Yengil atletika turlarining nazariy asoslari


- qadamlarni uzunroq emas, balki tezroq bajarishga intilishi zarur; -


Download 1.12 Mb.
bet16/26
Sana18.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1565894
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
ЕНГИЛ АТЛЕТИКА (2)

- qadamlarni uzunroq emas, balki tezroq bajarishga intilishi zarur;
- sprinter marra chizig‘ining o‘zida bir oz uzunlikka ega bo‘lishi uchun yelkasini oldinga-pastga engashtiradi (bu atlet oxirgi qadamni marra chizig‘i orqasiga qo‘ygan taqdirda bajarilishi kerak).
So‘ngi yillarda sprinterda marrani kesib o‘tishning ikki xil modeli mavjud:
a) sprinter qo‘llarini orqaga uzatib boshini egadi, yelkalarini tez oldinga chiqaradi;
b) atlet qarama-qarshi qo‘llarini orqaga uzatib tanasini buradi, bu unga yelkasini tezroq burishga yordam beradi.
Masofani oxirigacha maksimal tezlikni saqlab bo‘lmaydi. Inson ish shiddatini 6 soniyagacha oshirishiga, keyin 1-3 soniya shu shiddatni saqlab turishga qodir, so‘ngra ish qobiliyati muqqarar pasayaib boradi. Marragacha taxminan 20-15 m qolganda tezlik odatda 3-8% ga qolmayadi. Marra chizig‘ini kesib o‘tish maqsadi shundan iboratki maksimal tezlikni masofa oxirigacha saqlab qolishga yoki unga tasir salbiy omillarning etishishning kamyatirilishiga harakat qilish kerak. Toliqish boshlanishi bilan depsinishda qatnashayotgan mushaklarning kuchi kamyadi, yugurish qadami uzunligi kamayadi, demak, tezlik tushib ketadi. Tezlikni saqlab turish uchun yugurish qadamlari suratini oshirish zarur, buni esa yuqorida aytib o‘tganimizdan, qo‘llar harakati xisobiga qilish mumkun. Masofada yuurish atlet marra ustuniga, yani marra chizig‘i ustidan o‘tadigan tasavvuridagi vertikal tekkislikka tegishi bilan yakunlanadi.
Unga tezroq tegish uchun yuguruvchilar oxirgi qadamda tanani keskin pastga engashtiradilar va bir vaqtning o‘zida qullarini orqaga uzatadilar. Bu usul “Ko‘krak bilan tashlanish” deb ataladi.
Marra chizig‘ini kesib o‘tish va marraga tashlanish
Boshqacha usul ham qo‘llaniladi: yuguruvchi, oldinga engashib, bir vaqtning o‘zida marradagi tasmaga o‘ng yelkasi bilan tegish uchun yontomoni bilan buriladi. Bu ikkala usul deyarli bir xil.
Ular yugurish tezligini oshirmaydi, balki yuguruvchining tasmaga tegishini tezlashtiradi. Bu bir nechta yuguruvchi birgalikda marra chizig‘ini kesib o‘tgan paytda juda muxim. Faqat shunday harakat bilangina g‘alaba qozonish mumkin. Fotofinish yuqori texnika bilan marra chizig‘ini kesib o‘tgan yuguruvchini aniqlab beradi. marrani kesib o‘tish texnikasini xali o‘zlashtirmagan yuguruvchilarga, tasmaga tashlanish to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, marra chizig‘ini to‘liq tezlikda chopib o‘tish tavsiya qilinadi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling