Balandlikka sakrash - Ushbu mas'uliyatli musobaqalarda o'zbek yengil atletikachilaridan M. Toporova, Y. Dunayev, L. Shaternikova, A. Borisovlar sov-rindor bo'lishdi. 1934- yili M. Toporova nayza otish bo'yicha sobiq Ittifoq rekordini o'rnatib, mamlakat chempioni bo'ldi. 1934- yildan boshlab o'zbek yengil atletikachilari O'rta Osiyo va Qozog'iston Respublikalari yengil atletikachilari bilan uchra-shuvlar o'tkaza boshladilar. Ana shunday birinchi musobaqa 1934-yilning 5—12- sentabrida bo'lib o'tdi. Erkaklar musobaqasining 16 turidan o'ntasida o'zbek sportchilari g'alabani qo'lga kiritdilar. E.Putsillo — 100, 200 va 400 metrga yugurish bo'yicha, V. Sex-mestrenko — 3000 va 1500 metrga yugurish bo'yicha, V. Bezrukov, 500 va 10000 metrga yugurish bo'yicha, Y. Dunayev — to'siqlarosha 100 metrga yugurish bo'yicha, E. Ryabushev balandlikka sakrash bo'yicha, N. Bespokoynov uch hatlab sakrash bo'yicha zafar quchdilar. Ayollar dasturi bo'yicha yetti tur o'tkazilib, ularning barchasida o'zbek sportchilari g'alabani qo'lga kiritadilar: L. Shaternikova — 100 metrga yugurish va balandlikka sakrash bo'yicha, M. Toporova — yadro irg'itish va nayza otish; T. Kuznetsova — lappak otish, T. Basharina — uzunlikka sakrash va 800 metrga yugurish. O'zbek sportchilarining musobaqalarda birinchi o'rinlarni egallashlarida o'sha davr sportining yetuk mutaxassislari murabbiylar N. Ovsyannikov, P. Kravchenko, P. Klyauzu, G. Kotsarev, V. Skavinskiylarning xizmatlari juda katta bo'lgan. 1936 yilning sentabrida IV Umumo'zbek spartakiadasi o'tkazildi. Spartakiadada yengil atletikachilar o'rtasida bo'lib o'tgan musobaqalarda L. Shaternikova, VSexmestrenko, M. Toporova, T.Beselnova, L.Olixova, A.Kotsarevlar o'z turlari bo'yicha O'zbekiston rekordini, shuningdek yengil atletikachilar 32 rekord o'rnatdilar. 1937 yilda Toshkent, Samarqand, Farg'ona, Buxoro va Respublikaning boshqa shaharlarida yengil atletika bo'limlari tashkil etilib, birinchi sport maktablari ochildi. Bu xayrli ish tezda o'z mevasini beradi. 1938- yili yengil atletika bo'yicha sobiq Ittifoq birinchiligida o'zbekistonlik yosh yengil atletikachilar jamoasi ikkinchi o'rinni egallashdi.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |