Yengil atletika va uni
Musobaqalashish faoliyati
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operativ nazorat
3.4. Musobaqalashish faoliyati
Musobaqaning asosiy funksiyalaridan biri rag‘batlantirish, o‘quv sport natijalarini va sportchilar bilan tarbiyaviy ishlarni tekshirish musobaqada olingan ob’yektiv bahodan, tashkilot va mutaxassislarning keyingi ishlari natijalariga bog‘liq. Musobaqani quyidagilarga ajratish mumkin: a) tayyorlovchi va yana nazorat, asosiy maqsadi tayyorgarlik darajasini aniqlash; b) keltiruvchi, asosiy maqsadli musobaqalarga sportchilarni baland tayyorgarlikka olib kelish; v) tanlov, maqsadli katta musobaqalarda qatnashishga sportchilarni tanlash; 593 g) asosiysi, (shahar, mamlakat chempionatlari, katta halqaro muso- baqalar). Musobaqa sharoitida yengil atlet sportchini o‘rganishda, uning shaxsini ko‘p tomonlarini, sifatlarini funksional imkoniyatlarini baholash mumkin, garchi shu vaqtda musobaqalar shakllanish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Musobaqalashish faoliyatini tekshirish jarayonida sport texnikasini samaraligini aniqlash, sportchi xulqi taktikasini nazorat qilish, organizmni biokimyoviy va fiziologik reaksiyalari baholanadi, musobaqa vaqtida qanday tekshirilsa, musobaqadan so‘ng ham shunday tekshiriladi. Vaqtni o‘tish oralig‘iga bog‘liq holda bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish zarurligini sportchilarni 3 ta holati ajratilgan: 1. Bosqichli holati sportchi muvaffaqiyatlarini ko‘rsatishda imkoniyatlarini aks ettiradi va bular birmuncha uzoq vaqt saqlanadi. 2. Odatdagi holat bir yoki bir nechta mashg‘ulotlar ta’sirida o‘zgaradi. 3. Operativ holat bir marta bajarilgan jismoniy mashqlar ta’sirida o‘zgaradi. Sportchilarni bu tip holatlarida muvofiq holatni 3 ta asosiy pedagogik nazorat belgilanadi. Operativ nazorat – jarayonda tez vaqt ichida sportchini holati jismoniy mashqlarni bajarishdan keyin seriyalarni mashqlar bajarishda yoki mashg‘ulot vaqtida baholanadi. Operativ nazorat natijalari orqali mashqlar va seriyali mashqlar orasidagi eng qulay dam olish tanaffuslari aniq belgilanadi, mashg‘ulotlar yuklamasining hajmi jismoniy mashqlar seriyalarida ifodalanadi. Masalan: mashg‘ulot jarayonida yuguruvchi sportchi 6x150 m dan yugurib o‘tishi kerak, tezlik bilan 89-90% 3 minut dam olish tanaffusi bilan. Berilgan dam olish rejimida sportchi tezlik bilan yugurishni 3-masofasidan keyin zarur tezlik bilan vazifani bajarishdan holi bo‘lmaydi. Bu holatdan chiqishni bir necha yo‘llari mavjud: 1. Mashg‘ulotni seriyali o‘tkazish, ya’ni ikki yoki uch marta yugurish, bunda seriyalar orasidagi dam olish vaqtini uzaytirish; 2. Mashg‘ulotni ikki qismga bo‘lish (ertalab va kechqurun); 594 3. Ishni tezligi keskin ravishda tushganda mashg‘ulotlarni to‘xtatish. 4. Mashqlarni berilgan tezlik bilan bajarish sharti bilan dam olish vaqtini to‘liq tiklangunga qadar uzaytirish. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling