Yashil iqtisodiyot
Download 1.17 Mb.
|
QITU UUM Iqtisodiy rivojlanish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Fan-texnika inqilobi davri
3. Sanoat inqilobi davri – jamiyatning o‘z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiatdan ayovsiz foydalanadigan hayot tarzi. Bu davr XVIII asrdan boshlangan bo‘lib, asosiy xususiyatlari: 1784-yil bug‘ mashinasining yaratilishi bilan "sanoat inqilobi”, XX asrning o‘rtalarida esa – "Yashil inqilob”, ya’ni qishloq xo‘jaligida tub burilish amalga oshirildi va bu "inqilob”lar keyinchalik geotizimlarda ekologik tanglikni keltirib chiqardi; inson eng asosiy "geologik kuch”ga aylandi; regional miqyosdagi geoekologik muammolar tarkib topdi; tabiiy muhitga kuchli ta’sir ko‘rsatildi (jadval). Jamiyatning tabiatga ta’siri kuchaydi. Tabiiy landshaftlar tez sur’atlarda o‘zgara boshlandi. Buyuk geografik kashf yotlar tufayli boshqa qit’alar ham o‘zlashtirila boshladi. Sanoat rivojlangani sayin jamiyatning tabiatga ta’siri ham ortib bordi. Jamiyatning ehtiyojini qondirish, turmush darajasini ko‘tarish, kun sayin ortib borayotgan harbiy xarajatlarni qoplash maqsadida tabiat bag‘ridan uning boyliklari ayovsiz, pala-partish «yulib olindi». Bu davr ko‘pgina mamlakatlarda hozir ham davom etmoqda.
4. Fan-texnika inqilobi davri – jamiyatning tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va mavjud tabiiy muhitni saqlab qolish darajasidagi hayot tarzi. Bu davr XX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Bu davrda: ekologik bilim, ong, madaniyat shakllandi va rivojlandi; ekologik tashkilotlar tuzila boshladi; aholi soni juda tez o‘sdi va inson ilm bilan "qurollandi”, ya’ni «fan-texnika inqilobi» amalga oshirildi; fazoni o‘zlashtirish boshlandi; Mendeleyev davriy sistemasidagi barcha elementlardan foydalanildi va tabiatga "begona” bo‘lgan sun’iy birikmalar paydo bo‘ldi; tabiat qonunlari ijtimoiy qonunlarga moslashtirilmoqchi bo‘lindi; geo ekologik vaziyat inqirozli hududlar va global geoekologik muammolar vujudga keldi; tabiat komponentlarining barchasiga kuchli ta’sir etildi. Shu bilan birga, bu davrda suv, tuproq, o‘simlik va hayvonlar muhofazasiga ham alohida e’tibor qaratildi, ixtisoslashtirilgan ekologik qonunlar qabul qilindi. Ayniqsa, respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng ushbu qonunlar xalqaro andozalarga moslashtirildi va ekologik qonunchilik ta’lim tizimida o‘qitila boshlandi. «Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiya davlat qo‘mitasi» tashkil etildi, davlatning ekologik boshqaruv va nazorat tizimi yuzaga keldi. Demak, bu davr nisbatan eng qisqa davom etgan bo‘lib, geotizimlarning eng kuchli o‘zgarganligi bilan ajralib turadi. Fan va texnikaning yuksak darajada rivojlanishi munosabati bilan tabiiy resurslar juda katta miqyos da o‘zlashtirila boshlandi. Katta-katta hududlar qishloq xo‘jaligi maq sadida o‘zlashtirildi, ulkan zavodlar qurildi, cho‘llar, shimoliy o‘lkalar, tog‘lar, hamda Dunyo okeani o‘zlashtirildi va ekologik muvozanat buzi la boshladi. Turli shakl va miqyosdagi geoekologik muammolar ning tarkib topishi va tabiiy ofatlarning kuchayishi jamiyat qonunlarini tabiat qonunlariga uyg‘unlashtirishni taqozo etmoqda. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling