Yarimo‘tkazgichlarda xususiy o‘tkazuvchanlik. Aralashmali o‘tkazuvchanlik mavzusidagi 21 guruh talabasi To’lanboyev Umidjonning


Download 434.8 Kb.
bet2/2
Sana23.12.2022
Hajmi434.8 Kb.
#1046759
1   2
Bog'liq
yarim o\'tgazgichlar(1) to\'lanboyev umidjon

Aralashmali yarimo‘tkazgichlar
Donorli aralashmalar
Akseptorli aralashmalar
Donorli aralashmalar. Sof yarimo‘tkazgichli germaniyga ozgina aralashma kiritaylik. Dastlab germaniy atomlari orasiga besh valentli mishyak (As) kiritaylik.Bunda germaniyning to‘rtta kovalent bog‘lanish hosil qiluvchi elektroni o‘rnini mishyakning to‘rtta elektroni egallaydi. Mishyakning beshinchi elektroni bo‘sh qolib, erkin elektronga aylanadi).
Akseptorli aralashmalar. Sof yarimo‘tkazgichli kremniyga indiy moddasini aralashtiraylik. Bor (B) uch valentli bo‘lganligidan, uning uchta elektroni bor atomi bilan kovalent bog‘lanish hosil qiladi. Bunda borning qo‘shni atomlar bilan normal holdagi juft elektronli kovalent bog‘lanish hosil qilishi uchun bitta elektron yetmaydi. Natijada kovak hosil bo‘ladi. Kristallga qancha bor atomi kiritilsa, shuncha kovak hosil bo‘ladi Bunday turdagi aralashmani akseptorli aralashmalar deyiladi. Yarimo‘tkazgich elektr maydoniga kiritilganda, kovaklar ko‘chishi ro‘y berib, kovakli o‘tkazuvchanlik hosil bo‘ladi. Asosiy tok tashuvchilari kovaklardan iborat bo‘lgan aralashmali yarimo‘tkazgichlarni p-turdagi yarimo‘tkazgichlar deyiladi. Bunday yarimo‘tkazgichlarda elektronlar asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar hisoblanadi.
XX asrning o‘rtalaridan boshlab O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining fizika-texnika institutida yarimo‘tkazgichlar fizikasi sohasida fundamental ilmiy tadqiqot olib borilgan. Bu ilmiy izlanishlarda o‘zbek akademiklari E.I.Adirovich va M.S. Saidovlar yetakchilik qildilar va salmoqli hissa qo‘shdilar. Hozirgi vaqtda M.S. Saidov va uning shogirdlari yarimo‘tkazgichlar fizikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini keng ko‘lamda olib bormoqdalar. Erishilgan natijalar hozirgi zamon fizika elektronikasi va mikroelektronikasi uchun yarimo‘tkazgich materiallarini yaratish imkonini beradi.
MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR.
1. Qanday xususiyatiga ko‘ra ularni yarimo‘tkazgichlar deb nomlashgan?
2. Elektron o‘tkazuvchanlik qanday zarralarning harakati bilan bog‘langan?
  • Elektron bilan kovak uchrashganda qanday hodisa ro‘y beradi?
  • Nima sababdan yarimo‘tkazgichning qarshiligi unga kiritilgan aralashmaga kuchli darajada bog‘liq?

  • 5. Akseptor aralashmali yarimo‘tkazgichda qanday zaryad tashuvchilar asosiy hisoblanadi?

Download 434.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling