Yengil atletika turlari bo`yicha tushuncha. Past start texnikasi, qisqa masofaga yugirish texnikasi Reja: Kirish
Download 0.58 Mb.
|
Yengil atletika turlari
Uloqtirish – maxsus snaryadlarni o`zoqlikka itqitish va uloqtirish mashqlaridir. Bularning natijalari metr va santimetr bilan aniqlanadi. Uloqtirish asab-musqo`l kuchlanishi qisqa vaqtda maksimal bulishi bilan harakterlidir. Bunda qo`l, elka kamari va tana musqo`llarigina emas, balki oyoq musqo`llari ham faol qatnashadi.Yengil atletika snaryadlarini o`zoqqa uloqtirish uchun, kuch, tezlik, chaqqonlik, yuqori darajada rivoj topgan bulishi va o`z kuchini yig`a bilmoq zarur. Uloqtirish bilan shug`ullanish bu muhim fazilatlarni taraqqiy ettiribgina qolmasdan, butun tana musqo`llarining garmonik rivojlanishiga ham yordam beradi.
Yengil atletik uloqtirishlar ijro usulida qarab uch turga bo`linadi: 1) bosh ortidan boshlab uloqtirish (nayza va granata): 2) aylanib uloqtirish (disk, bosqon): 3) itqitish (yadro). Uloqtirish usullarining farqi syanaryadlarning shakli va og`irligiga bogliqdir. Yengil, ushlash ung`ay bulgan snaryadlarni to`g`ridan yugurib kelib, bosh ortidan boshlab o`zoqqa uloqtirish mumkin , og`irroq snaryadlarni aylanib uloqtirish ungayroq: maxsus tutqichi bulmagan , og`ir snaryad yadroni esa itqitish ungayroq. Kupkurash- yugurish, sakrash va uloqtirishning har xil turlari o`z ichiga oladi. Kup kurash tarkibidagi turlar miqdoriga qarab nomlanadi: uchkurash, to`rtkurash, beshkurash, oltikurash, sakkizkurash, un kurash Kupkurash asosiy turlari: erkaklar uchun – unkurash va ayollar uchun- beshkurash va o`spirinlar uchun – oltikurash va sakkizkurash. Musobaqani yengillatish uchun, yengil atletikaning bunday og`ir turlaridan musobaqalar ikki kunda o`tkaziladi. Kupkurash shug`ullanuvchilar oldiga juda yuqori talablar qo`yadi .Ular texnik jihatdan yuqori mahoratli bulishlaridan tashqari , sprinterlardek tezkor, uloqtiruvchilardek kuchli, sakrochilardek sakrovchan va chaqqon , govosharlardek dadil, o`rtacha masofaga yug`uruvchilardek chidamli bulishlari kerak. Kupkurash dasturini to`la bajarish esa, umuman a`lo darajada chidamli bulishni yuqori darajada rivojlangan irodaviy fazilatlarni talab qiladi Kupkurash bilan shug`ullanish - yengil atletika bilan endigina shug`ullana boshlovchilar uchun ham har tomonlama jismoniy rivoj topishning eng yaxshi yo`lidir. «Alpomish va Barchinoy» kopmpleksli normalaridan keyingina yengil atletik kupkurashning mahsus mashg`ulotlariga o`tadi. Kup kurash bilan shug`ullanish sportchilar organizmiga har tamonlama ta`sir ko`rsatish bilan, yengil atletikaning alohida turidan mahsus trenirovka qilish uchun ham yaxshi zamin yaratib beradi. Kupkurash natijasi sportchining kupkurash tarkibidagi har bir turda kursatgan natijasi uchun olgan ochkolar yig`indisi bilan belgilanadi. Buning uchun maxsus ochkolar jadvalidan foydaniladi. Snaryadning uchib chiqishi va uchishi. Snaryadning uchib chiqish nuqtasining balandligi va uning uloqtiruvchiga nisbatan qaysi joyda bulishi turli xil uloqtirishda turlichadir. Chunonchi, yadro, nayza va granataning uchib chiqishi qo`lning eng yuqori kutarilgan nuqasiga to`g`ri kelishi bilan birga, yadro itqitishga qo`lning tula to`g`rilanishiga ham to`g`ri keladi. Aylanib uloqtirishda (disk, bosqon) snaryadni elka buginiga yakin balandlikdan , ya`ni qo`l (yoki qo`llar) gorizontal holatga yaqinlashayotganda chiqarib yurish foydaliroq. Snaryadni oldinroq yoki kuch chiqarib yuborish, uning uchish yo`nalishini o`zgartiradi va odatda snaryad borib tushadigan masofani kamaytiradi. Ohirgi kuch berishda uloqtiruvchi kuchning snaryadga ta`siri, snaryadning uzoq uchishini ta`minlashi kerak. Buning uchun uloqtiruvchidagi kuchlar teng ta`sir etuvchisining yo`nalishi snaryadning uchib ketish burchagiga mos kelishi mumkin. Sport snaryadining uchib chiqish ketishi, yerga tushish nuqtasidan 170-200 sm va undan ham ziyotroq va undan yuqori buladi. Yengil atletikaning kupchilik turlari (yugurish, o`zunlikka, balandlikka sakrash, granata uloqtirish va boshqalar shunchalik tabiiyki, ularni xatto endi boshlayotgan sportchilar ham qiynalmay bajara oladilar. Yengil atletikaning har qanday turida bu mashqlarni bajarish uchun maxsus ishlab chiqilgan texnikasi bor sportchilargina muvaffaqiyatga erisha oladi.Takomillashgan texnika deganda, eng yaxshi natijalarga erishishga imkon beradigan sport mashqlarini bajarishning eng ratsional va eng samarali usullari tushuniladi. Sport texnikasi harakatlar shakligina emas. Yengil atletika mashqi qanday usulda bajarilmasin, u har doim sportchining ongiga , uning irodaviy va jismoniy fazilatlariga ma`lum malakalarga , organ va sistemalarining funksional tayyorgarlik darajasiga, tashqi muxitning ma`lum sharoitidagi harakat faoliyatiga bog`liqdir. Har bir yengil atletik mashqning o`z shakli va mazmuni bor. Mashq shakli- harakatlarning, yo`nalishlarning, amplitudalarning, ayrim zvenolar tezligining,sur`atining, ritmining va yaxlit faoliyatidagi bir vaqtda va ketma-ket ijro etiladigan harakatlar muayyan mosligining kinematik to`zilishidir. Yugurish, sakrash va uloqtirish texnikasi biomexanika nuqtai nazaridan ratsional bulishi kerak. Harakat yoki ishni erkin , yengil ortiqcha qiynalmay bajaradigan bulishi juda muxim. Xatto maksimal kuchlanish kerak xatto maksimal kuchlanish kerak Sportchining nafas olishi – sport texnikasining uzviy qismidir. Nafas tezligi va chuqurligi , nafas olish va chiqarish fazalarining davom etish vaqti va pauzalar harakat yo`nalishi, amplitudasi va ritmi bilan, sportchiga qanchalik zur kelayotgani bilan shartli-reflektor bog`liqdir. Sport mashqlari texnikasini ma`lum sharoitlarda yaxlit ishni bajarish usuli, deb bilmoq kerak. Shuning uchun ham yengil atletikachi harakatlarni boshqarish to`g`risidagina emas, balki konkret sharoitda uning hamma psixik va jismoniy faoliyatini boshqarish xakida ham gapirsa buladi. Sport texnikasini o`rgatish va uni analiz qilishni yengillashtirish uchun yaxlit harakatlarni –yugurish, sakrash, uloqtirish - qismlarga, fazalarga, momentlarga bulish mumkin. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling