Yengil atletika va uni


Musobaqa o‘tkaziladigan joylar, jihozlar va asbob-uskunalarni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Musobaqa o‘tkaziladigan joylar, jihozlar va asbob-uskunalarni 
tayyorlash xizmati hakamlari
Jihozlar va asbob-uskunalar bo‘yicha hakamlar:
-yugurish yo‘lakchasi, sakrash va uloqtirishlar bo‘yicha musoba-
qalar badan qizdirish mashqlari o‘tkaziladigan joylarda belgi chiziqlari 
to‘g‘ri chizilganligini tekshiradilar;
-jihozlar markirovkasini tekshiradilar;
-musobaqalar o‘tkaziladigan joylarga jihozlar va asbob-uskunalarni 
yetkazib berish hamda ularni yig‘ib olish ishlarining reja-jadvalini 
tuzadilar.
Statistika va rekordlar guruhi
- turli statistik ma’lumotlarning hisob-kitobi bilanshug‘ullanadi;
- yangi rekordlar, sport ustasi va halqaro toifadagi sport ustasi 
unvonlari uchun me’yorlarning bajarilishini kuzatadi;
- rekord natijalar uchun dalolatnoma tayyorlab, rasmiylashtiradi;
- rekordlar tekshirilganidan keyin hakamlar hujjatlarini qabul 
qilib olish guruhidan olingan ishtirokchilar varaqalarini ularga ishlov 
beruvchi guruhga jo‘natadi;
- materiallardan nusxa ko‘chirish guruhidan yakuniy qaydnomalar 
nusxasini oladi;
- musobaqalar davomida tegishli qaydlarni kirita borib, bosh hakam 
hisobotini tayyorlaydi. 
Ishtirokchilarning varaqalariga ishlov berish guruhi
- yakuniy qaydnomalarni bosmadan chiqarish uchun olingan 
varaqalarga to‘la ishlov berish bilan shug‘ullanadi;
- ishchi qaydnomalardagi natijalarni ishtirokchilarning shaxsiy 
varaqalariga ko‘chirishni amalga oshiradi;
- ko‘rsatilgan natija qaysi razryadga muvofiqligini belgilaydi;


570
- dasturning ushbu turida ishtirokchi egallagan o‘rinni belgilaydi;
- natijani ochkolarda baholaydi (jumladan, rag‘batlantiruvchi 
ochkolarni);
- shamol tezligini ko‘rsatadi;
- ishtirokchilarning varaqalarini jamoaviy natijalar guruhiga 
yetkazadi.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling