Yashil iqtisodiyot


Download 1.17 Mb.
bet2/31
Sana14.03.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1267416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
QITU UUM Iqtisodiy rivojlanish.

Kafedra mudiri _________________ dots. I.N.Cho`liyev

Fanning O’quv-uslubiy majmuasi fakultet Kengashi muhokamasidan o’tkazilgan va universitet O’quv-uslubiy Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan. (2022 yil “__” ___dagi “__”-sonli qaror)




Fakultet dekani _________________ dots. I.N.Cho`liyev

Fanning O’quv-uslubiy majmuasi Qarshi innovatsion ta’lim universiteti O’quv-uslubiy Kengashining 2022__ “____” _____________ dagi ___-sonli majlisida muhokama etilib, universitet Kengashida ko’rib chiqishga tavsiya qilingan.




O’quv-uslubiy Kengash raisi_________________ I. Cho’liyev


Akademik ishlar departamenti boshlig’i B. Jovliyev

MUNDARIJA





BO‘LIMLAR

SAHIFA

1.

Ma’ruzalar matni




2.

Amaliy mashg‘ulotlar ishlanmalari




3.

Mustaqil ta’limni ishlanmalari




4.

Glossariy




5.

Ilovalar




5.1

Sillabus




5.2

Test savollari




5.3

Umumiy savolnoma




5.4

Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati




5.5

Fan bo’yicha tarqatma materiallar






QARSHI INNOVATSION TA’LIM UNIVERSITETI
IQTISODIY RIVOJLANISH”


fanidan


MA’RUZA MATNLARI


Qarshi – 2022 yil

1 - ma’ruza




1-MAVZU. FANNINIG PREDMETI, OBYEKTI VA MAQSADI.
1.1. “Yashil iqtisodiyot” tushunchasi va mohiyati
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan ilgari surilayotgan «Bar-qaror rivojlanish» konsepsiyasi dunyo mam- lakatlarining asosiy maqsadiga aylangan. XXI asrda barcha davlatlarning yuqori iqti- sodiy o‘sishga erishish maqsadi barqaror riv-ojlanish maqsadi bilan almashdi. Bu, o‘z nav-batida, jahon iqtisodiyotning barcha yo‘na-lishlari: qishloq xo‘jaligi, sanoat, trans-port, moliya, energetika, qurulish sohalari barchasi “yashil” tus olishi muhimligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh
Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining” mazmun- mohiyati Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan to‘la hamohang ekanini
ta’kidlab o‘tdi.
O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini ta’minlashda barqaror rivojlanishga erishish vositalari hisoblangan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik komponentlarni o‘zaro muvofiqlashtirish murakkab vazifa hisoblanadi.
Iqtisodiy va ekologik komponentlarning atrof-muhitga tashqi ta’siri qiymatini baholashning zarurligi bilan bog‘liq yangi g‘oyalar va yondoshuvlarning shakllanishiga olib keldi.
Barqaror iqtisodiy rivojlanishning ijtimoiy va ekologik komponentlari esa avlodlar ichida va avlodlar o‘rtasida tenglikni ta’minlash kabi masalalarning dolzarbligini yanada
oshirmoqda.
Mamlakatimizda “yashil iqtisodiyot” asosida barqaror rivojlanishni ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 4 oktabrda tasdiqlangan “2019–2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasini "yashil" iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi” muhim dasturiy amal hisoblanadi.
“Yashil iqtisodiyot” iqtisodiy fan sifatida XX asr
oxirlarida shakllangan bo‘lib, iqtisodiyotning tabiiy muhitga bog‘liqligi, uning tarkibiy qismi ekanligi va tabiiy muhit doirasida amal qilishini o‘rganuvchi fan hisoblanadi.
Yashil iqtisodiyot konsepsiyasi resurslarni tejashga yo‘naltirilgan iqtisodiyot, ekologik iqtisodiyot, atrof- muhit iqtisodiyoti, yashil siyosat, xalqaro iqtisodiy munosabatlar nazariyasi, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, innovatsion iqtisodiyot kabi iqtisodiy fanlardagi ilmiy g‘oyalarni qamrab oladi.
“Yashil iqtisodiyot” fan sifatida o‘z shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlariga ega. Tabiiy resurslarning cheklanganligi, takror ishlab chiqarilmasligi bilan bog‘liq muammolar insoniyatning barcha faoliyat yo‘nalishlari, jumladan, iqtisodiy faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ushbu muammoni ilmiy jihatdan o‘rganish XX asrning 60-70- yillarida ommalasha boshladi.
XX asrning 80-90-yillarida ekologik muammolarni tor doirada iqtisodiy yondashuvlar orqali hal etishning muqobil varianti sifatida ekologiya iqtisodiyoti (ecological economics) fani paydo bo‘ldi va jadal sur’atlarda rivojlana boshladi. Atrof-muhit iqtisodiyotidan farqli ushbu yo‘nalish iqtisodiyot
fanining maxsus bo‘limi sifatida emas, balki ilmiy tadqiqotlarning mustaqil sohasi sifatida talqin etiladi.
Atrof-muhit iqtisodiyoti va ekologiya iqtisodiyotining rivojlanishi asosida ilgari surilgan tamoyillarning iqtisodiy siyosatga joriy etilishi natijasida “yashil iqtisodiyot” tushunchasi shakllana boshladi. Ushbu atama ilk bor 1989 yilda Buyuk Britaniya hukumati uchun yetakchi iqtisodchilar tomonidan “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish rejasi”, deb nomlangan hisobotda
foydalanilgan
“Yashil iqtisodiyot” fani nazariy jihatdan xo‘jalik yuritish tizimini “yashillashtirish”ning umumiy
strategiyasini ishlab chiqish va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berish bilan shug‘ullanadi.
Yashil iqtisodiyotni boshqarish darajalari:
1. Nazariy
2. G‘oyaviy
3. Siyosiy
4. Iqtisodiy
“Yashil iqtisodiyot”ni nazariy asoslashdan keyin uning ahamiyatini iqtisodiy subyektlar o‘rtasida ommalashtirish zaruriyati paydo bo‘ladi. Ushbu darajada yashil iqtisodiyotning bosh vazifasi jamiyatda ekologik toza ishlab chiqarishning
zarurligi va ahamiyati to‘g‘risida dunyoqarashni uyg‘otish hisoblanadi.
🠶 “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish nazariy va g‘oyaviy jihatdan asoslangandan keyin, uning huquqiy asoslarini shakllantirish va sohaga oid tegishli qonunchilikni ishlab chiqish zaruriyati paydo bo‘ladi. “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishga oid qonunchilik iqtisodiyotni “yashillashtirish”ga ko‘maklashishi bilan bir vaqtda barcha xo‘jalik subyektlari manfaatlariga mos kelishi zarur.
Iqtisodiy darajada “yashil iqtisodiyot”ni boshqarish jarayonlarining natijalariga baho beriladi.
Yashil iqtisodiyotning fan sifatidagi o‘rganish
obyektlarini quyidagilarga ajratish mumkin:
-xo‘jalik yuritish va atrof-muhit muhit o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik
-iqtisodiy faoliyat tufayli uzoq istiqbolda atrof- muhitga yetkaziladigan zararni minimallashtirish, ekologik va ijtimoiy omillarni qamrab oluvchi iqtisodiy tizimlarni boshqarish usullari;
- xo‘jalik yuritish faoliyati va ishlab chiqarish sohalarida yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, ularni atrof-muhitga yetkaziladigan zararini minimallashtirishga yo‘naltirish tamoyillari.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling