I-80-2 guruh talabasi Ne’matov Ilyosning


Aristotelning iqtisodiy qarashlari


Download 107.31 Kb.
bet7/7
Sana05.04.2023
Hajmi107.31 Kb.
#1277108
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
мустақил иш Лазиз

Aristotelning iqtisodiy qarashlari. Antik dunyodagi iqtisodiy fikrlarning yirik namoyon-dalaridan biri Aristotel (m.o 384–322) hisoblanadi. O’z mamlakatida shakllangan natural-xo’jalik munosabatlarini himoya qilgan bu qadimgi grek mutafakkiri boshqa zamondoshlariga qaraganda, iqtisodiy muammolarga chuqurroq kirib borishga muvaffaq bo’lgan. Uning iqtisodiy savollar bo’yicha fikr yuritgan asosiy asarlari «Nikomaxova etikasi» va «Siyosat» hisoblanadi. Bu yerda Aristotel, xuddi Platonga o’xshab, ideal davlat loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o’ziga xosligi shundan iboratki, unda xo’jalik va kishilar faoliyatining barcha turlari (mayli u: erkin fuqarolar bajaradigan boshqaruv-nazorat funktsiyasi bo’lsin yoki yer egalari, chorvador, hunarmandlar, savdogarlar bo’lsin) har bir toifa yashash vositalaridan foydalanishi va boylik to’ishi nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shu yerda Aristotel boylik topish va ehtiyojlarni qondirish usullari to’g’risida fikr yuritib, ekonomika va xrematistika tushunchalari farqini ajratib ko’rsatib beradi. Aristotel nafaqat o’zining falsafiy tafakkuri balki, sotsialistik iqtisodiy g’oyalarni rivojlantirishga qo’shgan hissasi bilan ham ajralib turadi. Aynan Aristotelning qarashlariga 1300 yildan 1500 yilgacha bo’lgan davr mobaynida Avliyo Tomas Akvinskiy va boshqa namoyondalar o’z munosabatlarini bildirganlar. Demokrit (eramizdan avvalgi taxminan 460-370 yillar) mehnat taqsimotini rag’batlantirish bilan bir qatorda xususiy mulkni rivojlantirish tarafdori bo’ldi. Aristotelning ustozi Platonning ta’kidlashicha, barkamol jamiyatning hukmron sinfi - askarlar va faylasuflar e’tiborini muhimroq masalalardan chalg’ita-digan mulk bo’yicha mojarolarni oldini olish uchun, xususiy mulka ega bo’lmas-dan, balki jamoat mulkidan foydalanish maqsadga muvofiq. Lekin, Aristotelning fikricha xususiy mulk jamiyatda foydali funksiyani bajaradi, uning miqdori bo’yicha cheklov o’rnatadigan qoidalar tatbiq etilmaslik zarur. Uning xususiy mulkka bo’lgan huquqni maqullagan holda, iqtisodiy o’sish orqasidan quvishni ayblashdagi aniq izchillikka ega bo’lmagan g’oyalari faylasuflarni o’n oltinchi asrgacha tashvishga solib keldi. Aristotelning iqtisodiy tafakkurga qo’shgan asosiy hissasi tovarlar almashuvi va bu almashuvda puldan foydalanish bilan bog’liq munosabatlarni chuqur Aristotel (m.o 384–322) 47 yoritganligida edi. Uning fikricha, odamlarning ehtiyoji, o’rtacha, lekin odamlar-ning istaklari cheksizdir. Shundan kelib chiqib, ehtiyojni qondirish uchun tovarlarni ishlab chiqarish tabiiy, cheksiz istaklarni qoniqtirish uchun tovarlarni ishlab chiqarish notabiiy holat. Aristotelning fikricha, tovarlar bozorda sotish uchun ishlab chiqarilganida, bu faoliyat ehtiyojni yoki istaklarni qondirish uchun amalga oshirilganligini aniqlash qiyin; lekin uning fikricha, agar bozordagi almashuv barter shaklida bo’lsa, bu tabiiy ehtiyojni qondirish uchun amalga oshirilgan va bundan iqtisodiy foyda ko’zlanmagan. Lekin, pul vositasida almashuvning asosiy maqsadi Aristotel tomonidan qoralangan daromadni olish ekanligi ko’zda tutiladi. Aristotel Platon va ko’pchilik boshqa grek olimlarining iqtisodiy faoliyatini kengroq kontekstda o’rgandi. Aristotel ko’rsatib o’tgan qiziqarli masalalardan biri shundan iboratki, yetishmovchilik muammosini iste’molni kamaytirish, odamlar-ning munosabatini o’zgartirish yo’li bilan hal qilish mumkin. Bu yetishmovchilik asosida yotadigan to’qnashuvlarni bartaraf etib jamiyatdagi to’qnashuvlarni tugatish orzusida bo’lgan utopistlar va sotsialistlar uchun kuchli g’oya bo’ldi.13 Ekonomika – Aristotel tushunchasi bo’yicha – bu, eng avvalo, dehqonchilikdagi kishilarning hamda hunarmandchilik va mayda savdo bilan band bo’lgan-larning asosiy va sharafli faoliyatidir. Uning maqsadi – insonning eng muhim ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi, shuning uchun unga davlat g’amxo’rlik qilishi kerak. Xrematistika – bu yirik savdo yo’li bilan boylik orttirish mahoratidir. Aristotelning qayd qilib o’tishicha, bunday boylik orttirish maqsadiga erishishning cheki bo’lmaydi. Bunday maqsad – boylik va pul topishdir. (Shu boisdan uning chegarasi yo’q). Ekonomikadan farqli ravishda, xrematistika zarur hisoblanmaydi va tabiat qonunlariga zid deb ko’rsatiladi. Shunday kelib chiqqan holda, Aristotelning xitob qilishicha, «ekonomika maqtovga sazovor, xrematistika esa – tanbehga». Qadimgi grek mutafakkirlarining ekonomika va xrematistikaga bo’lgan bunday munosabati, uning natural xo’jalik mavqeda bo’lganligini yaqqol ko’rsatib turibdi. Aristotel o’zining ekonomika va xrematistika konsepsiyasi doirasida quldorlik davlat tuzilishini ideallashtirib, xo’jalik hayotining eng muhim unsurlarini sun’iy ravishda «soddalashtirdi». Masalan, Aristotel fikri bo’yicha, «haqiqatan ham narsalar shu qadar turli-tumanki, ularni tenglashtirib (taqqoslab) bo’lmaydi». Shunga ko’ra xulosa qilinadi: «5 qo’ndoq = 1 uyga», chunki ularni taqqoslash faqat go’yoki pul tufayli amalga oshirilishi «kundalik hayotda» ancha qulay. Tovar sifatidagi pulning o’zi esa, olimning fikricha, stixiyali ravishda emas, balki odamlar o’rtasidagi kelishuv natijasida kelib chiqqan va uni (pulni) «iste’molga yaroqsiz» qilib qo’yish «bizning ixtiyorimizda». Aristotelning ekonomika va xrematistika konseptsiyasi «kamchiligiga» ayirboshlashning ikkiyoqlama tavsifini ham kiritish mumkin. Bu yerda gap shundaki, bir joyda ayirboshlash ehtiyojni qondirishda asosiy akt sifatida ko’riladi va tovarning iste’mol qiymatini iqtisodiyot sohasining kategoriyasi sifatida talqin qilish imkonini beradi, ikkinchi bir joyda – aksincha, ayirboshlash boylik orttirish sifatida qaraladi va tovarning almashuv qiymatini xrematistika sohasining kategoriyasi deyishga asos bo’la oladi. 13 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 48-b. 48 Nihoyat, shu kontse’tsiya nuqtai nazardan Aristotel savdo shakllari evolyutsiyasi bosqichlarini va pul muomalasini biryoqlama tahlil qilib, o’zining yirik savdoga va ssuda operatsiyasiga salbiy munosabatda ekanligini namoyon etdi. Xususan, to’g’ridan-to’g’ri tovar ayirboshlash va pul vositasi orqali tovar ayirboshlash kabi savdoning dastlabki shakllarini u ekonomika sohasiga kiritadi, savdo ka’italining harakatini, ya’ni tovar ayirboshlash jarayonida dastlabki avanslangan pulni ko’payishini xrematistika sohasiga kiritadi. Xuddi shunga o’xshash, Aristotel pul muomalasi shaklini tadqiq qiladi va pulning qiymat o’lchovi va muomala vositasi tarzida aks ettilishini – ekonomika sohasiga, pulning foydani ko’paytirish vositasi sifatida ishlatilishini esa xrematistika sohasiga kiritadi.
Download 107.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling