O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanidan testlar
Download 53.05 Kb.
|
O`zbek tilining sohada qo`llanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- A) sheryurak, bodomqovoq
169. Qaysi javobda sinonim so‘zlar berilmagan? A) hayo – nomus – ibo – iffat B) sabr – toqat – bardosh – matonat C) olma – anor – gilos – anjir D) baxt – saodat – omad – iqbol 170. Qaysi gapda quloq so‘zining ma’nosi metonimiya asosida ko‘chgan? A) Eshitgan quloq nima deydi?! B) Necha marta aytishim kerak? O‘zi senda quloq bormi?! C) Kaliforniya shtatida dunyodagi eng qudratli quloqlar – lokatorlar o‘rnatilgan. D) Qozonning ikki qulog‘idan avaylab ko‘tardi. 171. “Ot+ot”” qolipli qo‘shma sifatlar berilgan qatorni toping. A) sheryurak, bodomqovoqB) ko‘zoynak, ishyoqmasC) qorasoch, oqko‘ngilD) uchburchak, laylakqor172. Qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatoga yo‘l qo‘yilmagan? A) Uning dastxati suluv edi. B) Bu elda har qanday dushmanga yuzlasha oladigan botir xalq yashaydi. C) Shahrimizda birin-ketin buyuk imoratlar qad rostlamoqda. D) Chol yoshini yashab, oshini oshab o‘z ajali bilan halok bo‘ldi. 173. Qaysi hujjat turi KUN TARTIBI, QAROR kabi qismlardan iborat? A) dalolatnoma B) bayonnoma C) farmoyish D) hisobot 174. Mazmun va grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllantirilgan gapni aniqlang. A) Yodda tuting: litsenziyasiz yo‘lovchilarni tashish qonunga xilof. B) Yodda tuting: yo‘lovchilarning litsenziyasiz tashish qonunga xilof. C) Yodda tuting: litsenziyasiz yo‘lovchilarni tashish qonunda xilof. D) Yodda tuting: yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashish qonunga xilof. 175. Qaysi qatordagi barcha so‘zlarda ko‘chirish qoidalari buzilgan? A) ak-a-xon, ma-‘lumot B) den-giz, tong-gi C) sin-fi, ke-ti-nglar D) sing-lim, ko-sho-na 176. Nuqtalar o‘rnida qaysi harflar bo‘lishi kerak? Shogir…: “Odamgarchilik…a qanday erishish mumk…n?” – deb so‘radi. A) t, k, u B) d, k, i C) d, g, i D) t, g, u 177. Qaysi javobda asos va qo‘shimchalar imlosi bilan bog‘liq xato kuzatilmaydi? A) Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho‘kiz uni to‘xtovsiz taqib etib kelayapti. B) Tepalikdan o‘tkach, chavandozlar birin-ketin orqada qola boshladi. C) Pastda esa odamni oqizadigan katta suv shovullab oqmoqda. D) Qo‘limda bir metr keladigan tayoq, belbog‘imga bitta kulcha tugulgan. 178. Qo‘shib yozilishi kerak bo‘lgan qo‘shma so‘zni aniqlang. A) Markaziy Osiyo B) har doim C) osmon o‘par D) to‘q qora 179. Bosh harf bilan yozish qoidasi buzilgan qatorni belgilang. A) Davlat Test Markazi B) Osiyo Taraqqiyot Banki C) Oliy Sud Raisi D) Birlashgan Arab Amirligi 180. Qaysi javobda noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatori berilgan? A) afv etmoq, xayfsan B) tadbiq etmoq, iptidoiy C) isquvar, xatti-harakat D) yo‘llamma, shafqat 181. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) aql, poyezd B) artist, nutuq C) do‘s, kilovatt D) sinf, balanroq 182. Quyidagi qaysi so‘zda tutuq belgisi qo‘yiladi? A) taqiqlamoq B) mezon C) namuna D) meyor 183. Qaysi gapda barcha so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) Yoshlarimizga bizdan ko‘ra aqlliroq, bilimdonroq bo‘lib o‘sishyapti. B) O‘zimizning obro‘miz uchun shu ishga bosh qo‘shamiz. C) Yigit jarohat olgan oyoqlarini sudrab boskancha zo‘rg‘a kelardi. D) Yil choraklarining hisobi esa yil boshidan yurutiladi. 184. Qaysi so‘z bo‘g‘inga NOTO‘G‘RI ajratilgan? A) ta-as-su-rot B) xush-chaq-chaq-lik C) dek-abr D) tan-gens 185. Berilgan gapda qaysi tinish belgi(lari) tushib qolgan? Nilufar: “Akam qayerga ketdilar shu mahalda” – deb biroz xafa bo‘ldi. A) so‘roq B) nuqta C) undov D) vergul 186. Berilgan gapda necha o‘rinda vergul tushib qolgan? Bolalarning yurish-turishi ko‘cha-ko‘yda mahallada o‘zini tutishi do‘stlari orasidagi obro‘-e’tibori bilan doimo qiziqib turish lozim. A) 6 o‘rinda B) 5 o‘rinda C) 4 o‘rinda D) 3 o‘rinda 187. Qaysi qatorda tire to‘g‘ri qo‘yilgan? A) Ilm yorug‘lik – jaholat zulmat. B) Duo – yo‘llarni ochuvchi vosita. C) Opam ham – doktor. D) Hammasi – Olim, Qodir, Sodiq keldi. 188. Kirill alifbosidagi Цц harfi lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvida qanday ifodalanadi? A) ”ts” bilan ifodalanadi B) ”s” bilan ifodalanadi C) ”s” yoki “ts” bilan ifodalanadi D) toʻgʻri javob berilmagan 189. Toʻgʻri yozilgan soʻzlar qatorini toping. A) xoʻplamoq, maʻraka, kasalhona B) doʻstona, gavhar, xavaskor C) havaskor, ma’raka, kasalxona D) dexqon, gavhar, hadiklanmoq 190. Lotin yozuvi qoidalariga ko‘ra bo‘g‘in to‘g‘ri ko‘chirilgan so‘zni toping. A) pes-hayvon B) kong-res C) ing-liz D) si-ngil 191. Qaysi qatordagi soz‘da imlo xato mavjud? A) mualif B) muattar C) soat D) maosh 192. “Объяснительная записка” birikmasining o‘zbekcha muqobilini belgilang. A) xizmat xati B) kafolat xati C) da’vo xati D) tushuntirish xati 193. Biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat nima deyiladi? A) Ishonchnoma B) bildirishnoma C) tilxat D) tushuntirish xati 194. “Po‘stagini qoqmoq” iborasining sinonimini belgilang. A) ayovsiz tanqid qilmoq B) ozor yetkazmoq C) qattiq jazolamoq D) talabchan bo‘lmoq 195. Qaysi sinonimik qatorda asosiy so‘z birinchi berilgan? A) quvondi, sevindi, xursand bo‘ldi B) xo‘ngradi, yig‘ladi, bo‘zladi C) saodat, baxt, tole D) o‘qituvchi, muallim 196. So‘rоq gаp bеrilgаn jаvоbni tоping? A) Eh, bu vоdiy nаqаdаr go‘zаl! B) Yaqin kеlmа, yanchib tаshlаymаn. C) Siz kelajakda kim bo’lmoqchisiz? D) Kеchа bоlаlаr kutubхоnаsigа bоrdik. 197.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiysining nechanchi moddasi O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida? A) 1-moddasida B) 2-moddasida C) 3-moddasida D) 4-moddasida 198. Tinish belgilari va ularni yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llash yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatuvchi tilshunoslik bo‘limi qanday nomlanadi? A) sintaksis B) fonetika C) grafika D) punktuatsiya Download 53.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling