Yengil atletika turlari bo`yicha tushuncha. Past start texnikasi, qisqa masofaga yugirish texnikasi Reja: Kirish


Download 0.58 Mb.
bet1/6
Sana15.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1482635
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yengil atletika turlari




Yengil atletika turlari bo`yicha tushuncha.Past start texnikasi , qisqa masofaga yugirish texnikasi


Reja:


Kirish

  1. Yengil atletika sport turi sifatida

  2. Yengil atletikada mashqlarining guruhlarga bo’linishi xarakteristikasi

  3. Yengil atletikada mashqlarining umumiy harakteristikasi

  4. Yugirish texnikasi asoslari

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan afabiyotlar



Kirish
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida” 2002-yil 24-oktyabrdagi PF-3154 sonli farmonida “Bolalarni jismoniy va ma’naviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport ko’nikmalarini singdirish, sport sohasida iqtidorli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari va markazlaridagi mashg’ulotlarga tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni tatbiq qilishga ko'maklashish" lozimligi alohida ta’kidlangan.


Yengil atletika mashqlarining xilma-xilligi yurish, yugurish, sakrash va uloqtirishda kuch va tezkorlik mashqlarda mushakdagi kuchni o’zgarib turishi har xil yoshdagi va jinsdagi bolalar va kattalarda yengil atletika mashg’ulotlarida qatnashish imkonini yaratadi. Bu mashqlarning ko’pchiligini texnik jihatdan bajarish qiyin emas, o’rgatish uchun oson, ularni oddiy maydonchalar va ochiq joylarda bajarish mumkin. Yengil atletika mashg’ulotlari maktabda jismoniy tarbiya darslarida, maktab sport to’garagida o’tkaziladi.
Yengil atletika bilan shug’ullanuvchilarning tayyorgarlik darajasini baholash, bu sport turi bilan shug’ullanishni rag’batlantirish va musoboqalarni yaxshiroq tashkil etish uchun, razryadlarga bo’lish qabul qilingan. Yengil atletika sporti ommaviy rivojlanayotgani, undagi natijalar doimiy oshib borayotgani sababli razryad mezonlari har to’rt yilda o’zgartirilib turadi.
Yengil atletika mashqlari bilan muntazam shug’ullanuvchilarda yurak-qon tomir va nafas olish tizimi mustahkamlanadi, mushaklarning gormonik rivojlanishi ta’minlanadi, bo’g’inlardagi harakatchanlik yaxshilanadi va asab-mushak koordinatsiyasi takomillashadi.
Bolalar, o’smirlar va o’spirinlar bilan o’tkaziladigan yengil atletika mashg’ulotlarining mazmuni ularning yosh xususiyatlariga bog’liq bo’lib, mashg’ulotlarni rejalashtirish va o’tkazish vaqtida buni e’tiborga olish zarur. Ma’lumki kishi organizmining o’sishi, shakllanishi va rivojlanishi o’rta hisobda 25 yoshgacha davom etadi. Organizmning shakllanishi bilan birga bolaning suyak tizimi ham rivojlanadi. To’qimalardagi zich g’ovak moddalar tuzilishi o’zgaradi, suyaklar bo’yiga va eniga o’sadi.
Turli xil mashqlar ichida yengil atletika mashqlari insonni har tomonlama jismoniy rivojlantirishda asosiy o’rinni egallaydi. Xususan, turli xil yugurish, sakrash, uloqtirishlar har bir jismoniy tarbiya darsining tarkibiy qismiga kiritilgan. Yengil atletika mashqlaridan maktabda sport to’garaklari mashg’ulotlarida, shuningdek yozgi dam olish oromgohlarida ham keng qo’llaniladi. Yengil atletika turlaridan “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test sinovlari majmuasiga ko’pgina mashqlar kiritilgan.
Yengil atletika mashqlarini aniq tasnifga tushurish uchun uni besh bo’limga bo’lib (yurish, yugurish, sakrasah, uloqtirish, ko’pkurash) tavsiflash maqsadga muvofiqdir. Ular o’z navbatida turlarga, turning xillariga hamda variantlar va masofalarga ajratiladi. Hozirgi vaqtda yengil atletikaning erkaklar uchun 24 turi, ayollar uchun 23 turi Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan.
Yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish kabi yengil atletika mashg’ulotlarida qo’llaniladigan turli maxsus mashqlar bolalar uchun qulaydir. Maktab o’quvchilarining yengil atletika mashqlarini bajarishi ularning harakat imkoniyatlarini kengaytirib, boshqara olish qobiliyatlarini yaxshilabgina qolmay, sportda texnik mahoratga erishish uchun ham zamin yaratadi.
Y engil atletika to’garagining asosiy vazifasi o’quvchilarni sog’lomlashtirish, ma’nan barkamol yetuk shaxsni tarbiyalashga qaratilgan bo’lishi kerak. Maktabda yengil atletika sportining yurish, yugurish, uloqtirish va sakrash turlariga qiziqishlari va iqtidorini inobatga olgan holda o’quvchilarni jalb qilish zarur.
Engil atletika mashqlarining kelib chiqishi tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. Odamlar yugurish, sakrash va uloqtirishni tabiiy zarur harakat sifatida qadim zamonlardan beri mehnatda va kundalik hayotda qo’llab kelganlari ma’lum. Ammo ularning jismoniy tarbiya vositasi sifatida va sportning bir turi sifatida rasm bo’lganiga qadar kup ming yillar o’tdi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida engil atletika mashqlari odamlarning mehnat faoliyati bilan chambarchas bog’liq bo’lgan. Ular insoniyat quldorlik jamiyatiga o’ta boshlashiga yaqin jismoniy tarbiyada ma’lum darajada mustaqil bo’la boshladi. Engil atletika jismoniy mashqlarning boshqa turlari qatori ular quldorlikning harbiy jismoniy tayyorgarligida katta o’rin egalladi va qabilalar hamda umum yunon diniy bayramlarining muhim qismini tashkil etadigan bo’ldi. Bunday tantanalarning eng ahamiyatlisi Olimipiya o’yinlari hisoblanadi.
Ko’p manbaalarda ayniqsa, xalq turmushida tez yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash va tosh uloqtirishdan iborat uch kurash mavjud bo’lgan.
Feodalizm davrida hamma vaqt xalq jismoniy mashqlari an’anaviy o’yin-kulgular xarakterida bo’lib, faqat bayram kunlari o’tkazilar edi. Burjua jamiyatida yugurish, sakrash va uloqtirish dastlab jismoniy tarbiya gimnastika tizimiga kiritilar, kundalik hayotda qo’llanar edi. Lekin, bu engil atletika sporti tashkil topishiga muhim ta’sir ko’rsata olmaydi. Chunki gimnastika sistemasida bu mashqning ahamiyati asosiy bo’lmay ikkinchi darajali edi.
Yugurish, sakrash va uloqtirish mustaqil jismoniy mashq sifatida va engil atletika sportining muhim elementlari sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan tashkil topa boshladi. Bunga yoshlar orasida bunday mashqlarga qiziqish ustunligi burjuaziya ham o’z hukmronligini kuchaytirish vositasi sifatida jismoniy tarbiyaga qiziqa boshlagani sabab bo’ldi.
Burjuaziya kapitalistik korxonalar uchun jismoniy baquvvat ishchilarga va bosqinchilik armiyasi uchun soldatlarga muhtoj edi. Shuning uchun an’anaviy xalq o’yin kulgularidan olingan atletik mashqlarga e’tibor beera boshladi. Bular orasida takomillashish jarayonida sportcha yugurish, sakrash va uloqtirish tusini olib, engil atletika sporti tarkibiga kiradigan yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlari ham bor edi.
2. Engil atletika qadimgi Gretsiyada va Olimpiya o’yinlarida.
qadim zamonda Olimpiya shahrida chaqqonlik va kuchlilik uchun musobaqalar o’tkazib turilar edi. Olimpiya o’yinlari miloddan avvalgi 776 yili o’tkazilgan. Bu musobaqalar bayram sifatida o’tkazilgan. Har 1417 kunda bu qaytarilgan. U Olimpiada yili deb hisoblangan. Olimpiya bo’ladigan oyda hamma oilaviy janjallar to’xtatilgan, urush ham to’xtagan, haqiqiy bayram bo’lgan. Gretsiya davlatida bu o’yinda eng kuchli, chaqqon, tezkor kishilarni olqishlaganlar. Bu olimpiya o’yinlarida greklar qatnashgandar xolos, arablarga ruxsat etilmagan. Bu musobaqaga sistemali ravishda 10-11 oy tayyorgarlik ko’rishgan. Ayollar Olimpiya o’yinlariga qatnashmaganlar, qatnashganlarga o’lim jazosi berilgan. Eramizdan avvalgi 5 asrda Gretsiyada forslar ustidan g’alaba qilingandan keyin Olimpiya shahriga xram (haykal) o’rnatilib, keyinchalik o’shaning oldida sportchilar qasamyod qilganlar. Birinchi marta atletlar musobaqalashganlar xolos. Yaqin yarim asr Olimpiya o’yinlarida, bayramlarda o’sha distantsiya bo’ldi. Eramizdan avaligi 724 yildagi 14-Olimpiya o’yinlaridan boshlab, 2 stadiya yugurishdan musobaqa o’tkazila boshlandi.
15-Olimpiya o’yinlaridan boshlab yangi engil atletika turlari bo’yicha o’tkazila boshlandi, 24 stadia.
18-Olimpiya o’yinlaridan boshlab, beshkurash (pentatlan) bo’yicha o’tkazila boshlandi, eramizdan avvalgi 708 yil.
Turgan holatda 3 marta (somernikni) erga tashlash kerak edi. Uzunlikka kopyo, disk va kurash bo’yicha musobaqalashishar edilar. Uzunlikka sakrovchini ikki qo’lida gantelasi bo’lishi kerak edi. Disk, kopyo balandroq joydan pastga qarab uloqtirilar edi. Ko’p yillar mobaynida Olimpiya o’yinlari bir kunda o’tkazilar edi.
77-Olimpiya o’yinlaridan keyin (eramizdan avvalgi 472 yilda) 3 kunda o’tkaziladigan bo’ldi. Eramizdan avvalgi 444 yili 84-Olimpiya o’yinlarida tarixchi Geredot, filosof Suqrot, yozuvchi Luqmon va matematik Pifagorlar qatnashdilar. Ular zo’r atletlar edilar. 1168 yil davomida har to’rt yilda bir marta Olimpiyada o’yinlari o’tkazilib turiladi.
Eramizdan avvalgi 394 yilda Rim imperatori Feodosiy Olimpiya o’yinlarini to’xtatib qo’ydi. 522-551 yillarda bo’lgan qattiq er qimirlashi Olimpiya stadioniga qattiq shikast etkazib, u er ostida qolib ketdi. XIX asr oxiriga kelib arxeloglar uni kovlab topdilar.Yengil atletika yurish yugurish sakrash uloqtirish va kupkurash mashqlaridan iborat yengil atletika mashqlarining kelib chiqish tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi odamlar yurish yugurish sakrash uloqtirish mashqlaridan zarur harakat sifatida qadim zamonlardan beri mexnatda va kundalik xayotda qo`llanib kelgan. Ibtidoiy jamoa tizimida yengil atletika mashqlari odamlarning mexnat faoliyati bilan chambarchas bog`liq edi.
Yugurish sakrash va uloqtirish qadimiy Gresiyada anchagina rivoj topdi. Jismoniy mashqlarning boshqa turlari qatori ular qo`ldorlarning harbiy-jismoniy tayyorarligida katta o`rin egalladi va qabilalar hamda umumgrek diniy bayramlarning muhim qismini tashkil etadigan bo`ldi Bunday tantanalarning eng ahamiyatlisi Olimpiya o`yinlari hisoblanadi
Feodal jamiyatida ayniqsa ilk o`rta asrlar davrida jismoniy mashqlar xalq ommasiga rasm bulgan edi Burjua jamiyatida yugurish sakrash va uloqtirish dastlab jismoniy tarbiya gimnastika sestemasiga kiritdilar.
Burjuaziya kapitalistik korxonalar uchun jismoniy baquvat ishchilarga va bosqinchilik armiyasi uchun soldatlarga muxtoj edi.Burjuaziya an`anaviy xalq o`yin qoidalaridan olingan atletik mashqlarga e`tibor bera boshladi. Bular orasida takomillashish jarayonida sportcha yurish sakrash va uloqtirish tusini olib yengil atletika tarkibiga kiradigan sakrash va uloqtirish mashqlari ham bor edi
Hozirgi zamon yengil atletikasi Angliyada boshqa mamlakatlarga nisbatan oldinroq paydo bo`lla boshladi. 1837 yili bu erda 2 km ga yaqin masofaga yugurishdan Regbi shaxri kolledji o`quvchilarining dastlabki musobaqalari buldi. Keyinchalik musobaqa programmasiga qisqa masofaga yugurish tusiqlar osha yugurish va og`ir narsalarni uloqtirishni qusha boshladilar 1851 yildan boshlab musobaqalar programmasiga yugurib kelib balandlikga va o`zunlikga sakrash kiritildi .
Yurish- insonning joydan-joyga kuchishidagi oddiy usul bulib turli yoshdagi kishilar uchun ajoyib jismoniy mashq hisoblanadi O`zoq va tekis yurganda badandagi barcha musqo`llar ishlaydi organizmdagi yurak qon tomirlar nafas olish va sestemalar faoliyati kuchayadi natijada modda almashinishi ortadi. Jismoniy mashq sifatida odatdagi yurishning avalo sog`lamlashtirishga ahamiyati bor. Oddiy yurishdan tashqari yurishning boshqacha xillari ham buladi
Paxodda yurish safda yurish va sportcha yurish. Musobaqalarda yurishning texnika jihatidan eng kiyin lekin eng foydali hili sportcha yurish qo`llaniladi
Uning tezligi oddiy yurishga nisbatan ikki marta ortiq yurish musobaqalari stadion yulkalarida va oddiy yo`llarda 3 km dan 50 km gacha masofada o`tkaziladi
Yurish musobaqasida qatnashuvchilar qoidasi belgilangan yurish texnikasi hususiyatlariga rioya qilishlari kerak. Bularning eng asosiysi bir lahza bulsa ham ikkala oyoq bir vaqtda erdan o`zilib qolishiga yo`l quymaslikdan iborat. Oyoqlardan birontasi erga tegmay turgan fursat sodir bulgudek bulsa, sportchi yurishdan yugurishga utgan hisoblanadi. Bu qoidani bo`zgan sportchi mahsus sud`yalar musobaqadan chetlatadilar.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling