Yengil atletika turlarining nazariy asoslari


Sportcha yurish texnikasini o‘rgatish uslubiyati


Download 1.12 Mb.
bet6/26
Sana18.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1565894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ЕНГИЛ АТЛЕТИКА (2)

Sportcha yurish texnikasini o‘rgatish uslubiyati
Sportcha yurish texnikasini kattalar hamda o‘smirlar ham o‘rganaverishlari mumkin. O‘rgatishning asosiy vazifasi sportcha to‘g‘ri yurish texnikasini o‘rgatish, turli xil siljish tezligida ortiqcha kuch sarflamay, bemalol yurishni o‘rgatishdir. Bundan tashqari, har qaysi shug‘ullanuvchi uchun optimal tezlikni (yurish sur’ati va qadam uzunligini) aniqlab olish kerak. Bu vazifani hal etish uchun, quyida o‘rgatishning uslubiy ketma-ketligi ko‘rsatilib, xususiy vazifalar, vositalar va uslubiy ko‘rsatmalar keltirilgan.
1-vazifa: Sportcha yurish texnikasi bilan tanishtirish.
Vositalari: 1. Sportcha yurish texnikasining xususiyatlarini tushuntirish.
2. Sportcha yurishni ko‘rsatish (trener tomonidan ko‘rsatish, kinogramma, kinokolsovkalarni ko‘rib chiqish).
3. Sportcha yurish texnikasini bajarishga urinib ko‘rish.
Uslubiy ko‘rsatmalar: Trener yoki tez yuruvchi sportcha yurish texnikasini tushuntirgandan keyin, bir necha marta yurishni namoyish qiladi. Yurish odatdagi musobaqa tezligida va sekinroq ijro etiladi. Yurishning texnikasini bajarishga urinib, shug‘ullanuvchilar 50-60 metr masofani ikki-uch marta bosib o‘tadilar, trener esa ular diqqatini asosiy xatolarga (yakka tayanch fazasida va vertikal paytda oyoqlar bukilganligiga, gavdaning oldinga yoki orqaga engashganligiga, barcha harakatlar umuman tangroq ekaniga va h.k.) jalb qiladi.
Yengil atletika turlarini tanlash

T/r

Yugurish

Sakrash

Uloqtirish

1.

Uzoq masofalarga yugurish

Yugurib kelib uzunlikka sakrash

Yadro itqitish

2.

O‘rta masofalarga yugurish

Yugurib kelib balandlikka sakrash

Lappak uloqtirish

3

Qisqa masofalarga yugurish

Yugurib kelib uch hatlab sakrash

Granata uloqtirish

4.

Qisqa masofalarga va estafetali yugurishlar

Langarcho‘p bilan sakrash

Nayza uloqtirish

5.

G‘ovlar osha yugurish




Bosqon uloqtirish

6.

3000 m.ga to‘siqlar osha yugurish










Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling