Ярим ўтказгичли диодлар ва уларнинг турлари
Optoelektronika diodlari Optoelektronika diodlari
Download 441.93 Kb.
|
Muhlisa yarim o\'tkazgichli diodlar
Optoelektronika diodlariOptoelektronika diodlariOptoelektronika – elektronikaning bir boʻlimi boʻlib, axborotni qabul qilish, uzatish va qayta ishlash jarayonlari yorugʻlik signallarini elektr signallarga aylantirish va aksinchaga asoslangan qurilmlarni nazariyasi va amaliyotini oʻrganadi. Optoelektronika elementlari boʻlib fotodiod va yorugʻlik diodi hisoblanadilar.Fotodiod deb bitta r-n oʻtishga ega boʻlgan foto-elektr asbobga aytiladi. Fotodiod tashqi kuchlanish manbaili (fotodiodli rejim), hamda tashqi kuchlanish manbaisiz sxemalarga ulanishi mumkin. Tashqi kuchlanish manbai shunday ulanadiki, r-n oʻtish teskari siljigan boʻlsin. Yorugʻlik tushurilmaganda diod orqali juda kichik “qorongʻulik” ekstraksiya toki I0 oqib oʻtadi va u berilayotgan kuchlanishga bogʻliq boʻlmaydi. n-baza sohasiga taʼqiqlangan zona kengligidan ancha katta boʻlgan energiyali fotonlardan tashkil topgan yorugʻlik tushurilganda, elektron–kovak juftliklar generatsiyalanadi. Agar juftliklar oʻtishdan diffuziya uzunligidan oshmaydigan oraliqda hosil boʻlsalar, yorugʻlik taʼsirida generatsiyalangan kovaklar oʻtishning elektr maydoni taʼsirida ekstraksiyalanadilar va teskari tok uning “qorongʻulik” qiymatiga nisbatan ortadi. Yorugʻlik oqimi F qancha intensiv boʻlsa, diod teskari toki IF qiymati shuncha katta boʻladi.Fotodiod rejimidan tashqari fotodiodning ventil (fotovoltaik) rejimi keng qoʻllaniladi. Bu rejimda fotodiod tashqi kuchlanish manbaiga ulanmasdan ishlaydi va quyosh energiyasini bevosita elektr signalga aylantirishga xizmat qiladi. Diod ventil rejimida nurlatilganda uning chiqishlarida ventil kuchlanish yuzaga keladi. Fotodiod bu holatda quyoshli aylantirgich deb ataladi. Bir biri bilan elektr jihatdan bogʻlangan aylantirgich va batareyalar kosmik apparatlar va yer usti qurilmalaridagi REAlarni taʼminlash uchun elektr energiya manbai sifatida qoʻllanilishi mumkin.Fotodiod rejimidan tashqari fotodiodning ventil (fotovoltaik) rejimi keng qoʻllaniladi. Bu rejimda fotodiod tashqi kuchlanish manbaiga ulanmasdan ishlaydi va quyosh energiyasini bevosita elektr signalga aylantirishga xizmat qiladi. Diod ventil rejimida nurlatilganda uning chiqishlarida ventil kuchlanish yuzaga keladi. Fotodiod bu holatda quyoshli aylantirgich deb ataladi. Bir biri bilan elektr jihatdan bogʻlangan aylantirgich va batareyalar kosmik apparatlar va yer usti qurilmalaridagi REAlarni taʼminlash uchun elektr energiya manbai sifatida qoʻllanilishi mumkin.Download 441.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling