chunki diod qarshiligi tok o‘tishi bilan (ortadi, kamayadi, o‘zgarmaydi). Geramniyli diod V-I garfigining tikligi VF = 0.3 V da, VF=1.2V dagiga qaraganda (kattaroq yoki kichikroq). Bu esa tok kuchi ortishi bilan diod qarshiligi (ortishini, kamayishini, o‘zgarmasligini) ko‘rsatadi.
4.2-rasm. Ikki yarim davrli to‘g‘rilagich va ossillogrammasi Tajribani o‘tkazish tartibi. 1. 2.1a-rasmdagi zanjirni yig‘ing. 2. Ossillograf shkalasi Y-o‘qini 2 V/bo‘linmaga o‘rnating, R dagi chiqish kuchlanishi ossillogrammasini oling va ikkita davrini 1B-rasmdagi koordinatalar sistemasiga chizing. (Ossillograf C va X nuqtalarga ulanadi). Kuchlanishning cho‘qqi qiymati qancha? Vch = ______________ (Eslatma: Ossillogrammadagi eng chekkaga o‘g‘ish (maksimum) nuqtalari orasidagi masofa cho‘qqi qiymati deyiladi, cho‘qqi-cho‘qqi qiymati ham shunday, amplituda qiymati cho‘qqi-cho‘qqi qiymatining yarmiga teng.) 3.Multimetr bilan R dagi DC kuchlanishlar tushuvini o‘lchang. VDC = ________________ Dioddan tok faqat bir tomonga o‘tgani uchun diod tokni to‘g‘rilaydi yoki AC - tokni DC tokka aylantiradi. DC kuchlanishi qiymatining AC kuchlanishi cho‘qqi qiymatiga nisbati qanday? Vch = _______________ Bu qiymat bir yarim davrli to‘grilagichdagiga qaraganda qanday farq qiladi? 4. Ossillograf va VOM qutblari orasiga va R ga parallel ravishda 50mkF sig‘imli kondensatorni 1C-rasmda ko‘rsatilgani kabi ulang. 5. 2.1d-rasmga ossillogrammani chizing. R dagi DC kuchlanish qancha ekan? VDC = ____________ 6. Keyin 1C dagi R qarshiligini 1 kOm ga o‘zgartiring. 7.2.1e-rasmga olingan ossillogrammani chizing. Ikki yarim davrli to‘g‘irlagichda kuchlanish notekisligi (pulsatsiyasi) amplitudasi bir yarim davrli to‘grilagichga qaraganda qanday farq qiladi? __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Pulsatsiya chastotasi qancha? f = _____________ Ikkita yarim davrli to‘g‘rilagich zanjirida kuchlanish pulsatsiyalar chastotasi qanday? fpulsat= _______________ Ikkita yarim davrli to‘g‘rilagich va bitta yarim davrli to‘g‘rilagich avfzalliklari va kamchiliklarini solishtiring. Baholash tartibi.
Download 112.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling