Yaxlit quyma temir-beton texnologiyasi fani maqsadi va vazifalari


Download 118 Kb.
bet3/4
Sana01.11.2023
Hajmi118 Kb.
#1737919
1   2   3   4
Bog'liq
1-мавзу

Konveyer usulining texnologik sxemasi doira va to‘g‘ri chiziqli (masalan, buyumlarni prokat qilishda) bo‘lishi mumkin. Doira sxemasi bo‘yicha buyumlarni tayyorlash jarayoni ketma-ket joylashgan bir necha ishchi o‘rinlaridan iborat bo‘lib, ishlab chiqarish esa mexanizatsiyalashgan va qisman avtomatlashgan. Bunda buyum qolipi konveyer usulida tayyorlanib ishchi o‘rinlarining har birida turli muddatda ushlab turiladi. Konveyer usulining texnologik sxemasi 5-rasmda ko‘rsatilgan.
Temir-beton buyumlarni ishlab chiqarishda oqim-agregat usulining boshqa usullardan farqi shundaki, bunda buyumni tayyorlashdagi ayrim ishlar (qolipni moylash, armaturani o‘rnatish, beton qorishmasini joylash va uni zichlash kabi ishlar) turli joyda joylashgan ishchi o‘rinlarida bajariladi. Oqim-agregat usulini har xil o‘lchamdagi temir-beton buyumlarini tayyorlashda qo‘llanishi maqsadga muvofiq.
Prokat va kasseta usullarida panellar tayyorlash. Katta o‘lchamli temir-beton buyumlarini tebratma-prokat stani va kasseta-qoliplarda tayyorlash texnologiyasini birinchi bo‘lib injener N.YA.Kozlov ixtiro etdi. Bu texnologiya yig‘ma temir-beton konstruksiyalarning ko‘plab qo‘llanishiga, binolarni panellardan qurishning rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
Tebratma-prokat usulida yirik o‘lchamli devor va pardevor panellar, yopma va qavatlararo plitalar, yo‘lga yotqiziladigan plitalar tayyorlash mumkin. Yirik o‘lchamli buyumlar tayyorlaydigan tebratma-prokat stani 6-rasmda keltirilgan. Tarqatuvchi cho‘michlar vositasida beton qorishma tayyorlash uchun tarozilarda tortilgan bog‘lovchi va to‘ddirgichlar parmalash prinsipida ishlaydigan qorgich quvurlarga kelib tushadi. Bu erda forsunkalardan suv purkalib. qorishma tayyorlanadi va u tarqatuvchi cho‘michga tushadi. Keyin qorishma doim harakatda bo‘lgan qoliplarga quyiladi. Qorishma tarqatuvchi cho‘michning old qismida armatura sinchi o‘rnatiladi. Beton qorishma temir tasma bo‘ylab harakatlanayotganda tebratiladi va bir vaqtning o‘zida uning pastki hamda ustki qismiga o‘rnatilgan g‘o‘lalar bilan siqiladi. So‘ng qorishma buyum hosil qiluvchi maxsus tasmalar vositasida qoliplanadi.




Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling