Yaxlit quyma temir-beton texnologiyasi fani maqsadi va vazifalari


Download 118 Kb.
bet1/4
Sana01.11.2023
Hajmi118 Kb.
#1737919
  1   2   3   4
Bog'liq
1-мавзу

Yaxlit quyma temir-beton texnologiyasi fani maqsadi va vazifalari.


Reja:

  1. Yaxlit quyma temir-beton texnologiyasi tarixi.

  2. Temir-beton konstruksiyalarning ishlash sxemasi.

3. Temir-beton konstruksiyalarni ishlab chiqarish
4. Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalar.
5. Temir-beton konstruksiyalarni ishlab chiqarish usullari
Odamzod o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida, qurilish uchun turli qurilish materiallaridan foydalangan. Biroq bugungi kungacha eng ishonchli inshootlardan biri bo‘lib temir -betondan qurilgan yaxlit imoratlar hisoblanadi. Monolit qurilish texnologiyasi tasodifan kashf etildi, XIX asrning 60-yillarida fransuz Jozef Mone o‘zining dala hovlisini armatura bilan beton bortlardan foydalangan holda qurar ekan. XX va XXI asrning tutashgan nuqtasida esa g‘ishtli uylar o‘z o‘rnini, yomg‘irdan so‘ng qo‘ziqorinlar kabi o‘sib chiqqan, panelli uylarga bo‘shatdi. Ushbu panelli uylar vaqt talabiga binoan, xonadonlarning narxi osmon bo‘lmagan holda, uylarni tez qurish kerak bo‘lgan paytda paydo bo‘ldi. Tabiiyki, vaqt o‘tishi bilan “tez, sifatli, ommabop” mashhur uchligida barcha tarkibiy qismlar muhim ekanligi hamda sifatda murosalarga yo‘l qo‘yish mumkin emasligi ma’lum bo‘ldi. Shu sababli, g‘ishtli va panelli uylar o‘rnini monolit uylar egalladi.
Monolit uy…
Bu uy qurishning maxsus texnologiyasi bo‘lib, unda tashqi devorlarning hammasi, bino karkasi (sinchi)ning o‘zi va tomlari ham betondan quyiladi, shu tariqa ulangan va payvandlangan joylarsiz yaxlit konstruksiya hosil bo‘ladi.
Yunon tilidan tarjima qilinganda monolit “yaxlit tosh, palaxsa” degan ma’noni anglatadi. Temir-betondan qurilgan uylar, mustahkam bo‘lib, uzoq vaqt xizmat qilganligi tufayli mazkur ta’rifni to‘kis oqlaydi. Bunday uylarning asosiy masallig‘i – armatura va beton. Bir qarashda bari juda odidiy tuyulsada, ushbu texnologiya ko‘pgina nozik jihatlarga ega.

Afzalliklari nimada?


Ishonchlilik va sifat – monolit uylar uchun deyarli sinonim bo‘lib ulgurgan so‘zlar. Qator afzalliklarga ega bo‘lganligi tufayli, ular sifatli va ishonchli deb ta’riflashga loyiq. Bunday uylarning afzalliklari chindan ham ko‘p, ular orasida quyidagilar ayniqsa ajralib turadi:


Mustahkamlik. Shu usulda qurilgan binolar o‘ta bardoshli deb hisoblanadi. Monolit tarzda qurilgan bino nam va shamolni o‘tkazmaydi hamda zilzilalarga bardoshli bo‘ladi.
Turli xil dizayn. Qurilishning mazkur turi arxitektorga bo‘lg‘usi binoning shakli va qavatiga nisbatan bor tasavvurini ishga solish imkonini beradi. Masalan, monolit har bir qavatni individual dizayn va turli shakllarda qurishga imkoniyat yaratadi. Panel yoki g‘isht uylarni qurganda, buning iloji yo‘q.
Qayta rejalashtirish imkoni. “Monolit uylardagi xonadonlar ichida, xonalar orasida devor bo‘lmaydi, faqat cheklangan miqdorda tayanch ustunlar quriladi.
Bino va inshootlarni montaj qilishda kompleks qismlardan tashkil topgan yig‘ma temir-beton buyumlar ishlatiladi. Masalan, poydevor bloklari, devor va qavatlararo panellar, yopma plitalar, yig‘ma zinalar, ustun va to‘sinlar, inshoot va temir-beton qoziqlar, ravoq va h.k.
Temir-beton konstruksiyalar Fransiyada ixtiro etildi va ilk bor oddiy shakldagi buyumlar ishlab chiqarildi. Jumladan, deraza va eshiklarning ustki to‘sinlari, yopma plitkalar, poydevor bloklar qurilishda keng tarqaldi. Keyinchalik inshootlarning ayrim qismlari quyma betondan ishlanadigan bo‘ldi. O‘zbekistonda yig‘ma temir-beton va quyma betonlar o‘tgan asrning 40-yillarida gidrotexnik inshootlar qurilishida ishlatila boshlandi. Hozirgi vaqtda qurilishlarda quyma beton konstruksiyalarni qo‘llash va ularning xillarini yanada takomillashtirish ustida amaliy ishlar olib borilmokda.

Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling