Yengil atletika va uni


Maktabda yengil atletikdan to‘garak


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

1.6. Maktabda yengil atletikdan to‘garak 
mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar
Yengil atletika to‘garagining asosiy vazifasi bo‘lib, o‘quvchilarni 
sog‘lomlashtirish, ma’nan barkamol yetuk shaxsni tarbiyalashga 
qaratilgan bo‘lishi kerak. Maktabda yengil atletika turlari yurish, yugurish, 
uloqtirish va sakrash turlariga, qiziqishlari va iqtidorini inobatga olgan 
holda o‘quvchilarni sportning ushbu turiga jalb qilish zarur.


557
Ushbu dasturning o‘quv materiali barcha yoshdagi o‘quvchilar 
guruhlariga mo‘ljallangan. Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhida (11-12 
yosh) asosiy e’tibor salomatlikni mustahkamlashga, har tomonlama 
jismoniy tayyorlikka, koordinatsion qobiliyatlar (chaqqonlik), 
tezkorlikni, egiluvchanlikni hamda chidamlilikni rivojlantirishga 
qaratiladi.
O‘smirlik (13-14 yosh) guruhidagi yosh yengil atletikachilarni 
keyinchalik har tomonlama jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi 
bo‘yicha shug‘ullanadilar, ular iqtidoriga qarab yengil atletikaning 
chidamlilik, tezkorlik yoki kuch talab etiladigan turlariga yo‘naltiriladi. 
“Umid nihollari” musobaqalarining Tuman, shahar, viloyat bosqichlari 
va boshqa o‘tkaziladigan musobaqalarda qatnashadilar.
Kichik o‘spirinlar (15-16 yosh) guruhi har tomonlama jismoniy 
tayyorgarlik va rivojlantirishni takomillashtirishni davom ettiradi, 
va alohida yo‘naltirilgan turlar bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashadi. 
Masalan: qisqa masofalarga yugurish, sakrash va uloqtirish turlari. 
Shuningdek, «Alpomish» va «Barchinoy» test me’yorlari bo‘yicha 
tayyorgarlik ko‘radilar va topshiradilar.
Umumiy tayyorgarlik davri: mashg‘ulotlarning umumiy tayyor-
garlik davrida o‘quvchilarini jismoniy sifatlarini va harakat ko‘nikma 
va malakalarini shakllantirishga katta e’tibor berish zarur.
Maxsus tayyorgarlik davri: bu davrga kelib o‘quvchilarni yengil 
atletika turlariga yo‘naltirish, turlar bo‘yicha jismoniy sifatlarini 
takomillashtirish, texnik xatti harakatlarini rivojlantirish, turli toifadagi 
musobaqalarda ishtirokini ta’minlash va maqsadga muvofiq ravishda 
rejalashtirish lozim.
Mashg‘ulot davrlarining muayyan muddatlariga musobaqalar 
taqvimi jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Mashg‘ulot jarayoni musobaqalar 
muddatini hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak. Musobaqalar 
taqvimining tuzilishi musobaqalar davrlarining qurilishiga ayniqsa 
ta’sir qiladi, lekin qisman mashg‘ulotning boshqa davrlari davomiyligini 
cheklaydi. Ikkinchi tomondan, sport taqvimi mashg‘ulot jarayonining 
ob’yektiv zarur tarzda davrlashtirilganligidan kelib chiqib tuzilishi 
lozim, musobaqalarning ma’lum ravishda guruhlanishi shuning bilan 
izohlanadi.


558
Musobaqa davri: musobaqa davrining bosh maqsadi mas’uliyatli 
musobaqalar oldindan rejalashtirilgan muddatlarida eng yuqori sport 
natijalariga erishishga olib kelish.
Musobaqa davrida mashg‘ulotlarning asosiy vazifalari.
1. Tanlangan turlardan kelib chiqib jismoniy sifatlarini hamda 
axloqiy-irodaviy fazilatlarini yanada rivojlantirish.
2. Sport texnikasi ko‘nikmalarini mustahkamlash va ularni 
takomillashtirish.
3. Ishlab chiqilgan taktikani o‘zlashtirish va musobaqa tajribasini 
egallash.
4. UJT va maxsus qo‘yilgan “poydevor”ni erishilgan darajada tutib 
turish, yetarlicha tayyorgarlik ko‘rmaganlarda bu darajani yana ham 
oshirish.
5. Nazariy bilimlar darajasini oshirish va musobaqa qoidalari bilan 
tanishtirib borish.
Bu davrda jismoniy tayyorgarlik darajasini ko‘tarish, yanada 
yuqori sport natijalariga erishishga, sport formasini saqlashga intilish 
kerak. Mashg‘ulotlar yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni hal qilish bilan 
birga sportchining musobaqalarda har hafta oxiridagi tekshiruvlarda 
ishtirok etishini ham ko‘zda tutadigan haftalik sikllar asosida tashkil 
etiladi. Muhimi, bu davrda musobaqalar tayyorgarlikning eng asosiy 
vositalaridan biri bo‘lishi kerak..
O‘tish davri: o‘tish davrining vazifasi – umumiy va maxsus jis-
moniy tayyorgarlikni, erishilgan texnik tayyorgarlik darajasini keyingi 
tayyorgarlik davrigacha turli aktiv va passiv dam olish usullari 
yordamida ushlab turish.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik va maxsus jismoniy tayyorgarlik 
bo‘yicha mashg‘ulotlar jarayonida, bolalarga jismoniy tarbiya 
darslarida tanish bo‘lgan vositalardan va boshqa sport turidagi (futbol, 
basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi) vositalardan hamda harakatli o‘yinlar, 
gimnastika, akrobatika va turli estafetali o‘yinlardan foydalaniladi.
Instruktorlik amaliyoti o‘smirlar va kichik yoshdagi o‘smirlar 
guruhidan boshlab o‘tkaziladi. Instruktorlik malakalarini maxsus 
mashg‘ulotlarda va o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida oladilar. 
To‘garaklarda shug‘ullanuvchilarni saflantirish, asosiy buyruqlarni 


559
berish, mashg‘ulotga tayyorgarlik kabi mashqlarni tanlay olishlari 
kerak. Instruktorlik va hakamlik vazifalari o‘quv-mashg‘ulotlarida 
takomillashtiriladi. Hakamlik tajribasi maktab ichki musobaqalarida 
amalga oshiriladi.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling