Yashil iqtisodiyot


“Yashil iqtisodiyot” fanining maqsad va vazifalari


Download 1.17 Mb.
bet3/31
Sana14.03.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1267416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
QITU UUM Iqtisodiy rivojlanish.

1.2. .“Yashil iqtisodiyot” fanining maqsad va vazifalari
“Yashil iqtisodiyot” fanining maqsadi – talabalarda “yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi, “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish zaruriyatini asoslash, “yashil iqtisodiyot”ni
baholash ko‘rsatkichlari va indikatorlarini tahlil etish, jahon amaliyotida shakllangan “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish modellarini qiyosiy o‘rganish, O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish
bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

“Yashil iqtisodiyot” fanining vazifalari quyidagilardan


iborat:
“Yashil iqtisodiyot”ga oid kategoriyalar va tushunchalar mohiyatini ochib berish; - barqaror rivojlanishni ta’minlashda “yashil iqtisodiyot”ning tutgan o‘rnini baholash;
“Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasining maqsadi, tamoyillari va amalga oshirish mexanizmini tahlil etish;
Yashil iqtisodiyot” va “yashil o‘sish” miqyosini baholashning xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilayotgan yondashuvlarini qiyosiy tahlil etish;
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish jarayonini moliyalashtirish holati,
ko‘rsatkichlari va rivojlanish istiqbollarini o‘rganish;
“Yashil energetika”ga barqaror rivojlanish omili sifatida baho berish;
Organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish muammolarini
o‘rganish;
7 .Jahondagi ekologik vaziyatga baho berish va ekologik siyosatni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmini asoslash;
8. jahonning yetakchi mamlakatlarida “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish milliy dasturlarini amalga oshirish borasidagi jamlangan boy, ilg‘or tajribani qiyosiy tahlil qilish;
1.3. Dunyo ekologik vaziyatining yomonlashishi va iqtisodiy rivojlanishi
Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot predmetining shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning bilish usulining qaror topishi bilan ham bog‘liqdir. Uslubiyat—bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun-qoidalari va aniq hadislaridir. Bu obyektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo‘ladi.
Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiy rivojlanish fanida qo‘llaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir:
1. Iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda, o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan ibora tyaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o‘zgarib turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo‘ladi.
2. Iqtisodiy jarayonning har bir bo‘lagini alohida olib, uning o‘ziga xos xususiyatlarini, kelib chiqish va yo‘q bo‘lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va makonda o‘rganish. Bu yerda shu narsani hisobga olmoq lozimki, biron-bir iqtisodiy hodisa o‘zi bir jarayonning oqibati, natijasi bo‘lgani holda, boshqa bir iqtisodiy jarayonga sabab yoki omil bo‘lishi mumkin. Masalan, mashina, stanok, asbob-uskunalar bir ishlab chiqarish jarayonining oqibati, natijasi bo‘lgani holda ikkinchi ishlab chiqarish jarayonining omili, sababi bo‘lib xizmat qiladi. Ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlar taqsimot va iste’mol sohalarida o‘zgarish bo‘lishiga, qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlar esa sanoatda o‘zgarish bo‘lishiga turtki bo‘ladi va h.k.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling