Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi «INDUSTIRAL iqtisodiyot» fanidan


Download 115.93 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi115.93 Kb.
#1553962
Bog'liq
Roʻzmatov Industrial mustaqil ish.


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV”
FAKULTETI

« IQTISODIYOT» KAFEDRASI


«INDUSTIRAL IQTISODIYOT » fanidan

MUSTAQIL ISH


MAVZU: Mashinasozlik sanoatining hozirgi holati va ularni rivojlantirish
Istiqbollari.

Bajardi: 72H-20I gurux talabasi
ROʻZMATOV ASADBEK
Ilmiy rahbar: G.GAYBULLAYEVA

Farg’ona-2022

I KIRISH.

II Mashinasozlik. Qora va Rangdor metallurgiya.



2.FTI davrida mashinasozlik.

3.Mashinasozlikning hozirgi holati.


4.Foydalanilgan Adabiyotlar yoʻq Oʻzim izlanib topdim.

Mashinasozlik hozirgi kunimizdan 2 asr ilgari Angliyada sanoat inqilobi vaqtida sanoat tarmog’i sifatida vujudga kelgan.Hozirgi vaqtda esa mashinasozlikda band ishchilarva xizmatchilar soni 80 mln.dan ortiq.Mashinasozlik hozirda mahsulot qimmati jihatidan jahon sanoat tarmoqlari orasida 1-o’rinda turadi.


Qora va rangdor metallurgiya mashinasozlik uchun asosiy xom-ashyo bo’lib, ulardan mashinalar va ularning detallari ishlanadi.
Mamlakatda qanday mashinalar boligiga, ularning soniga va qancha tez ishlab chiqarishga qarab mazkur mamlakatning iqtisodiy qudrati va taraqqiyot darajasi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Mashinalar ishlab chiqarish uchun ko’p miqdorda metall, plastmassa, bo’yoqlar, rezina, gazlama, yog’och-taxta kerak bo’ladi. Mashinalar yuzlab xatto minglab detallardan yasaladi.Masalan: 1ta samolyot 120000 detaldan yasaladi.Bu detallarning hammasini 1ta zavodda yasash noqulay va befoydadir. Masalan: Gorkiy avtomobil zavodi 1800 km.gacha masofadagi 35 ta yirik shaharlardagi 300ga yaqin korxonalar bilan iqtisodiy a’loqada bo’ladi.
Mashinasozlik korxonalarini joylashtirish shartlari:
1.Qulay transport magistrallarining mavjudligi.Chunki mashinasozlik korxonasiga chetdan ko’plab detallar keltiriladi va tayyor mashinalarni sotish qulay bo’lishi uchun.
2.FTI davrida mashmnasozlik korxonalarida ishlash uchun malakali mutaxassis va ilmiy-texnik kadrlar miqdorining etarli bo’lishi.Agar ishlab chiqarish jarayonining 1qismini avtomat va yarim avtomat bajarsa, mashinasozlik buyumlarining tannarxi arzon bo’ladi.Mehnat unumdorligi oshadi, harajat kamayadi.Lekin elektr energiyasi ko’p talab qilinadi.Mashinasozlik zavodlari elektr energiyasini ko’p mehnat talab qiladigan tarmoqlardir.
Priborsozlik eng ko’p mehnat talab qiladigan sohadir.
3.Mashinalar mamlakatning hamma rayonlarida ham kerak.Lekin bir rayonda to’qimachilik stanoklari, boshqasiga ko’mir kombaynlari, yana biriga dengiz kemalari ko’proq talab qilinadi.Shu sababli mashinalarni oluvchilarni hisobga olish mashinasozlikni joylashtirishning 3 shartidir (iste’molchi). Masalan: qishloq xo’jaligi mashinasozligi O’rta Osiyoda, g’alla o’rish Shimoliy Kavkazda, lavlagi yig’uvchi mashinalar Ukrainada ishlab chiqariladi.
4.Mashinasozlik korxonalariga metallurgiya bazasining yaqinligini hisobga olish sharti.Chunki mashinasozlik uchun ko’p metall talab qilinadi.
Mashinasozlikning ayrim tarmoqlari uchun yuqoridagi shartning 1ta muhim bo’lsa, boshqa tarmoqlari uchun bir nechtasini hisobga olish kerak bo’ladi. Masalan: traktorsozlik metallurgiya bazasiga ham va iste’molchiga ham yaqin bo’lishi kerak.
FTI davrida mashinasozlik zavodlarining metalga bo’lgan bog’liqligiga nisbatan kamaydi.Lekin ularning malakali ishchi kuchiga bog’liqligi, ilm-fan talab tarmoqlarining esa ilmiy-tadqiqot markazlarning bog’liqligi ancha oshdi.Mashinasozlik hamma joyda ham joylashadigan tarmoqqa aylanib bormoqda.
Dunyo iqtisodiy kartasida umumiy holda mashinasozlikning 4 regionini ajratish mumkin:
1.Shimoliy Amerika bo’lib, bu erda mashinasozlik mahsulotining eng oddiydan to eng murakkabigacha bo’lgan barcha turlari ishlab chiqariladi.AQSH yetakchi.
2.Horijiy Yevropa bo’lib, u asosan ommaviy mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqaradi.Etakchilar: Germaniya, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Polsha.
3.Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo.Ommaviy mashinasozlik mahsulotlari bilan birga eng yuqori texnologiyagacha asoslangan buyumlar ishlab chiqaradi.Yetakchilar: Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Singapur.
4.MDH. Bu regionga kiruvchi ko’pchilik mamlakatlar uchun mashinasozlik xalqaro ixtisoslashuvining bosh tarmog’idir.Bu hol MDHning xalqaro savdodagi alohida o’rnini belgilaydi.Yetakchilar: Rossiya, Belorussiya, Ukraina. Lekin bu region FTI yutuqlaridan foydalanish bo’yicha boshqa regionlardan ortda qolmoqda.

Rivojlanayotgan mamlakatlar dunyo mashinasozlik sanoati mahsulotining 10%dan kamrog’ini beradi.Rivojlanayotgan mamlakatlarining qoloqligi xech bir tarmoqda mashinasozlik sanoatidagichalik kuchli namoyon bo’lmagan.Rivojlanayotgan mamlakatlardagi mavjud mashinasozlik sanoat tarmoqlari ham asosan yig’ma zavodlar bo’lib, ular detallarni AQSH, Horijiy Yevropa va Yaponiyadan keltiradi.Rivojlanayotgan mamlakatlar ichida Braziliya, Hindiston, Argentina, Meksika ajralib turadi.Lekin ularda qurilgan korxonalarning ko’pchiligi mashinasozlik rivojlangan mamlakatlarning filiallari hisoblanadi.


Mashinasozlikning asosiy tarmoqlari: stanoksozlik, energetika mashinasozligi (GES,IES), og’ir mashinasozlik, transport mashinasozligi, elektrotexnika va elektron sanoati, priborsozlik, harbiy texnika, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, EHM va h.k.
Mashina va jihozlar eksporti eng yuqori bo’lgan davlatlar: jami eksport mahsuloti YAponiya 68 % ini, Singapur 55 % ini, AQSH, Meksika va Germaniya 49 % ini, Koreya respublikasi 43 % ini mashina va jihozlar tashkil etadi (2005 y).
XGMT da jahon mamlakatlari turli tarmoqlarga ixtisoslashgan:
Syangan-radiopriyomnik va telefonlarishlab chiqaradi.
Janubiy Koreya-magnitafon kassetalari va videomagnitafonlar.
Malayziya-xona kondensionerlari.
Janubiy Koreya,Braziliya,Meksika-avtomobillar.
Janubiy Koreya,Braziliya,Tayvan-kemalar.
Singapur-neftburavoy platformalar ishlab chiqaradi.

Mashinasozlik jahonda bir necha davlatlarda mavjud,lekin 6 mamlakat bu sohada yetakchi hisoblanadi: AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya.Bu davlatlarda mashinasozlik sohasida eksport importdan ustun turadi. Masalan: AQSH, Yaponiya, Germaniya dunyoda ishlab chiqariladigan stanoklar va robotlarning 9/10 qismini ishlab chiqaradi.Qolganini esa Rossiya, Sharqiy Evropa davlatlari, JAR, Xitoy, Hindiston etkazib beradi.Stanoksozlik va robotlar ishlab chiqarish Afrikada JARdan boshqa xech bir davlatda yo’q.


Jahonda yiliga 1,2 mln donadan ortiq metal kesuvchi stanoklar ishlab chiqariladi (2006 y).
Aviaraketa va kosmik sanoati bo’yicha AQSH alohida ahamiyatga ega hisoblanadi.Yirik firmalari: Boing (52%), Makdonell, (Fransiya, GFR, Buyuk Britaniya) Aerobuslar.
MDH davlatlarida ham aviasiya sanoati yaxshi rivojlangan (AN, TU, Il, Mig).Rivojlanayotgan davlatlar ichida Braziliya o’zining aviasiya sanoati bilan ajralib turadi.Embraer (17%) firmasi o’rtacha samolyotlar ishlab chiqaradi.
Dengiz kemalari ishlab chiqarish bo’yicha Yaponiya va Janubiy Koreya, harbiy kemachilik bo’yicha AQSH oldinda turadi.
Transport mashinasozligining asosini avtomobilsozlik egallaydi.Yaponiya va AQSH yiliga 10 mln.donadan ortiq yengil va yuk avtomobillarini ishlab chiqarib jahonda yetakchi.
Jahonda yiliga 62 mln. donadan ortiq avtomobillar ishlab chiqariladi (2006 y.)
Jahonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish: (1995 y.ming dona hisobida).
1.Yaponiya-7616 7.Buyuk Britaniya-1532
2.AQSH-6500 8.Kanada-1350
3.Germaniya-4507 9.Italiya-1241
4.Fransiya-3210 10.Braziliya-1100
5.Ispaniya-1998 11.Rossiya-835
6.Janubiy Koreya-1900 12.O’zbekiston-70000 (2005 y)
Download 115.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling