- 1900 yillarda Turkistonda yengil atletika alohida sport turi bo’lib ajralib chiqmagan edi. harbiy armiyada jismoniy tarbiya sifatida qo’llanilar edi. 1910 yillar oxirida Toshkent va Farg’onada yengil atletika tugaraklarida, ota-onasining oldiga ta'tilga kelgan Petirburglik, Xarkovlik, Moskvalik talabalar, havaskor yuguruvchilar, sakrovchilar va uloqtiruvchilar boshqa shaharlardan keldilar. 1916 yilda Farg’onaga Rossiyalik taniqli yuguruvchi Lev L’vovich Barkash keldi. U havaskor yengil atletikachilar bilan hamkorlikda Marg’ilon soy atrofida (280 m) yengil atletika maydonini jihozlashga kirishib, u maydonning chetini velopoygachilar va langarcho’p bilan sakrash uchun maydon tashkil qilindi. 1919 yilda Turkiston Respublikasi xalq ta'limi qoshida sport kollegiyasi tuzilib. musobaqalami maydonlarda tashkil qilish va o’tkazish masalalari bilan shug’ullana boshladilar. 1920-21 yillarga kelib 15 ta xarbiy-sport klublari va Farg’onada, 1916- yilda Farg'ona shahriga yugurish bo'yicha musobaqa qatnashchisi Rossiyalik Lev Barxash kelib, yengil atletika ishqibozlari to'garaklarini tuzadi. Ular bilan birga Marg'ilonsoy (Mustaqillik ko'chasi) qirg'og'ida velosiped sporti bo'yicha mashqlar va poyga o'tkaziladigan o'yingohni qayta qurib, yugurish uchun moslashtiradi va 280 metrlik yugurish yo'lagi qurdiradi hatto sakrash uchun qo'ndoqlar ham o'rnatadi. O'sha paytlarda yengil atletika to'garaklariga oz odam, asosan, katta yoshdagilar qatnashganlar. Ular ham bo'lsa, sport ishqibozlari jamiyatlari, xususiy sport klublari va skautlar tashkilotlari a'zolari bo'lgan. Oktabr inqilobidan so'ng jismoniy tarbiya va sportning ommaviy rivojlanishiga katta e'tibor berila boshlandi. Turkiston Respublikasi Xalq ta'limi komissariati qoshida 1919- yilda sport kollegiyasi tuziladi. Bu kollegiya umumiy harbiy ta'lim bosh boshqarmasi tomonidan maydonlarda namoyish etiladigan sport chiqishlari hamda turli musobaqalarni tashkil etish, shuningdek o'quvchilar bilan o'tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg'ulotlariga rahbarlik qilgan. Sportning boshqa turlari qatorida yengil atletika bo'yicha ham uyushgan mashg'ulotlar tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |