Ярим ўтказгичли диодлар ва уларнинг турлари


Download 441.93 Kb.
bet1/6
Sana11.03.2023
Hajmi441.93 Kb.
#1258230
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Muhlisa yarim o\'tkazgichli diodlar

Andijon Mashinasozlik Instituti IB va KT fakulteti 2-kurs IMT yo’nalishi talabasi Abduvohidova Muhlisaxonning “Elektrotexnika va Sxematexnika” fanidan Mustaqil ishi

Yarim o’tkazgichli diodlar va ularning turlari.

Reja:

Reja:

1. Toʻgʻrilovchi diodlar

2. Stabilitronlar

3.Varikaplar

4. Tunnel diodlari

5. Generator diodlar

6. Optoelektronika diodlari

7. Optronlar

1. Toʻgʻrilovchi diodlar

1. Toʻgʻrilovchi diodlar

Toʻgʻrilovchi diodlar kuchlanish manbai oʻzgaruvchan kuchlanishini oʻzgarmasga oʻgirishda qoʻllaniladi. Toʻgʻrilovchi diodlarning asosiy xossasi– bir tomonlama oʻtkazuvchanlik boʻlib, uning mavjudligi toʻgʻrilash effekti bilan aniqlanadi.

Toʻgʻrilovchi diodlarning ishlatilish chastota diapazoni juda keng. Shu sababli ular ishchi chastota diapazoni boʻyicha sinflanadilar.

Past chastotali toʻgʻrilovchi diodlar (PCH diodlar) sanoat chastotasidagi (50 Gs) oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmasga oʻgirishda qoʻllaniladi. PCH diodlariga qoʻyiladigan asosiy talab – bu katta qiymatga ega boʻlgan toʻgʻrilangan toklar olish. Toʻgʻrilovchi diodlar odatda 0,3 A gacha, 0,3 A dan 10 A gacha va 10 A dan yuqori boʻlgan toʻgʻrilangan toklarga moʻljallangan kichik, oʻrta va katta quvvatli diodlarga boʻlinadi. PCH diodlari katta r-n oʻtish bilan xarakterlanadilar.

Yuqori chastotali toʻgʻrilovchi diodlar (YUCh diodlar) oʻn va yuz megagers chastotagacha boʻlgan signallarni nochiziqli elektr oʻzgartirishga moʻljallangan. YUCh diodlari yuqori chastota signallari detektorlari, aralashtirgichlar, chastota oʻzgartirgich sxemalar va boshqalarda qoʻllaniladi. Yuqori chastota diodlari kichik inersiyaga ega, chunki kichik yuzaga ega boʻlgan nuqtaviy r-n oʻtishga ega va shu sababli ularning toʻsiq sigʻimi pikofaradning bir qismini tashkil etadi.

Shotki to’sig’li diodlar-kuchlanish manbai qayta ulagichlarida keng tarqalgan, chunki ularning qayta ulanish ishchi chastotasi 100KHz va undan yuqoriga orttirishga, radioelektrin apparatura og’irligi, o’lchamlarini kuchaytirishga va kuchlanish manbai FIK oshirishga imkon yaratadilar.Shottki to’sig’I metalni yarim o’tkazgich bilan kontakti natijasida xosil qilinadi. Yarim o’tkazgich material sifatida ko’p xollarda n-turdagi kremniy, metal sifatida esa AI,Au,Mo va boshqalar qo’llaniladi. Bu vaqtda metal chqish ishi kremniy chqish ishdan katta bo’lishi talab qilinadi. Bunday diodlarda diffuziya sig’imi nolga teng, to’siq sig’imi esa 1pFdan oshmaydi.


Download 441.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling