O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanidan testlar
Download 53.05 Kb.
|
O`zbek tilining sohada qo`llanishi
O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI FANIDAN TESTLAR 1. Quyidagi parchada nechta so‘zdagi ko‘pnuqta o‘rniga adabiy til me’yorlariga ko‘ra tushum kelishigi qo‘shimchasini qo‘yish mumkin? Yaxshi tarbiya ko‘rgan odam… xislatlari… biri shuki, bunday odam o‘z faoliyatida boshqalar… bir qadam oldinga o‘tsa, darrov orqaga qaraydi, sheriklari… yordam qo‘li… uzatadi, safi… kengaytirib, yangi g‘alaba… ko‘zlaydi. A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta 2. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladi? A) abzal, ortiq B) rostgo‘y, mehnatsevar C) ko‘nmoq, rozi bo‘lmoq D) chiroy, suluv 3. Yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma’nosini ifodalagan ular olmoshi qatnashgan javobni aniqlang. A) Sakkizinchi sinf o‘quvchilari faol. Ular har bir tadbirda o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishadi. B) Ularning har ikkisi bugungi musobaqada ilk marotaba qatnashmoqda. C) Yer yuzida tillar ko‘p. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra ularning miqdori 7000 ga yaqin. D) Sobir tog‘amni yaxshi ko‘raman. Ammo ular biznikiga bir yilda bir keladilar. 4. Ushbu gapda yoymoq so‘zi qaysi ma’noda qo‘llangan? O‘smirlarimiz xalqaro turnirlarda g‘alaba qozonmoqdalar. O‘zbekning dovrug‘ini olamga yoymoqdalar. A) mashhur qilmoq, ovoza qilmoq B) taxlangan, o‘ralgan narsalarni ochmoq C) tevarak-atrofga taralmoq, anqimoq D) kichik-kichik guruhlarga bo‘linib ketmoq 5. Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) Imoratning o‘pirilib tushgan joylari siniq pishiq g‘isht bilan tiklangan, ustlari suvalgan edi. B) Tovus o‘zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o‘zining sharaf va shonini saqlaydi. C) Bu jamoada tashabbus uyg‘onishidan, ta’lim-tarbiya sifati yaxshilanishidan ko‘rinib turibdi. D) Qayerda intizom va hamjihatlik bo‘lsa, o‘sha yerda ish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi. 6. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga “u” unlisi yoziladi? 1) muq…m; 2) sup…rmoq; 3) tov…q; 4) sur…shtirmoq; 5) tug‘…lmoq; 6) yut…q. A) 1,2,4,6 B) 2,3,5 C) 1,2,3,6 D) 2,3,6 7. Quyidagi so‘zlardan nechtasi NOTO‘G‘RI yozilgan? Yaxshiev, pyesa, poezd, sub’ekt, jamiyat. A) 2 tasi B) 3 tasi C) 1 tasi D) 4 tasi 8. Qaysi gapda asos va qo‘shimchalar imlosi bilan bog‘liq XATO kuzatiladi? A) Ko‘chmas mol-mulk haqida tuzulgan bitimni bekor qilish kerak. B) Manzilga yetgach, sen bilan alohida gaplashaman. C) Oradan qancha zamonlar o‘tdi, uning nomini faxr bilan tilga olyapmiz. D) Jamoatchilik ishtiroki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta’minlanadi. 9. Quyidagi juftliklardan qo‘shma so‘z hosil qilinganda qaysilari qo‘shib yoziladi? 1) havo // rang; 2) liq // to‘la; 3) mol // boqar; 4) tog‘ // olcha; 5) O‘rta // Osiyo; 6) tarjimayi // hol. A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 4, 6 D) 3, 4, 6 10. Quyidagi juftliklardan qo‘shma so‘z hosil qilinganda qaysilar qo‘shib yoziladi? 1) har // kuni; 2) ko‘z // oynak; 3) To‘rt // ko‘l; 4) bir // oz; 5) suv // osti; 6) o‘n // ming. A) 1,2,3,5 B) 2,3,4,6 C) 1,3,4,5 D) 2,3,4,5 11. Qaysi so‘z bo‘g‘inga NOTO‘G‘RI ajratilgan? A) mo-no-gra-fi-ya B) di-a-gram-ma C) si-lind-rik D) kon-gress 12. Chiziqcha bilan yozish qoidasiga amal qilib yozilgan so‘zlarni aniqlang. A) yildan-yilga, bayram-oldi B) vitse-prezident, och-sariq C) erta-yu kech, qadam-baqadam D) ko‘chama-ko‘cha, ko‘pdan-ko‘p 13. Qaysi javobda bosh harflar imlosi bilan bog‘liq xato KUZATILMAYDI? A) Toshkent Davlat yuridik universiteti B) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi C) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining raisi D) Davlat Tilini rivojlantirish Departamenti 14. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? A) taassurot, taqazo B) taasurot, badiiy C) taalluqli, taqozo D) talluqli, badiy 15. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni belgilang. A) monitoring, dialog, milliard B) natarius, dealog, muovin C) notarius, mudofa, monitoring D) mudofaa, milliard, hayol 16. Quyidagi parchada necha o‘rinda vergul tushirib qoldirilgan? Darhaqiqat O‘zbekistonning qayeriga borsangiz Darxon Kenagas Jaloyir Bahrin Nayman kabi joy nomlariga duch kelishingiz mumkin. A) 4 B) 6 C) 7 D) 5 17. Qaysi javobdagi gapda // belgisi o‘rnida tire QO‘YIB BO‘LMAYDI? A) Uylar, devorlar, daraxtlar // hammasi qorong‘ilikka jimgina cho‘kdi. B) A’lo o‘qish // bizning va sizning asosiy hamda sharafli vazifamiz. C) Otamning akalari ham // haydovchi. D) O‘rinsiz g‘azab // o‘zingga azob. 18. Qaysi javobdagi birlikda qo‘shtirnoq to‘g‘ri ishlatilgan? A) “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni” B) “Navoiy” nomidagi teatr C) “Izboskan” tumani D) “Spark” avtomobili 19. Lotin yozuvida Цц undoshi qaysi hollarda “s” bilan ifodalanadi? A) soʻz boshida, soʻz oxirida, old qo‘shimchadan keyin, undoshdan keyin B) faqat soʻz boshida kelganda C) unlidan keyin D) yuqoridagi barcha holatlarda 20. “Tilxat” so‘zining tarjimasini toping. A) записка B) доверенность C) акт D) расписка 21. Qaysi hujjat turi KUN TARTIBI, QAROR kabi qismlardan iborat? A) bayonnoma B) dalolatnoma C) e’lon D) buyruq 22. Dаrаk gаp bеrilgаn jаvоbni tоping? A) Nimаdаn хаfа bo‘ldingiz? B) Tеrim sur’аtini kuchаytirаylik. C) Qo‘li bаlаnd bo‘lsin! D) Pахtа tеrimi bоshlаndi. 23. Hajm belgisiga ko‘ra matn qanday turlarga bo‘linadi? A) mikromatn va makromatn B) monologik va dialogik matn C) buyruq mazmunli va xabar mazmunli matnlar D) tasviriy va hikoya mazmunli matnlar 24. So‘zlash va yozish orqali ma’lum fikr bayon qilishimiz... A) nutq tovushi B) nutq C) harf D) gap 25. Adabiy nutq uslublari nechta ? A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 5 ta 26. So‘zlar tarkibida “q” tovushi “x” tarzida talaffuz etiladigan qatorni toping. A) chiroq, qaymoq B) taqsimot, taqsir C) maqbara, to‘liq D) qisqa, to‘qmoq 27. Quyidagilarning qaysi birida tutuq belgisi to‘g‘ri qo‘llanilgan va u orqali undoshning unlidan ajratib aytilishi qaysi so‘zlarda uchraydi? А) san’at, fe’l, ar’kon В) ma’vo, sa’va, ma’sul С) qit’a, jur’at, in’om D) a’lo, ta’na, ba’zan 28. Qaysi javobda imloviy xato yozilgan fe’l turkumiga oid so‘z qatnashgan? A) Yigitni otasi kosmonavt edi. U bu bilan faxrlanardi. B) Yolg‘on bo‘lsa, boq-chi ko‘zimga? C) O‘quvchilar yo‘l bo‘ylarida ko‘chat ekishayapti. D) U juda bepisanlik bilan gapirardi. 29. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri imlo qoidalariga muvofiq to‘g‘ri yozilgan? A) sharoyit, ateryad, qizg‘onmoq B) sharoit, otryad, qizg‘anmoq C) sharoit, ateryad, qizg‘anmoq D) sharoit, otryad, qizg‘onmoq 30. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri imlo qoidalariga muvofiq to‘g‘ri yozilgan? A) arzugulik sabab, salafan B) arzigilik sabab, selofan C) arizugulik sabab, sallafan D) arzigulik sabab, sellofan 31. Qaysi biri yozilishiga ko‘ra to‘g‘ri? A) fudbol B) futbol C) futbo‘l D) pidbol 32. Barcha so‘zlar tarkibida qo‘sh unlilar yozilishi kerak bo‘lgan qatorni toping. A) manfatdor, tassurot B) mutakabbir, karser, aviator C) mutassib, kamshukrlik, kapral D) mutola, avtouy, baniinson 33. Qaysi so‘zlar imlosida z undoshi s tarzida talaffuz qilinadi? 1) iztirob; 2) zamin; 3) qizil; 4) xo‘roz; 5) jonboz; 6) tuzsiz; 7) bo‘zchi. A) 1, 2, 3 B) 4, 5, 7 C) 1, 6, 7 D) 1, 5, 7 34. Yangi o‘zbek imlosiga ko‘ra chiziqcha bilan yozish qoidasi qaysi qatorda buzilgan? A) El-yurt ravnaqi uchun xizmat qilish sening burchingdir. B) Dori-darmonga muhtoj emasmisan? C) Do‘st-u dushman orasida. D) Kecha do‘stlar bilan bo‘lib o‘tgan davramiz qizigandan-qizidi. 35. Qanday nutqni boy deyish mumkin? A) So‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘llay bilish B) Tilning ifoda vositalaridan foydalanish C) Nutqning hamma vaqt aniq, ravshan bo‘lishi D) Barcha javoblar to‘g‘ri 36. Belgining ortiq darajasini bildiruvchi so‘zlar qaysi qatorda imlo qoidalariga muvofiq holda to‘g‘ri yozilgan? A) ochiqdan-ochiq, qizigandan-qizidi, o‘zidan-o‘zi B) tim-qora, yam-yashil, to‘q kulrang C) bira to‘la, birvarakayiga, jiqqa ho‘l D) ko‘pdan ko‘p, tekindan tekin, yangidan yangi 37. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qilingan qatorni toping. A) di-agramma, monog-rafiya, silin-drik B) dia-gramma, mono-grafiya, silind-rik C) dia-gramma, mono-grafiya, silin-drik D) diag-ramma, mono-grafiya, silind-rik 38. Imlo qoidalariga muvofiq holda to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini belgilang. A) kulrang, xiyla, mashala B) ushoq, hiyla, intiqom C) maslagdosh, afv, masul D) mobodo, uxlamoq, ashob 39. Bolali uy …, bolasiz uy … . Ushbu maqolni to‘ldiruvchi so‘zni belgilang. A) bozor, mozor B) ozor, mozor C) besar, tinch D) maraka, ma’raka 40. Quyidagi gapda imlo qoidalariga amal qilinmagan holda yozilgan so‘zlar soni nechta? O‘zbekiston va Turkmanston elektr energiya yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuvni imzoladi. A) bitta B) ikkita C) xatolik mavjud emas D) uchta 41. Xatosiz yozilgan so‘zlar qatorini belgilang. A) muvafaqqiyat, afv B) muvaffaqiyat, afv C) muvaffaqqiyat, avf D) muvaffaqiyat, avf 42. Imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) orzum, shifobahsh, molxona B) tokqaychi, kir sovun, AQSH C) is’hoq, maxsus, hisobot D) xar hil, ADU, tog‘olcha 43. Qaysi qatordagi so‘zlar yozilishida bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qilinmagan? A) ma-sh’al, a-ba-diy, pesh-ayvon B) si-ngil, de-ngiz, mai-shat C) aba-diy, mono-grafi-ya, paxta-kor D) va’-da, ma’-rifat, in’-om 44. “Договор” so‘zining o‘zbekcha muqobilini toping. A) sulh, shartnoma B) kelishuv, bitishuv C) akt, dalolatnoma D) taqdimnoma, tavsifnoma 45. Qaysi hujjat turlari yozilish shakliga ko‘ra o‘xshash? A) buyruq, bayonnoma, farmoyish B) dalolatnoma, da’vo arizasi, shartnoma C) tavsifnoma, tavsiyanoma D) ariza, tushuntirish xati, bildirishnoma 46. Quyidagi so‘zlarning sinonimlarini toping: osmon, do‘st, aqlli, murakkab. A) yer, dushman, axmoq, oson B) samo, o‘rtoq, bilimdon, qiyin C) koinot, oshna, ongli, oson D) ko‘k, og‘ayni, olim, mushkul 47. His-hаyajоn gаp bеrilgаn jаvоbni tоping. A) Eh, qаndаy chirоyli, so‘lim jоylаr-а! B) Mаshinаlаr tinimsiz ishlаsin. C) Dоmlаngiz ilm-u hisоbni bilurmikаn? D) Аdаbiy kеchаni Bаhоdir оchdi. 48. Ishonchni bildirgan modal so‘z qaysi gapda berilgan? A) Menimcha, qahramonlikdagina emas, har bir xatti-harakatda, hatto eng oddiy, mayda ishda ham bir mantiq, ma’no, mazmun, maqsad bo‘lishi kerak. B) Esiz, taqdir ekan qaydan bilibmiz. C) Afsuski, men uning otini bilolmay qoldim. D) Shubhasiz, biz g‘olib bo‘lamiz. 49. Notoʻgʻri yozilgan soʻzlar qatorini toping. A) joxil, jabxa, gox, axl B) daf, lof, kafil, did C) johil, jabha, fol D) goh, ahl, fil, lof 50. Quyidagi koʻchirma gapli qoʻshma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari toʻgʻri koʻrsatilgan javobni toping. Biz tinchlik daraxtini endi doʻllardan boʻronlardan asrashimiz kerak deydu Muhammad Ali. A) : “ ”, – . B) “ ”, – . C) “ ” . D) “ ”, – . 51. Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuvdir. …….bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq … ayrim qismlarning bo‘lishi shart. Ushbu ma’lumotlar qaysi rasmiy hujjat haqida? A) tavsifnoma B) tarjimayi hol C) ariza D) tavsifnoma 52. Kasbiy atamalar berilgan javobni toping. A) hujayra, ildiz, musbat B) tashbeh, kesim, qit’a C) katet, azimut, kometa D) chala, yonbosh, halol 53. Jamiyatning barcha a’zolari yozishi mumkin bo‘lgan hujjat turlarini belgilang. A) ma’lumotnoma, ariza, e’lon B) tushuntirish xati, tilxat, hisobot C) ishonchnoma, tilxat, ariza D) bildirishnoma, e’lon, tavsiyanoma 54. Qaysi javobda antonim so‘zlar berilgan? A) ota-ona B) do‘st-dushman C) oy-quyosh D) kitob-daftar 55. Qaysi uslub uchun jargonlar, oddiy so‘zlashuvga xos so‘zlar, emotsional - ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘zlarning ishlatilishi me’yor sanaladi? А) badiiy uslub В) ommabop uslub С) ilmiy uslub D) rasmiy uslub 56. O‘zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi qanday jarayon hisoblanadi? A) kommunikatsiya B) nizo C) muloqot D) tilxat 57. Tavsifnoma nima? A) ma’muriyat yoki shaxs tomonidan beriladigan, шaxsning xususiyatlari qayd etiladigan rasmiy hujjat B) shaxsning mehnat va ijtimoiy faolyati, o‘ziga xos xislat va fazilatini aks ettiruvchi hujjat C) muassasa tomonidan fuqarolarning turmushi va ish faoliyatidagi voqea-hodisalar va holatlarni tasdiqlab beruvshi rasmiy hujjat D) turli mukofotlarga taqdim etish maqsadida yoziladigan hujjat 58. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qachon qabul qilingan? A) 1989-yil 21-oktabr B) 2001-yil 10-may C) 1991-yil 31-avgust D) 1984-yil 25-may 59. Adabiy tilning tovushlar tizimini tilshunoslikning qaysi bo‘limi o‘rganadi? A) morfologiya B) orfoepiya C) sintaksis D) fonetika 60. Shevaga oid so‘zlar berilgan qatorni aniqlang.
61. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang? A) teatr, radiator, tabiat B) shariyat, milliyon, arxayik C) fayiz, oyila, ukrayin D) milliyard, piyanino, shoyir 62. Yuklama-qo‘shimchalarning qaysilari so‘zlarga qo‘shib yoziladi? A) -u (-yu), -ey (-yey), -e, -ku, -chi B) -a (-ya), -da D) -oq, -ov C) B va D javoblar 63. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini belgilang. A) nuqtayi nazar, tarjimayi hol, dardi bedavo B) ko‘pdan-ko‘p, tekindan-tekin, ochiqdan-ochiq C) rang barang, dam badam, uyma uy D) kilovattsoat, unterofitser, kechayu-kunduz 64. Atamalar faqat bir ma’noda qo‘llanilib, o‘zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini ko‘rsatishga xizmat qiladigan uslubni aniqlang. A) badiiy uslib B) rasmiy uslub C) ilmiy uslub D) ommabop uslub 65. Quyidagi jumla qaysi uslubga xos? Download 53.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling