Yengil atletika turlarining nazariy asoslari
Download 1.12 Mb.
|
ЕНГИЛ АТЛЕТИКА (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm. Yugurish vaqtida tayanchli (T-li) va tayanchsiz (T-siz) davrlarning davomiyligi
Yugurish texnikasi
Yugurish yengil atletikaning boshqa turlari kabi yaxlit mashq hisoblanadi, lekin harakatlarni tahlil qilishda qulay bo‘lishi uchun harakatlarni alohida davrlarga, fazalarga, pallalarga bo‘lish qabul qilingan. Yugurish siklik mashq bo‘lganligi tufayli tuzilmali birlik sifatida ikki qadamdan iborat (o‘ng va chap oyoqdan qadam tashlash) bitta sikl qabul qilinadi. Yugurishda harakatlar sikli (qo‘shaloq qadam) va ikkinchi oyoqda bittalik tayanchning ikkita davridan va ikkita uchish davridan iborat. Har bir oyoqning harakatlari yurishdagidek xuddi o‘sha fazalarga ega. Tayanch vaqtida old va orqa tayanch fazalari, oyoqlarni o‘tkazish vaqtida orqa hamda oldingi oyoq fazalari farqlanadi. Ular oyoqni yerga qo‘yish va yerdan uzish pallalariga, vertikal pallaga bo‘linadi. Tayanch vaqtida amortizatsiya va depsinish fazalari ajratiladi, ular oyoqning tizza bo‘g‘imidan ko‘p bukilish pallasiga bo‘linadi, oyoqni o‘tkazish davrida - tezlashgan va sekinlashgan o‘tkazish fazalari hamda oyoqni tayanchga tushirish holati farqlanadi. Bu fazalar mos ravishda tormozlanishning boshlanishi pallasiga bo‘linadi. Bu fazalarning chegaralari doimiy emas va vertikal pallasi kelganda kamaymaydi. Yugurish vaqtida qo‘llarning harakatlari bilan (chalishtirma kombinatsiya) yelka kamari va tosning qarshi harakatlari qadamning uzayishiga yordam beradi hamda mushaklar ishini kuchaytiradi. Tayanch davrida silkinch oyoq tomondan tosning tushirilishi depsinishning amortizatsiyasini yaxshilaydi va mushaklarning yaxshi bo‘shashganidan dalolat beradi (4-rasm). Yugurish vaqtida tanani tik (vertikal) holatda ushlash yoki bir oz oldinga egish zarur. Tananing vertikal holati boldir kaft bo‘limlarining old va orqa mushaklari ishi (tayanch oyoqda depsinish va silkinch oyoqni oldingi uzatish) uchun qulay sharoitlar yaratadi. 4-rasm. Yugurish vaqtida tayanchli (T-li) va tayanchsiz (T-siz) davrlarning davomiyligi Tanani oldinga egish depsinishni yengillashtiradi, lekin shu bilan birga oyoqni oldinga chiqarishni qiyinlashtiradi (tezlik oshishi bilan tananing oldinga egilishi ortishi mumkin). Tananing orqaga egishi oyoqni olingi chiqarishga yordam beradi, biroq depsinish burchagini oshiradi (yugurishda 45-55° atrofida bo‘ladi). Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling