Yengil atletika turlarining nazariy asoslari


Download 1.12 Mb.
bet4/26
Sana18.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1565894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ЕНГИЛ АТЛЕТИКА (2)

Yengil atletikada yugurishning tekis joyda, to‘siqlar osha, estafetali va tabiiy joy sharoitida (kross) yugurish turlari bo‘ladi. Yengil atletikani asosiy turlaridan biri qisqa masofalarga yugurish (sprint) 60 m, 100 m,
200 m, 400 m, 4×100 m, 4×200 m, 4×400 m va 4×400 m aralash (2020 y - Tokio Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritildi) estafetali yugurishlar kiradi.
Shu bilan birga 60 m, 100 m, 110 m, 200 m va 400 m ga to‘siqlar osha yugurishlar ham qisqa masofaga yugurish - sprint bo‘limiga kiradi.
Sprint - qisqa masofaga yugurish past shaylanish (shaylanish) usuli bilan boshlanadi.
O‘rta masofa bo‘limiga 600 m, 800 m, 1000 m, 1500 m, 2000 m va 3000 metr masofaga yugurish, hamda turli masofalarga shved estafetali (1500×800×400×300×200×100 m), yugurish, 880 yard, bir milyard 1604 m 1500 m g‘/o, 2000 m g‘/o yugurishlar kiradi.
Uzoq va o‘ta uzoq masofalarga (stayer) 5000 m, 10 000 m, 15 000 m 20 000 m, 3000 m masofalarga g‘ovlar osha yugurish, bir soatlik yugurish, yarim marafon (21097,5 m), marafon (42 km, 195 m), ekidem (42,195 m) estafeta yugurish, 50 km, 100 km masofalarga, bir kun davomida, haftalik va bir oy davomida yugurishlar kiradi. O‘rta va uzoq masofalarga yugurish yuqori shaylanish (shaylanish) usuli bilan boshlanadi
Tabiiy sharoitda yugurish - kross bunda past-baland tabiiy (ko‘proq tabiatda) joylarda yugurishda turli toifadagi musobaqalar (tuman, shahar, xududiy, viloyat, respublika, Osiyo va jahon miqyosida) 500 m, 1000 m, 2000 m, 3000 m, 5000 m, 8000 m, 12000 m masofalarda o‘tkaziladi. Kross yuqori shaylanish (shaylanish) usuli bilan boshlanadi.
Sakrashlar - qarshiliklarni yechib o‘tishning tabiiy usuli bo‘lib, qisqa vaqt ichida asab-mushak kuchini maksimal zo‘riqtirish bilan ifodalanadi. Sakrash oyoq va badan mushaklarini kuchaytirish va sakrovchanlikni hosil qilish uchun eng zarur mashqlardan hisoblanib, faqat yengil atletlar uchun emas balki (sport o‘yinlarida) yengil atletikachilarga, voleybolchilarga, gandbol o‘yinchilariga va futbolchilar uchun ham zarur deb bilamiz.
Yengil atletikada sakrashlar ikki turga bo‘linadi:
vertikal sakrashlar yugurib kelib balandlikka, joyidan turib balandlikka sakrash, langarcho‘pga tayanib sakrash;
gorizontal sakrashlar yugurib kelib uzunlikka, joyidan turib uzunlikka, uch hatlab uzunlikka sakrash turlari mavjud.
Balandlikka sakrashda “oshib o‘tish”, ”qaychisimon” o‘tish va “fosberi flop” usullari qo‘llaniladi (Amerikalik sportchi Richerd Fosberi 1968-yili Mexikoda Olimpiada o‘yinlarida shu usulda sakrab g‘alaba qozongan).
Uzunlikka sakrash joyidan turib sakrash, yugurib kelib uzunlikka sakrash (“oyoqlarni bukkan”, ”qaychisimon” va “egilib” uslublari) va uch hatlab sakrash usullari mavjud.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling