Trombotsitlar –qon plastinkalari bo‘lib, fibrin to‘r yordamida qonning ivishida ishtirok etadi.
O‘pkaning tiriklik sig‘imi – odam bir marta chuqur nafas olganda o‘pkaga sig‘adigan maksimal havo miqdori. U spirometr yordamida o‘lchanadi
Nefron – buyraklarning funksional birligi bo‘lib, bir qancha murakkab tizimchalar yig‘indisidan iborat.
Enurez – siydik tutuolmaslik kasalligi bo‘lib, yosh bolalarda ko‘p uchraydi.
Raxit – ovqat tarkibida mineral moddalar yetishmasligi yoki quyosh nuridan bahramand bo‘lmaslik natijasida kelib chiqadigan kasallik. Bunda suyaklar mo‘rtlashib, egri bo‘lib qoladi.
Salomatlik guruhlari – bolalarni salomatligi, nogironligi, organizmning funksional xususiyatlari e'tiborga olingan holda tuzilgan guruhlar. Har bir guruh ma'lum bir kontingentni o‘z ichiga oladi.
Akseleratsiya – ma'lum ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko‘ra yosh bolaning aqliy, jismoniy yoki ruhiy jihatdan tez o‘sib ketishi, o‘sishning tezlashishi.
Geteroxroniya – O‘sish va rivojlanishning notekis borishi. Yosh organizmning bir har bir davrda turlicha o‘sish stadiyasida bo‘lishi.
Antropometrik ko‘rsatkichlar – bo‘y uzunligi, tana massasi, ko‘krak qafasi aylanasi, tana tuzilishi kabi ko‘rsatkichlar.
Shartli reflekslar – hayot davomida o‘rganiladigan, hosil qilinadigan, takrorlanmasa, esdan chiqariladigan reflekslar.
Shartsiz reflekslar – tug‘ma, o‘rganilmaydigan, umr bo‘yi saqlanib qoladigan reflekslar.
Neyron – nerv hujayrasi.
Kkal (kilokaloriya) – energiya o‘lchov birligi bo‘lib, 1 kkal 1 g suvni 1 0S ga isitish uchun ketadigan energiyani ifodalaydi.
Qo‘zg‘alish – ma'lum to‘qimalarning ta'sirotlarga nisbatan javob reaksiyasi. Qo‘zg‘alish natijasida biror faoliyat amalga oshiriladi.
Dominanta – biror nerv markazining boshqasidan ustun bo‘lib turishi.
Dinamik stereotip – biror faoliyatni doimiy ravishda bajarish tufayli unga nisatan kuchli ko‘nikma hosil bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |