Yashil iqtisodiyotni baholash amaliyoti va indikatorlari
GGGI va Dual Citizen xalqaro agentliklarining reyting usuli
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
4-MavzuYASHIL IQTISODIYOTNI BAHOLASH (1)
5. GGGI va Dual Citizen xalqaro agentliklarining reyting usuli
Jahon amaliyoti ko„rsatishicha, murakkab jarayonlar va ob‟ektlarni qiyosiy baholashda aksariyat mamlakatlar ko„pincha reyting usulidan foydalanishadi. “Yashil o„sish”ni reyting asosida baholashning ommalashgan usullari GGGI va Dual Citizen xalqaro agentliklari tomonidan qo„llaniladi. GGGI Koreya Respublikasining Seul shahrida joylashgan bo„lib, maqsadi iqtisodiy o„sish va ekologik barqarorlik o„rtasidagi muvozanatni ifodalovchi “yashil o„sish”ga ko„maklashish hisoblanadi. GGGI milliy iqtisodiyotning “yashil o„sish”ini ta‟minlashi mumkin bo„lgan energetika, suv ta‟minoti, yerdan foydalanish va yashil shaharlar kabi ustuvor sohalarida ish olib boradi. GGGI tomonidan ishlab chiqilgan yashil iqtisodiyotni baholash ko„rsatkichlari tizimi “yashil iqtisodiyot”ga o„tish imkoniyatlarini baholash va barqaror “yashil o„sish”ni ta‟minlash darajasini tavsiflovchi ko„rsatkichlarga asoslanadi . Ushbu ko„rsatkichlar mamlakatning “yashil iqtisodiyotga” o„tish davlat dasturida ko„zda tutilgan bosqichlarga qarab tashhislash, rejalashtirish, baholash va monitoring kabi kategoriyalarga bo„linadi. Tashhislashga oid ko„rsatkichlar mamlakatning umumiy holatini baholash va mavjud muammolarni aniqlashga xizmat qiladi. Rejalashtirish ko„rsatkichlari “muammo→davlat→chora-tadbirlar” yondashuviga asoslanadi. Ushbu ko„rsatkichlar tashhislash ko„rsatkichlari yordamida aniqlangan barqaror iqtisodiy o„sish muammolari va ularni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar o„rtasidagi sabab-oqibat bog„liqliklarini aniqlashga xizmat qiladi. Rejalashtirish ko„rsatkichlari asosida muqobil “yashil o„sish” ssenariylari ishlab chiqiladi. Baholash va monitoring ko„rsatkichlari esa “yashil o„sish” dasturini amalga oshirish jarayonini nazorat qilish va erishilgan natijalarni baholash imkonini beradi. GGGI “Yashil o„sish” indeksi (GGI) quyidagi yo„nalishlar bo„yicha 36 ta ko„rsatkichlar asosida hisoblanadi (1-rasm): - resurslardan samarali va oqilona foydalanish; - tabiiy kapitalni muhofaza qilish; - yashil iqtisodiyot imkoniyatlari; - ijtimoiy integratsiya. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling