I-80-2 guruh talabasi Ne’matov Ilyosning


Download 107.31 Kb.
bet1/7
Sana05.04.2023
Hajmi107.31 Kb.
#1277108
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
мустақил иш Лазиз


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI




I-80-2 guruh talabasi
Ne’matov Ilyosning
IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI
fanidan tayorlagan

MUSTAQIL ISHI




Toshkent-2022
Qadimgi Bobil davlatining g‘oyalari. Qadimgi Misr. Misrning iqtisodiy g‘oyalari.Hammurapi qonunlari. Qadimgi Hindistonning iqtisodiy g‘oyalari. Manu qonunlari. «Artxashastra» traktati.

Reja:


  1. Qadimgi Sharq davlatlari iqtisodiy taraqqiyotining muammolari, xususiyatlari.

  2. Qadimgi Bobil davlatining gʼoyalari.

  3. Qadimgi Misrdagi iqtisodiy gʼoyalar.

  4. Manu qonunlari. «Artxashastra» traktati

  5. Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy fikrlar

  6. Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy fikrlar

Qadimgi Sharq davlatlari iqtisodiy taraqqiyotining muammolari, xususiyatlari. Qadimgi Bobil davlatining gʼoyalari. Qadimgi Misrdagi iqtisodiy gʼoyalar. Iqtisodiy fan manbalarini jahon sivilizatsiyasining beshigi- qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan toʼgʼridir. Iqtisodiy gʼoyalarning shakllanishi insoniyatning paydo boʼlishi bilan bogʼlangan. Аmmo hozirgi paytda qoʼlyozmalarda aks ettirilgan gʼoyalargina tahlil qilingan. Shu sababli «Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi» ni quldorlik jamiyati paydo boʼlishi bilan bogʼlashadi. Dastlab quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan joylarda, Mesopotamiya, (Tigr va Yefrat daryolari oraligʼi)da va Misrda er.av.
IV ming yillikda yuzaga keldi. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inqilob roʼy berdi, metal qurollar ishlatila boshlandi, qishloq xoʼjaligida intensiv, koʼp hollarda sugʼorma dehqonchilikka oʼtildi. Shu asosda nisbatan turgʼun qoʼshimcha mahsulot olish imkoni tugʼildi. Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, koʼpgina xunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga va sinfiy tabaqalanishiga turtki boʼldi. Bu davrda mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yoʼli bilan renta-soliq olish boʼlsa, qullarni beayov ishlatish bilan ham katta boylik ortirilgan. Sharqda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasiga qarab ayrim «erkin» aholining ahvoli qullarnikidan farq qilmagan. Lekin ayrim olimlarning fikricha, Sharqda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal, yaʼni uy xoʼjaligidan ustun boʼlgan. Sharq, jumladan Oʼrta Osiyo mamlakatlaridagi xoʼjalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik, xunadmandchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. Аntik dunyo (gʼarbiy Yevropa) dagi ayrim xududlarda xalqaro savdoni olib borish bilan bogʼliq ravishda tovar pul munosabatlari ham anchagina rivojlangan. Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik asos topdi. Oʼz mahsulotini sotishga moʼljalab ishlab chiqargan qulchilik xoʼjaliklari ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab etgan. Oqibatda klassik yoki antik qulchilik yuzaga keldi.

Download 107.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling