Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish uchun fosfofgipsdan bog'lovchi moddalar va buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasini o'rganish reja


Download 494.91 Kb.
bet1/2
Sana12.10.2023
Hajmi494.91 Kb.
#1700773
  1   2
Bog'liq
Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish


YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH UCHUN FOSFOFGIPSDAN BOG'LOVCHI MODDALAR VA BUYUMLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASINI O'RGANISH
REJA:

“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish suv resurslaridan nooqilona foydalanish, havoning ifloslanishi, o‘rmonlarning qisqarishi, yerlarning degradatsiyaga uchrashi va iqlim o‘zgarishi kabi ekologik muammolarni hal etishda yordam beradi.
Xorijlik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun ishlab chiqarishning turli sohalarida keng tarqalgan 10 ta ekologik ko‘nikma, ya’ni: dizaynerlik, liderlik sifatlari, boshqaruvchilik qobiliyati, energetik, shaharlarni rejalashtirish, landshaft dizayni, muloqot olib borish, chiqindilarni boshqarish, sotib olish va moliyaviy ko‘nikmalarga talab katta.
Iqtisodiy o‘sish “yashil” bandlikni oshirish uchun ham qulay shart-sharoit yaratadi. Shu bilan birga, aholining o‘sish sur’ati yuqori bo‘lgan mamlakatlarda davlat siyosati bandlikni oshirish uchun ko‘proq mehnat talab qiladigan ish o‘rinlarini yaratishga qaratiladi.
2022−2023 o‘quv yilida tayyorlanadigan kadrlarning 30%dan ortig‘i “yashil” iqtisodiyotga to‘g‘ri keladi. 2019−2020 o‘quv yilida bu ko‘rsatkich 5%ni tashkil etgan.
“yashil” iqtisodiyotga o‘tish jarayonini faollashtirish orqali Taraqqiyot strategiyasi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirish uchun ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligidan qat’i nazar, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining o‘quv yuklamalariga strategik, ekologik, resurslar va energiyani tejash, axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha soatlar kiritish kerak.
Shuningdek, malaka oshirish, qayta tayyorlash va kattalar ta’limining boshqa turdagi dasturlarini “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni hamda IT-ko‘nikmalarni rivojlantirishni o‘z ichiga oluvchi “Umrbo‘yi ta’lim” konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
Mineral bog’lovchi moddalar Umumiy tushunchalar: Bog’lovchi modda deganda obdon tuyilgan kukunni ma’lum bir sharoitda suv bilan qorishtirganda quyuqlashib,asta-sekin bo’tqa holatidan qotish jarayoniga o’tib sun’iy toshga aylanadigan qurilish ashyosini tushunmoq lozim. Bog’lovchi moddalar organik, mineral va organic-mineral guruhlarga bo’linadi. Mineral bog’lovchilar ko’ksimon bo’lib, mayda va yirik to’ldirgichlar bilan suvda qorilganda suyuq yoki plastic qorishma hosil bo’ladi va asta-sekin qotishi natijasida sun’iy tosh betonga aylanadi. Mineral bog’lovchilarni ishlatilishiga va xossalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi. 
Havoiy bo’g’lovchilar: ohak, Fosfogipsli bog’lovchilar va kaustik magnezit va hakozo. Ular suv van am ta’sirida bo’lmagan sharoitfda qotish xossasiga ega. Gidravlik bog’lovchilar: Faqatgina havoda emas, balki suvda ham qotadi. Masalan gidravlik ohak, portlandsement, gultuproqli sement, putssolan sement, toshqoqli portlandsement, kengayuvchi sementlar va h.z Mineral bo’glovchi ashyolarni ishlatishda quyidagilarni bilish zarur: qorishmaning quyuqlashish davri, normal qorishma olish uchun suv miqdori, suvning qorishma bilan birikish darajasi, quyuqlanishda chiqadigan issiqlik miqdori va h.z. Bog’lovchi ashyoni suv bilan qorishtirgandan to tosh holatiga o’tguncha ketgan vaqt uning quyuqlanish davri deb ataladi. Qoirishmada suv ko’p bo’lsa uning quyuqlanishi sekin bo’ladi. Qorishma tayyorlashda avvalo suv miqdorini aniqlab olish kerak. Har bir bog’lovchi uchun suv miqdori uning og’irligiga nisbatan foiz hisobida belgilanadi
Bog’lovchi ashyo suv bilan qorishtirilganda fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida quyuqlasha boshlaydi, uning qo’zg’aluvchanligi kamayadi. Bunga bog’lovchi modda quyuqlanishining boshlanish davri, qo’zg’aluvchanligi butunlay yo’qolgandan keyin esa quyuqlanishning oxiri(qotish) deb ataladi. Quyuqlanish davriga qarab bog’lovchilar 3 guruhga bo’linadi. -tez quyuqlanuvchi – quyuqlanishning boshlanish davri 3-10 daqiqa. Bunday bog’lovchilarni ishlatish noqulay bo’lganligi sababli unga quyuqlanishini susaytiruvchi maxsus moddalar, masalan qurilish Fosfogipsi qo’shiladi; - normal quyuqlanuvchi – quyuqlanishning boshlanish davri 30-daqiqadan keyin, oxiri esa 12 soatgacha davom etadi.
Bunday bo’glovchilarga beton va qorishmalar tayyorlashda ko’p ishlatiladigan barcha sementlar kiradi. -sekin quyuqlanuvchi – quyuqlanish 12 soatdan keyin boshlanadigan bog’lovchi ashyolar. Normal qorishma tayyorlashda suv aslida bog’lovchining kimyoviy birikishi uchun sarflanadigan miqdoiridan ko’p olinadi. Shuning uchun qorishma qotgandan keyin ham undagi mayda naycha va g’ovaklarda birikmagan erkin suvlar ko’p bo’ladi. Erkin suvlar asta-sekin bug’lanib, sementning g’ovakligini oshiradi. 
Natijada uning mustahkamligi kamayadi. Barcha bog’lovchilar quyuqlanish va qotish jarayonida o’zidan issiqlik ajratib chiqaradi. Bog’lovchilarning quyuqlanish davri va jarayoni tez bo’lsa, uning issiqlik chiqarishi ham ortadi. Ayrim bog’lovchilar, masalan 1kg portlandsement 7 kun davomida o’zidan 65 kkal gacha issiqlik chiqaradi. Bog’lovchilarning o’zidan issiqlik chiqarish xususiyati, ayniqsa sovuqda beton va boshqa qorishmalar tayyorlashda katta ahamiyatga ega.

Download 494.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling