12-rasm. Yugurib kelib uzunlikka sakrashda yerga tushish.
• - aylanish bilan oldindan yerga tushish; o - to‘g‘ri yerga tushish
Oyoq kafti yer sathiga (qumga) tegishi bilan sakrovchi qo‘llarini oldinga uzatadi, bunda u oyoqlarini tizza bo‘g‘imidan bukib, UOMni oyoq kaftining qumga tegish chizig‘i orqasiga o‘tkazadi. Ba'zi sakrovchilar yonga ketish bilan yerga tushishni qo‘llaydilar, ya'ni oyoq kaftlari qumga tegishi bilan sakrovchi qaysi tomonga ketishni bajarayotgan bo‘lsa, shu tomondagi oyog‘ini ko‘proq bo‘shashtiradi, bunda o‘ziga qo‘llari va yelkalari bilan faol yordam bergan holda ketish tomonga keskin burilish amalga oshiriladi. Burilish orqa orqali, ya'ni orqaga harakat qilish bilan, ayni paytda boshqa yelka va qo‘lni oldinga uzatish bilan bajariladi. Shuni yodda saqlash lozimki, qo‘llarni barvaqt oldinga uzatish oyoqlarning pastga tushib ketishiga sabab bo‘ladi va ertaroq yerga tushishga olib keladi.
Yugurib kelib uzunlikka sakrashlarda natijani oshirish sakrovchining oyoqlari kuchiga yugurib kelish tezligiga, itarilish tezkorligiga va koordinatsion qobiliyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Yugurib kelish tezligini 1 m/s ga oshira olgan jahonning yetakchi sakrovchisi I.Ter-Ovanesyan natijasini bir metrga yaxshilay olgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi
PQ-5282-sonli “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va «Workout» sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. //https://lex.uz/docs/-3211348.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
30-oktabrdagi PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. //https://lex.uz/docs/-70256014.
III. Maxsus va qo‘shimcha adabiyotlar
3. Нормуродов А.Н. Енгил атлетика. –Тошкент. Илм-зиё, 2011.
4. Normuradov A.N. Yengil atletika turlarini o’qitish. -T.: Istiqlol. 2021.
5. Нормуродов А.Н. Енгил атлетика (мусобақа қоидалари). –Т.: ЎзДЖТИ, 2010.
6. Olimov M., Soliyev I. O‘rta va uzoq masofalarga yugurish usuliyati. - T.: Fan va texnologiya, 2016.
7. Солиев И.Р., Абдиев Ш.А. Ёш енгил атлетикачиларни енгил атлетика турларига ўргатиш услубияти. -Т.: Ита пресс, 2014.
Do'stlaringiz bilan baham: |