Biznesni tadqiq etish usullari Bajardi: Boymaqov Adham

Download 58.34 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi58.34 Kb.
#1304167
Bog'liq
1 -topshiriq

Biznesni tadqiq etish usullari

Bajardi: Boymaqov Adham

Ishlab chiqarishni tashkil etish — mehnat jarayonida ishlab chiqarish resurslari va mehnat qurollaridan oqilona foydalanib, belgilangan vazifani bajarish va yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. Ishlab chiqarish tashkil etish eng maʼqul usullarni, zarur asbob-uskunalarni tanlash, turli ishlab chiqarish sohalarining mutanosib va uzluksiz ishlashini taʼminlash, ishlab chikarish grafiginit bu-zilishiga yoʻl qoʻymaslik, korxona va sexlarda ishlab chiqarish estetikasi, sanitariyasi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratish va b. da namoyon boʻladi. Ishlab chiqarish tashkil etish dan maqsad korxona uchun ajratilgan moddiy, moliyaviy va mehnat imkoniyatlaridan mumkin qadar yaxshiroq foydalanish, eng yuqori moliyaviy natijalarga erishishdir.

Ishlab chiqarishni tashkil etishga ta’sir etuvchi omillar

  • Iqtisodiy omillar
  • Siyosiy omillar
  • Bozor omillari
  • Texnologik omillar
  • Xalqaro omillar
  • Raqobat omillari
  • Ijtimoiy omillar

Iqtisodiy omillar.

  • Bularga inflyatsiya (narx-navoning oshib borishi natijasida pulning qadrsizlanishi), deflyatsiya ( narx-navo tushishi natijasida pul qadrining ortishi), ishsizlik darajasi (mamlakatdagi jami ishsiz aholining foiz ko’rinishida ko`rsatkichi hisoblanadi),soliq stavkasi (soliq summasining soliq solish obyekti summasiga nisbatining foiz ko`rsatkichidir). Bu omillar o’zgarishi ishlab chiqarishni tashkil etishga sezilarli ta’sir ko`rsatadi. Birgina soliq stavkasining oshishi yoki pasayishi korxona xarajatlarining ortishiga yoki kamayishiga sabab bo`ladi

Siyosiy omillar

  • Bu omillarga mamlakatdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun yaratilgan imkoniyatlarni kiritishimiz mumkin. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishning qonun bilan mustahkamlanganligi, kredit olishda imtiyozlarning mavjudligi, eksport uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga boj to`lovlarida, soliq sohasida imtiyozlar berilishi kabilar siyosiy omillarning asosiylaridir.

Bozor omillari

  • Bu omillar qatoriga mahsulotga bo’lgan talab va taklif miqdorini, narxi va bundan tashqari bozor segmentlarining turlichaligini kiritishimiz mumkin. Bu omillar tez o`zgaruvchan bo`lganligi uchun ishlab chiqaruvchilar bu omillarning o`zgarishini doimo nazorat qilib borishi kerak bo`ladi.

Texnologik omillar

  • Ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarning kirib kelishi mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini va vaqtini tejaydi. Shuning uchun ishlab chiqarishni samarali tashkil etishning muhim omillaridan biri ishlab chiqarishga fan-texnika yutuqlarini qo`llash hisoblanadi.

Xalqaro omillar

  • Jahon iqtisodiyotining globallashuvi natijasida bir mamlakatda bo’lgan iqtisodiy o`zgarishlar boshqa mamlakat iqtisodiyotiga ham ta’sir ko`rsatmoqda. Birgina valyuta kursining oshishi Rejalashtirilmagan xarajatlar paydo bo`lishiga va buning natijasida ishlab chiqarish jarayonini qaytadan tashkil qilishga sabab bo`lishi mumkin.

Ijtimoiy omillar

  • Bu omillar qatoriga korxonada ishchi xodimlarning o`zaro munosabatlari, dam olish va ish vaqti o`rtasidagi mutanosibliklarni kiritishimiz mumkin. Ijtimoiy muhit yomon bo’lsa bu korxonada turli nizoli vaziyatlar kelib chiqishiga, ishlab chiqqarish jarayonining to`xtab qolishiga sabab bo`lishi mumkin.

Download 58.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling