Yarimo’tkazgichlarning yana bir muhim xususiyati ular elektrik o’tkazuvchanligining temperaturaga o’ta sezgirligidir


Download 1.45 Mb.
bet1/63
Sana05.01.2022
Hajmi1.45 Mb.
#221024
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
яримутказгич ва диэлектрик (1)


Kirish

Hozirgi vaqtda sanoat, fan yoki ishlab chiqarishning elektron asboblar qo’llanilmaydigan qandaydir bir sohasini topish mushkuldir. Shuning bilan birga ushbu sohalarning yanada rivojlanishi elektron asboblar hissasining ortishi bilan chambarchas bog’liqdir. Elektron asboblarning biror sohada samarali qo’llanilishi va ulardan foydalanish ushbu asboblarning ishlash tamoyillarini, asosiy ko’rsatkichlari va tavsifnomalarini, shuningdek tayyorlash usullarini bilmasdan mumkin emas.

Har bir ushbu bo’limlar bo’yicha fizikaning mos fanlari mavjud: yarimo’tkazgichlar va yarimo’tkazgich materiallar fizikasi, yarimo’tkazgich asboblar fizikasi, integral mikrotuzilmalar, mikroelektronika, yarimo’tkazgich tuzilmalar texnikasi va boshqalar. Tayyorlanayotgan mutaxassisning yo’nalishiga bog’liq holda turli oliy o’quv yurtlari kafedralarining ishchi dasturlarida u yoki boshqa fanga turlicha soatlar ajratiladi. Ammo hamma zamonaviy qattiq jismli elektron asboblarning asosi o’ziga xos xususiyatlarga ega yarimo’tkazgich materialdir. Shuning uchun ham ushbu fanni o’qitishga katta e’tibor qaratiladi.

Fanning asosiy maqsadi yarimo’tkazgichlar va dielektriklar haqidagi asosiy tushunchalarni va fizika effektlari yetarlicha sodda ko’rinishlarda bayon qilishdir. Materialni yoritishda matematik apparatdan foydalanish amalda juda cheklangan bo’lib, asosiy e’tibor u yoki boshqa xodisani fizikaviy tamoyillarini tushuntirishga qaratilgan.

Ammo hamma zamonaviy qattiq jismli elektron asboblarning asosi o’ziga xos xususiyatlarga ega yarimo’tkazgich materialdir. Yarimo’tkazgichlar-moddaning ajoyib turi bo’lib, ular o’ziga xos xossalari bilan boshqalardan yaqqol ajralib turadi. SHu bilan birga yarimo’tkazgichlarning o’ziga xos muhim xususiyatlaridan biri elektrik o’tkazuvchanligining ulardagi kirishmalarning turi va kontsentratsiyasiga nihoyatda sezgirligidir.

Yarimo’tkazgichlarning yana bir muhim xususiyati - ular elektrik o’tkazuvchanligining temperaturaga o’ta sezgirligidir.

Bu yarimo’tkazgichlar o’zlarining xilma-xil xossalari bilan bir-birlaridan ancha farq qiladilar. SHuning uchun ham turli maqsadlar uchun turli yarimo’tkazgichlar qo’llaniladi.

Biroq, hozirgi zamon texnikasida asosan bir necha xil yarimo’tkazgichlar keng ishlatilmoqda.



GLOSSARIY






Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling