Yengil atletika va uni
– rasm. Sportcha yurishda taz harakati 4 – vazifa
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslubiy ko‘rsatmalar
- 5 – vazifa
- II BOB. Sportcha yuruvchilar mashg‘ulotining umumiy masalalari
3 – rasm. Sportcha yurishda taz harakati
4 – vazifa: Sportcha yurish paytida qo‘llar va yelkalarni to‘g‘ri harakatga o‘rgatish. Vositalari: 1. Joyda turib qo‘llar harakatiga taqlid qilish. 2. Qo‘llarni orqaga qilib yurish. 3. Qo‘llarni qariyb to‘ppa-to‘g‘ri qilib yurish. 4. Yelka va qo‘llarni aktiv ishlatib sportcha yurish. Uslubiy ko‘rsatmalar: Birinchi mashqda ko‘ndalang harakatdarga yo‘l qo‘ymaslik. Harakatlar ortiqcha kuch kelmaydigan erkin bo‘lishi kerak. Ikkinchi mashqni bajarayotgan paytda shug‘ullanuachilarga yelkalarni faol harakat qilishi zarurligini uqtirish kerak. Bunda qo‘llar orqada bo‘lsa ham bo‘laveradi. Uchinchi mashqda qo‘llar harakati keng va erkin bo‘lishi kerak. Ko‘rsatilgan mashqlarda yurish masofasi – 100 metr. 50 5 – vazifa: Sportcha yurish texnikasini takomillashtirish. Vositalari: 1. Turli xil tezliklarda (sekin, o‘rtacha, tez) sportcha yurish. 2. Burilishlarda, qiya yo‘lkalarda (pastga ham, yuqoriga ham), shosseda sportcha yurish. Uslubiy ko‘rsatmalar: Texnikani takomillashtirishda quyidagi- larga e’tibor berish kerak: a) gavda va boshning harakati; b) gavda, oyoq va qo‘llar harakati mayin, bemalol bo‘lishiga; v) qadam yetarli darajada uzun bo‘lishiga, oyoqni olg‘a uzatish yengil bo‘lishiga (bunda oyoq tagi mumkin qadar yerga yaqin o‘tishi kerak); g) tovonni o‘z vaqtida (erta emas) yerdan ko‘tarishga; 51 II BOB. Sportcha yuruvchilar mashg‘ulotining umumiy masalalari Mashq qilish yuklamalarini bajarayotganda, sportchilar o‘zlarining faoliyatini boshqarib turuvchi nafas, yurak-qon tomir va markaziy asab tizimlarini takomillashtiradilar. Bu tizimlar doimo oshib boruvchi yuklamalarga moslashib, butun organizmning maksimal zo‘riqish sharoitida ravon tarzda ishlashini ta’minlaydi. Agar murabbiy va sportchilar o‘qitish va mashq qilishning o‘ziga xos tartib qoidalariga rioya qilsalar, mashq qilish jarayoni muvaf- faqiyatli o‘tadi hamda natijalar sezilarli darajada o‘sib boradi. Bu qoida lar, “yengil atletikachining tarbiyalash, o‘qitish va funksional im ko niyat larini oshirish borasidagi yaxlit jarayonni amalga oshi rish- ning turli qirralari sifatida o‘zaro bog‘liqdir” (N.G.Ozolin). Mashq qilishning umumiy qonuniyatlari va rejalashtirishning umumiy uslubiy qoidalaridan qat’iy nazar, individual o‘ziga xoslikni hisobga olish yuqori malakali sportchilarni tayyorlash bo‘yicha zamonaviy jarayonning asosiy talabi bo‘lib hisoblanadi. Birinchi navbatda, bu – sportchilar sog‘ligi, chiniqqanligi, yuklamalarga bar- dosh bera olish qobiliyati, erishilgan yutuqlar va bo‘lajak mag‘lu- biyatlarga sportchining munosabatiga taalluqlidir. Sportchini o‘qitish yoki ishlashining sharoitlari, yashash tarzi va xordiq chiqarishi uchun imkoniyatlarini hisobga olish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Yaxlit mashq qilish jarayoni beshta o‘zaro bog‘liq omillardan iborat: texnikani mukamallashtirish, sport taktikasini o‘rganish, jismoniy hislatlarni rivojlantirish, ma’naviy-irodaviy hislatlarni tarbiyalash, na- zariy bilimlarni egallash. Boshqacha so‘z bilan aytganda, butun mashq qilish jarayonini jismoniy, texnikaviy, taktik, ma’naviy-iro daviy va nazariy tayyorgarlik majmui deb hisoblash mumkin. Biz sportcha yurishda sportchilarga bo‘lgan talablar nuqtai nazaridan mashq qilish jarayonini ko‘rib chiqamiz; texnik mukamallashtirish xususiyatlarida, mashq qilishni rejalashtirishda, shuningdek,, davrlar bo‘yicha-yil davomida mashq qilishda to‘xtab o‘tamiz. . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling