Yashil iqtisodiyotni baholash amaliyoti va indikatorlari
-jadval IHTT mamlakatlarida “yashil o„sish”ning ayrim ko„rsatkichlari dinamikasi
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
4-MavzuYASHIL IQTISODIYOTNI BAHOLASH (1)
2-jadval
IHTT mamlakatlarida “yashil o„sish”ning ayrim ko„rsatkichlari dinamikasi 2000 2005 2010 2015 2016 2017 2018 2019 Real YaIM, 2000=100% 100,0 111,9 118,6 130,8 133,2 136,8 139,9 142,3 Jon boshiga YaIM miqdori, ming doll. 34,4 37,1 37,9 40,5 41,0 41,8 42,5 43,0 Kutilayotgan umr davomiyligi, yil 77,1 78,3 79,3 80,0 80,1 80,2 80,3 80,4 SO2 emissiyasi, 2000=100 100,0 102,4 98,6 93,3 92,8 92,5 93,0 ... Elektrenergiya ishlab chiqarishda tiklanadigan energiyaning ulushi, % 15,8 15,5 17,9 23,1 24,0 25,3 26,0 ... Atrof-muhit texnologiyalarining jami texnologiyalardagi ulushi, % 6,7 7,8 12,2 10,2 9,6 ... ... ... Aholi turmush sifatining ekologik jihatlarini tavsiflovchi ko„rsatkichlar insonlar hayoti va farovonligiga atrof-muhit sharoitlari va ekologik risklarning ta‟sirini tavsiflaydi, ya‟ni tabiatning nomoddiy resurslariga bog„liqligini ifodalaydi. Mazkur ko„rsatkichlar orqali daromadlar ortishi bilan umumiy farovonlikni oshishi yoki kamayishini aniqlash mumkin. Ushbu guruhdagi ko„rsatkichlarga quyidagilar kiradi: - insonga atrof-muhit ifloslanishi va ekologik risklarning (tabiiy ofatlar, texnologik va kimyoviy risklar) ta‟siri, ular oqibatida sog„liq va turmush sifatining o„zgarishi, mehnat unumdorligi va inson kapitali rivojlanishiga ta‟sir etuvchi sog„liqni saqlash tizimi xarajatlari ko„rsatkichlari; - ekologik xizmatlar bilan ta‟minlanganlik darajasi (toza suv, suvoqova, jamoat transporti va h.k.), jumladan aholining barcha qatlamlarining ta‟minlanganligi. Ushbu ko„rsatkichlar bilan bir qatorda aholi turmush darajasining boshqa ko„rsatkichlarini qo„llash maqsadga muvofiq. Iqtisodiy imkoniyatlar va aksta‟sir ko„rsatkichlari “yashil o„sish”ga o„tish va bu yo„nalishda vujudga kelishi mumkin bo„lgan to„siqlarni bartaraf etish vositalari (soliqlar, subsidiyalar) samaradorligi va “yashil o„sish” bilan bog„liq iqtisodiy imkoniyatlarni ifodalovchi ko„rsatkichlar tizimini qamrab oladi. Ular quyidagi guruhlarga bo„linadi: - texnologiyalar va innovatsiyalar – yashil o„sish samaradorligini oshirish va rivojlanishini ta‟minlash omillari; - ekologik tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish – iqtisodiyotni ekologiyalashtirish orqali uning yangi imkoniyatlarini ochish; - investitsiyalar va moliyalashtirish – “yashil o„sish” va atrof-muhit muhofazasi maqsadlarida texnologiya va bilimlarni keng qo„llashni moliyalashtirish; - ishlab chiqaruvchilar va iste‟molchilar uchun “yashil iqtisodiyot”ga o„tish belgisi hisoblangan narxlar, soliqlar va subsidiyalar; - ta‟lim, kasbiy tayyorgarlik va ko„nikmalarni rivojlantirish. “Yashil iqtisodiyot” va “yashil o„sish” modelining IHTT tomonidan ishlab chiqilgan ko„rsatkichlari ishlab chiqarish, iste‟mol va ayriboshlash jarayonlaridagi munosabatlar tizimi asosida ishlab chiqilgani bois bugungi kunda “yashil iqtisodiyot”ni uch o„lchamda (iqtisodiyot, tabiat va jamiyat) baholash imkonini bermoqda. Ilmiy-tadqiqotlar va mamlakatlar xususiyatlarini e‟tiborga olib o„tkazilayotgan “dala” tajribalari natijasida mazkur ko„rsatkichlar yanada umumiylashtirilmoqda. Boshqa reyting tizimlaridan farqli o„laroq ushbu yondashuv biron-bir umumlashtiruvchi indeksni hisoblashni nazarda tutmaydi. IHTT tomonidan qo„llanilayotgan ko„rsatkichlar mamlakatni iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan rivojlanishini baholash va taqqoslash imkonini beradi. Ushbu ko„rsatkichlar tizimini hisoblashda “yashil o„sish”, buxgalteriya hisobi va davlat siyosati tamoyillari birgalikda qo„llaniladi, ya‟ni ko„rsatkichlar analitik jihatdan ishonchlilik, o„lchashlilik va dolzarblilik jihatidan tanlab olingan. IHTTning “yashil o„sish” ko„rsatkichlari farovonlik va barqarorlikni keng qamrovda tavsiflovchi ko„rsatkichlar hisoblanadi. IHTTga a‟zo mamlakatlar qatoridagi yashil o„sish strategiyasini amalga oshirish jarayonida tashabbuskor mamlakatlar (Chexiya, Daniya, Germaniya, Koreya Respublikasi, Meksika, Niderlandiya, Slovakiya va Sloveniya) yashil iqtisodiy o„sish va barqarorlik monitoringini olib borishda mazkur ko„rsatkichlardan foydalanishadi. Rivojlangan, rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan mamlakatlarning ayrimlari IHTT “yash il o„sish” ko„rsatkichlarining amaliy qo„llanilishini ta‟minlash maqsadida statistik hisobotlarni ushbu ko„rsatkichlarga asoslanib tuzishmoqda. Rivojlangan, rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan mamlakatlar uchun IHTT “yashil o„sish” ko„rsatkichlarining muhim afzalligi ularning moslashuvchan ekanligidir. Ushbu holat o„z aksini yuqoridagi hisobotlarda topmoqda, ya‟ni mamlakatlar ko„rsatkichlar tizimining bosh to„rt yo„nalishi bo„yicha mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik xususiyati, holati, yuritilayotgan siyosatidan kelib chiqib ko„rsatkichlar me‟yorini aniqlashadi. Jumladan, Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlari asosiy e‟tiborni (ya‟ni “yashil o„sish” ko„rsatkichlaridan) milliy siyosatning ustuvor yo„nalishlarini aniqlashda atrof-muhitga bog„liq yashash standartlari va imkoniyatlariga bog„liq ko„rsatkichlarga qaratsa, YeI, Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqishda tabiiy aktivlardan samarali foydalanish ko„rsatkichlaridan foydalanishni afzal ko„rishmoqda. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling