“Yashil iqtisodiyotni” rivojlantirishda tiklanadigan energiya manbalarining o‘rni Reja


Download 19.39 Kb.
bet3/7
Sana03.12.2023
Hajmi19.39 Kb.
#1797477
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
“Yashil iqtisodiyotni” rivojlantirishda tiklanadigan energiya manbalarining o‘rni

«Iqtisodiyot» so`zi odatda ikki va hatto uch ma`noda ishlatiladi. Birinchidan, iqtisodiyot — bu xo`jalik yuritish, inson tomonidan yaratilgan turli ne`matlardan foydalanib hayot kechirish, insonlar hayotini ta`minlash va yaxshilash tizimi. Ikkinchidan, iqtisodiyot — bu resurslar va jamiyat a`zolari tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarning firma va uy xo`jaliklari orasidagi uzluksiz doiraviy harakati. Uchinchidan, iqtisodiyot — bu fan, turli-tuman cheklangan resurslardan foydalanib, jamiyat ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan, xo`jalik yuritish jarayonida odamlar o`rtasida vujudga keladigan munosabatlar haqidagi bilimlar majmui. «Iqtisodiyot» so`zining o`zagini «iqtisod» so`zi tashkil etadi. Iqtisod so`zining o`zbek tilidagi lug`aviy ma`nosi sarf-xarajatlarda tejamkorlik demakdir. Mashhur ma`rifatparvar vatandoshimiz Abdullo Avloniy iqtisodga shunday ta`rif beradi.

«Iqtisod deb pul va mol kabi ne`matlarning qadrini bilmoqqa aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o`rinsiz erga bir tiyin sarf qilmas, o`rni kelganda so`mni ayamas». Inson yaratilibdiki, mehnatini engillashtirish, hayot kechirishi uchun zarur ehtiyojlarini to`laroq qondirishga harakat qiladi. Mehnat qilishning o`zi ham tirikchilik o`tkazishga qaratilgan. Demak, inson dunyoga kelibdiki tirikchilik harakatida bo`ladi, desak xato qilmaymiz. Insonning mehnat unumi qancha yuqori bo`lsa, tirikchilik kechirish uchun ne`matlar shuncha ko`p yaratiladi. Ana shuning uchun ham ajdodlarimizning diqqat-e`tibori qanday qilib hayot kechirish uchun zarur ne`matlarni ko`paytirish yo`llarini topishga qaratilgan. Eng aqlli, zukkolar o`z davriga, sharoitiga mos ravishda eng maqbul yo`llarni topishgan va undan foydalanishni tavsiya etishgan. Ulardan ko`plarining nomi tarixda qolgan.

O`z davrida shakllangan iqtisodiy qarashlar qadimgi qo`lyozmalarda aks etgan. Iqtisodiy qarashlarning fan sifatida shakllanishi dunyo tsivilizatsiyasining «beshigi» deb tan olingan Qadimgi Misr, Sharq mutafakkirlari ta`limoti, ilgari surgan fikrlari bilan boshlanadi. Ular jumlasiga miloddan XX asr ilgari qadimgi Bobilda podsho Xammurapi qonunlari, Qadimgi Hindistonda (miloddan VI asr ilgari)gi Manu qonunlari, Qadimgi Xitoy mutafakkirlari, ayniqsa Konfutsiy (miloddan avvalgi 551—479 yillar) asarlarini kiritish mumkin. Ulardagi fikrlarga diqqat qilsak, mehnat taqsimotiga hamda yaratilgan mahsulotning taqsimlanishiga asosiy e`tibor qaratilgan. Bu bejiz emas. Chunki shu davrda aynan mehnat taqsimoti hamda mehnat natijasida yaratilgan mahsulot taqsimoti jamiyat taraqqiyotida, aholining turmush darajasida asosiy rol o`ynagan. Keyinchalik, iqtisodiy fikrlar Qadimgi Yunoniston va Rimda yanada rivojlantiriladi, ma`lum tizimga solinadi.


Download 19.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling