Yengil atletika va uni


 Talabnomalarni qabul qilish va ularga ishlov berish


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

2.2. Talabnomalarni qabul qilish va ularga ishlov berish
Musobaqa oldi davrida butun dastlabki tayyorgarlik ishlari tugab, 
bevosita mazkur musobaqa hujjatlari bilan ishlash boshlanadi.
Bosh kotib ish tartibini tuzib, talabnomalarni qabul qilishdan to 
musobaqa haqida hisobotni chiqarguncha bo‘lgan davrda kotibiyatda 
ishlash uchun ajratilgan har bir hakamga ish joyini belgilab beradi.


581
Kotib hakamlarni ikkita asosiy ish uchastkasiga taqsimlash zarur: 
talabnomalarni qabul qilish va musobaqaning ishchi hujjatlarini 
tayyorlash.
Tayyorgarlik ishlari musobaqaning barcha kotib hakamlariga 
ko‘rsatmalar berish, ularga kotibiyat tanlagan ish tartibining xu susi-
yatlarini, shuningdek,, butun hakamlar hay’atining ishlash texno-
logiyasini tushuntirishni o‘z ichiga oladi. Bunda har bir hakam o‘z 
vazifasi hamda hujjatlar almashinuvi sxemasini – kimdan qanday 
hujjatlar olishini, ular bilan nima qilishini, kimga etkazib berishini, 
qanday yangi hujjatlar tayyorlashi va h.k.ni bilishiga ishonch hosil 
qilish kerak. 
Talabnomalarni qabul qilish va ularga ishlov berish – koti-
biyatning kelajak faoliyatidagi eng mas’uliyatli amallardan biri. Bu 
vaqtda ishning xususiyati uni amalga oshirish sxemasiga mos bo‘lishi 
lozim. 
Uning o‘ziga xos jihati – ishtirokchilarni musobaqalarga kiritish 
uchun mas’ul bo‘lgan hay’at, kotibiyat hamda xo‘jalik ta’minoti 
xizmati faoliyatining bir vaqtda olib borilishidir.
Barcha guruhlarning bir xonada joylashuvi jamoalar vakillariga o‘z 
jamoalarining mazkur bellashuvda ishtirok etishini tez rasmiylashtirish 
imkonini beradi.
Eslatma: Halqaro musobaqalar o‘tkazilganda, talabnomalar faks 
orqali yuboriladi. Bunda kotibiyat talabnomani vakil bilan tekshiradi, 
zarur bo‘lsa, unga o‘zgarish kiritadi va ishtirokchilarga raqamlarini 
beradi. Barcha jamoalarning talabnomalari sharti bilan kechki 
kengashga butun dastur bo‘yicha start qaydnomalari tayyorlanadi.
Bosh kotib talabnomani qabul qilayotganda uning musobaqalar 
Nizomiga muvofiq rasmiylashtirilishini talab qilishi shart. Ayni vaqtda 
kotibiyatga ishtirokchilarning to‘ldirilgan varaqalari topshiriladi. Har 
bir varaqadagi sportchini mavsumdagi eng yaxshi natijasi shaxsiy 
varaqada va shu bilan birgalikda ko‘krak raqami ham yozilgan bo‘lishi 
shart. Murabbiyi ham yoziladi.
Talabnomalarga ishlov berilgach, ular papkaga tikiladi, varaqalar 
dastur nomerlari bo‘yicha taxlanadi va musobaqaning ishchi 
hujjatlarini tayyorlash uchun taqdim etiladi. 


582
Ishtirokchilar chiqishlarining ketma-ketligi yengil atletika bo‘yi cha 
musobaqa o‘tkazish halqaro qoidalariga muvofiq aniqlanadi (Qoida-
larga q.).

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling