Yengil atletika va uni


Yugurib kelishning boshlanishi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Yugurib kelishning boshlanishi har xil bo‘lishi mumkin. Asosan, 
sportchilar quyidagi variantlardan foydalanadilar: turgan joyidan va 
etib kelgan (yoki yugurib kelgan) joyidan, shuningdek,, tezlikni asta-
sekin olish va keskin (sprintercha) boshlash bilan. Yugurib kelishning 
boshlanishi katta ahamiyatga ega, chunki yugurish sur’ati va maromini 
belgilab beradi. Sportchini yugurib kelishni standart tarzda boshlashga 
va oldindan tayyorgarlik ko‘rmasdan turib uni o‘zgartirmaslikka 
o‘rgatish zarur.
Turgan joyidan yugurib kelishni boshlashda sportchi harakatni 
nazorat chizig‘idan boshlaydi, bunda u bir oyog‘ini oldinga, 
ikkinchisini orqaga oyoq uchiga qo‘yadi. Ba’zi yuguruvchilar bunday 
holatda tana og‘irligini goh oldinda turgan oyoqqa, goh orqada turgan 
oyoqqa o‘tkazib bir oz oldinga-orqaga tebranishlarni bajaradilar.
Sportchi yugurib kelishni harakatdan (yetib kelish yoki yugurib 
kelishdan) boshlayotgan paytda shu narsa muhimki, u oldindan 
belgilab olgan oyog‘ida nazorat chizig‘i aniq tushishi kerak. Shuni 
yodda tutish lozimki, yugurib kelishda yugurish qadamlari soni juft 
bo‘lganda nazorat chizig‘iga itariladigan oyoq qo‘yiladi va harakat 
qadam tashlaydigan oyoqdan boshlanadi va aksincha.
Sportchi yugurib kelishni boshlagandan so‘ng yugurish tezligini 
olishga o‘tiladi. Bu yerda yuguruvchi to‘g‘ri yo‘lka bo‘ylab qisqa 


247
masofaga yugurish texnikasiga o‘xshash yugurish qadamlarini baja-
radi. Qo‘llar va oyoqlar harakatlari amplitudasi birmuncha keng roq, 
gavdaning egilishi 80
o
ga etadi, yugurish oxiriga kelib vertikal holatni 
qabul qiladi. Bu paytda har bir qadamda yumshoq depsinishga e’tibor 
qaratish lozim, o‘z harakatlarini nazorat qilib borish va har tomonga 
tebranmasdan bir chiziq bo‘ylab yugurishni bajarish kerak.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling