Yashil iqtisodiyot


Asosiy tayanch tushunchalar


Download 1.17 Mb.
bet9/31
Sana14.03.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1267416
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
QITU UUM Iqtisodiy rivojlanish.

Asosiy tayanch tushunchalar
A.Smit, A.Marshall, J.Keyns, M.Fridmen, institutsionalizm, neoliberalizm va monetarizm oqimlari, «tabiiy tartib», proteksionizm siyosati, erkin tashqi savdo, «Repreztativ firma», o‘sib boruvchi foyda va doimiy foyda, 59

multiplikator, «aralash iqtisodiyot», antitrest siyosat, neoliberalizm, monetar g‘oyalar.




Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Nima uchun A.Smit manufaktura ishlab chiqarishining mafkurachisi bo‘lib qoldi?
2. A.Smitning pul, qiymat, daromadlar, ish haqi, kapital va takror ishlab chiqarish to‘g‘risidagi ta’limotlariga qisqacha izoh bering.
3. Xalq boyligi qanday omillarga bog‘liq?
4. Nochor ahvolga tushgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun nima qilmoq kerak?
5. Davlat iqtisodiyotga nima uchun aralashuvi kerak?
6. Keyns ta’limotiga qanday shart- sharoitlar asos qilib olingan?
7. Keyns ta’limotining hozirgi davrdagi ahamiyati nimadan iborat?
8. Neoliberalizm vujudga kelishining shart-sharoitlari, keynschilikdan farqi nimada?
9. «Ijtimoiy bozor xo‘jaligi», uning tiplarini izohlang.
10. Fridmanning «ishsizlik tabiiy normasi»ni tushuntirib bering.


3-MAVZU. BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISHNING JAHON VA MILLIY STRTEGIYASI
3.1. Iqtisodiy rivojlanish va ekologik omil


 Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining joriy yilgi sessiyasi muhim tarixiy voqea bo‘lib, tashkilotning 75 yillik yubiley sanasiga to‘g‘ri keldi. Garchi o‘tgan davr mobaynida BMT faoliyati ayrim tanqidlarga uchragan bo‘lsa-da, tashkilot global tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega jahonning nufuzli ko‘p tomonlama hamkorlik tuzilmasi hisoblanadi.
Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi BMTning teng huquqli aʼzosi sifatida tashkilot bilan hamkorlikni o‘z tashqi siyosiy strategiyasida milliy manfaatlarni ilgari surishning muhim platformasi, deb qaraydi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston rahbariyati xalqaro ahamiyatga ega tashabbuslari bilan BMT doirasidagi hamkorlikka yangicha mazmun-mohiyat bag‘ishlab, ikki tomonlama aloqalarni jadal mustahkamlab bormoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining joriy 75-sessiyasidagi nutqida mintaqaviy va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni taʼminlash, inson huquqlariga rioya etishni qo‘llab-quvvatlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish va kambag‘allikni qisqartirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Prezident tashabbuslaridan biri global miqyosdagi muammolarni hal etishga qaratilgan muhim xalqaro huquqiy hujjatga oid bo‘lib, “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va inson huquqlarini taʼminlashda parlamentlarning rolini oshirish to‘g‘risida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasi”ni qabul qilishni nazarda tutadi.
Eʼtiborlisi, bu va boshqa tashabbuslar O‘zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi islohotlari va izchil amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasining eng muhim yo‘nalishlari ifodasi bo‘lib, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘liq mos keladi.
Maʼlumki, 2015 yilda BMTga aʼzo davlatlar 2030 yilgacha mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish dasturini qabul qilgan. O‘zbekistonda ham Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha Milliy maqsad va vazifalar muvaffaqiyat bilan amalda tatbiq etilmoqda.
BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Helena Freyzerning eʼtiroficha, “O‘zbekistonning joriy yil iyulida BMTning oliy maqom siyosiy forumiga taqdim etgan Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha ilk Ixtiyoriy milliy hisoboti shu paytgacha erishilgan olg‘a siljishning, shuningdek, mamlakatning “Kun tartibi – 2030”ni amalga oshirishda qatnashishini tavsiflovchi ishtirok va maslahatlashuvga asoslangan yondashuvining chin maʼnodagi isboti bo‘ldi”. Shuningdek, Freyzer xonim BMT Bosh Assambleyasining joriy sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar BMT maqsadlari bilan hamohangligini taʼkidladi.
Nufuzli xalqato tashkilot – Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungong ham O‘zbekiston Prezidentining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va inson huquqlarini taʼminlashda parlamentlarning rolini oshirish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi. U ushbu tashabbus asosida BMT maxsus rezolyutsiyasining qabul qilinishi Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi harakatlar uchun salmoqli qadam ekanini bayon etdi.
Taʼkidlash joizki, ayniqsa, global pandemiya tufayli dunyo mamlakatlarida nafaqat sog‘liqni saqlash tizimlari, balki iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda inqirozli vaziyat yuzaga kelib, pandemiyadan keyingi tiklanish va barqaror rivojlanishda BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlari bilan faol xalqaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Prezidenti taklif etgan BMT shafeligida “Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeks”ni ishlab chiqish va qabul qilish global pandemiyaga qarshi kurashish va kasallik tarqalishining salbiy oqibatlarini yengib o‘tishda barcha davlatlarning birgalikda harakat qilishiga zamin yaratadi. BMTning xalqaro xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lidagi faoliyatini hamda taklif etilayotgan tashabbuslarni xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab quvvatlanishi butun insoniyat manfaatlariga javob beradi.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling