Yengil atletika turlarining nazariy asoslari


Download 1.12 Mb.
bet5/26
Sana18.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1565894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ЕНГИЛ АТЛЕТИКА (2)

Uloqtirish - maxsus uloqtirish asbob uskunalarni uzoqlikka itqitish va uloqtirish mashqlari. Uloqtirish asab-mushak kuchlanishi qisqa vaqtda maksimal bilan ifodalanadi. Bunda qo‘l, yelka kamari va badan mushaklarigina emas, balki oyoq mushaklari ham faol ishtirok etadi. Asbob uskunalarni uzoqqa uloqtirish uchun, kuch, tezlik, chaqqonlik yuqori darajada rivojlangan bo‘lishi kerak. Uloqtirish bilan shug‘ullangan odamlar bu muhim fazilatlarni o‘ziga mujasimlashtiradi.
Uloqtirishlarni bajarish usuliga qarab uch turga bo‘linadi:
1) bosh ortidan boshlab uloqtirish (nayza va granata);
2) aylanib uloqtirish (lappak, bosqon);
3) itqitish - yadro.
Uloqtirish usullarining farqi snayadlarni shakli va og‘irligiga bog‘liq. Nayza, granata tennis koptoklarini to‘g‘ridan yugurib kelib, bosh orqasidan boshlab uzoqqa uloqtirish, og‘irroq asbob uskunalar (lappak, bosqon)ni sportchi o‘z o‘qi atrofida aylanib uloqtirishi qulay; maxsus ushlagichi bo‘lmagan yadro itqitiladi.
Granatani vazni maktab yoshidagilar uchun 500 gr, kattalar uchun
700 gr, nayza erkaklar uchun 800 gr, ayollar uchun 600 gr, lappak erkaklar uchun 2 kg, ayollar uchun 1,5 kg, bosqon erkaklar uchun 7,260 kg, o‘smirlar uchun 6 kg, ayollar uchun 4 kg, yadroni vazni erkaklar uchun 7,260 kg, o‘smirlar uchun 6 kg, ayollar uchun 4 kg, qizlar uchun 4 -3 kg bo‘ladi.
Ko‘pkurash yugurish, sakrash va uloqtirishni har xil turlarini o‘z ichiga mujassamlashtirgan bo‘ladi. Ko‘pkurash tarkibidagi turlar miqdoriga qarab nomlanadi (uch kurash, besh kurash, yetti kurash, o‘n kurash va h.z.) Ko‘pkurashni asosiy turlari: erkaklar uchun - o‘n kurash va ayollar uchun-yetti kurash, o‘smirlar va o‘spirinlar uchun olti va sakkiz kurash. Ayrim hollarda musobaqa nizomida, musobaqa sharoitiga qarab, ko‘pkurash turlari kamaytirib beriladi. Ko‘pkurash bilan shug‘ullanuvchilar oldiga juda yuqori talablar qo‘yiladi. Ular texnik jihatdan yuqori mahoratli, tezkor, uloqtiruvchilardek kuchli, sakrovchan va chaqqon, to‘siqlar osha yugurishda mahoratli, chidamkor bo‘lishlari shart. Ko‘pkurash dasturini to‘la bajarish sportchidan a’lo darajada chidamli bo‘lishni, yuqori darajada kamol topgan irodaviy fazilatlarni talab qiladi.
Ko‘pkurash bilan shug‘ullanish - yengil atletika bilan endigina shug‘ullana boshlagan sportchilar uchun organizmni har tomonlama jismoniy rivojlantirish va kamol toptirishning eng yaxshi yo‘lidir. Ko‘pkurash bilan shug‘ullanish sportchilar organizmiga har tomonlama ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga, yengil atletikaning alohida turlaridan mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun yaxshi zamin yaratadi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling