Operatsion tizimlar 7-Hafta. Operatsion tizimda "tupik" (deadlock) tushunchasi Boynazarov Ilhom Maxmudovich Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti Email: ilhomboy1974@gmail.com Kurs platformasi: https://mt.samtuit.uz - Annotatsiya: Ma’ruzada, tupik (deadlock) tushunchasi, tizim modeli, resurslarni taqsimlash grafi, wait-for (kutish) grafi, tupiklarni qayta ishlash va barataraf qilish, tizimning xavfsizlik holati, bankir algoritmi, tupiklarni aniqlash algoritmlari tushunchalari bayon qilingan.
Kirish - Operatsion tizimlarning muhim vazifalaridan biri – kompyuter resurslarini jarayonlar o’rtasida taqimslash hisoblanadi. Ushbu vazifa bilan chambarchas bog’liq bo’lgan tupik (deadlock) tushunchasi mavjud.
- Ushbu ma’ruzada rusrularni taqimlash va tupiklarni aniqlashga doir tayanch tushunchalar bayon qilingan. “Tupiklarni aniqlash va ulardan qochish metodalari” mavzusida o’rganilgan bilimlarni kengaytirish, - operatsion tizimda resurslarni taqsimlashda tupiklar bilan kurashish metodlari va algoritmlari bayon qilinadi.
Mashg’ulot rejasi - Tizim modeli. Resurslarni taqsimlash grafi
- Tupiklar tavsifi. Tupiklarni qayta ishlash
- Tupiklarning oldini olish. Tizimning xavfsiz holatini aniqlash
- Resurslarni taqsimlash grafini qurish algoritmi
- Resurslarni xavfsiz taqsimlash uchun bankir algoritmi (tupikdan qochish misolida)
- Tupiklarni aniqlash printsiplari, wait-for grafi
- Tupiklarni aniqlash algoritmi va uning qo’llanilishi. Tupikdan keyin tiklash
- Tupiklarni qayta ishlashga kombinatsiyalashgan yondoshuvlar.
Tizim modeli - Tupik (deadlock) – bloklangan (to’silgan) jarayonlar to’plami bo’lib, ularning har biri bir nechta resursga egalik qiladi va ushbu to'plamdan boshqa biron bir jarayonga tegishli resursni kutish holati.
- Tupikning oddiy misolini semaforalar yordamida modellashirish mumkin. Misol uchun, tizimda ikkita P1 va P2 jarayon murojaat qiladigan ikkita A va B tashqi qurilmalar berilgan bo’lsin. Tashqi qurilmalarning har biri sinxronlash maqsadida semaforlar bilan bog’langan va ular ham A va B bilan belgilangan bo’lsin. Semaforlar boshlang’ich holatda ochiq. Jarayonlarning har biriga ikkala qurilma ham kerak bo’lsin, lekin ular qurilmalarga teskari tartibda murojaat qilsin, ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |