Yengil atletika va uni
III BOB. YENGIL ATLETIKADA ILMIY-TADQIQOT
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1. Yengil atletikada tekshirish uslubiyati
III BOB. YENGIL ATLETIKADA ILMIY-TADQIQOT
USULLARI Yengil atletika bo‘yicha mutaxassislar o‘zlarining har kungi faoliyatida mashg‘ulot paytida tashkilotchilik ishlarini, boshqarish faoliyatini doimo hal qilishlariga to‘g‘ri keladi. Buning uchun ular o‘z bilimlarini yangilab turishlari va boyitishlari, masalani qabul qilishda ularning faol hayotga tadbiq etishda tashabbuskor, javobgar, bir so‘zli bo‘lishlari kerak. Agar mutaxassis ilmiy tafakkurga ega bo‘lsa, musobaqa mashg‘ulot, dam olish vaqtida kelgan har xil ma’lumotlarni tahlil qilishni bilsa, bularni amalga oshirish mumkin. Talabalar oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayonida iloji boricha to‘liq bilimlarni, ilmiy metodlarni egallashlari, tekshirish masalalarini mustaqil echishni o‘rganishlari kerak. Talabalarni o‘quv – tekshirish ishlari o‘quv programmasini majburiy qismi hisoblanadi va dars paytida yoki darsdan tashqari vaqtlarda o‘tkaziladi. Bu tekshirish elementlarini ma’ruza, seminar, amaliyot va laboratoriya mashg‘ulotlarida ishlatish, pedagogik amaliyot vaqtida o‘quv vazifalarini tekshirish harakterida, yengil atletika metodikasi va nazariyasidan referatlar yozishda qo‘llaniladi. Talabalarni ilmiy – tekshirish ishlari o‘quv programmasining majburiy qismi bo‘lib hisoblanadi va darsdan tashqari vaqtda bajariladi. Talabalarning ilmiy to‘garaklarda, konferensiya va konkurslarda, ilmiy-texnik ko‘rgazmalarda qatnashishi, shuningdek,, davlat byudjeti va xo‘jalik kelishish tematikasi bo‘yicha ilmiy-tekshirishlarni bajarish, terma jamoalarni ilmiy-metodik ta’minlash bo‘yicha guruhlar ishida qatnashishi mo‘ljallanadi. 3.1. Yengil atletikada tekshirish uslubiyati Institut va universitetlarning jismoniy tarbiya fakultetlari uchun yengil atletika bo‘yicha o‘quv programmasiga muvofiq talabalar o‘qish jarayonida asosiy tekshirish usullarini o‘rganishlari kerak. Ilmiy tekshirishlar bajarilayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar, shuningdek,, 588 sport sohasida ham-yil sayin ko‘paymoqda. Faqat respublikamizda mustaqillik davrida dissertastiyalargina yengil atletika bo‘yicha 10 dan ortiq yozilgan. Ularda yengil atletlarning tayyorgarligi, yoshiga nisbatan jismoniy rivojlanish darajasi, harakatlanish qobiliyati va boshqa turli savollar ko‘rib chiqilgan. Bajarilgan tekshirishlar natijalari, chunonchi, chet el nashrlarida ham o‘z aksini topmoqda. Bizning mamlakatda va chet elda tizimli ravishda ilmiy tekshirishlar natijalari ilmiy-uslubiy va ilmiy konferensiyalarda (anjuman), simpoziumlarda keng muhoqama qilinadi. Talabalar uchun tekshirishlar uslubidan biri adabiyotni tahlil qilishdir (albatta birinchi o‘rinda yengil atletika bo‘yicha, keyin esa bilimning boshqa sohalari bo‘yicha). Nashrlar bilan tanishib, talabalar adabiyotni xronologik tartibda yig‘ib olishlari kerak, ya’ni avval oldingi davr nashrlari, keyin hozirgi davr nashrlari. U bu material qanday usul bilan olinganligi, natijalarni qanchalik ishonchliligi, bitta savolni har xil nuqtai nazardan qarab chiqishni, mashhur murabbiylar tajribasini yoki mashhur sportchilarning tayyorgarlik sistemasini o‘rganish va analiz qilishga e’tibor berishi kerak. Keyingi tekshirish metodi hujjatli materiallarni analiz qilish, mashg‘ulotlarni shaxsiy kundaligini, musobaqalar natijalarini, kuchli yengil atletlarni mashg‘ulot kundaliklarini va boshqalarni analiz qilishga mo‘ljallangan. Mashg‘ulotlar kundaligini analiz qilishni to‘g‘ri bajarishdan oldin uni to‘g‘ri to‘ldirish lozim. Yengil atletikaning har bir turida asosiy mashg‘ulot choralari tasnifiga muvofiq mashg‘ulotlar yuklamalari dinamikasini musobaqalar natijalari bilan taqqoslash, mashg‘ulotlar jarayonini tashkil qilish samarasini baholashga ijozat beradi. Mashg‘ulotlar yuklamalarini tahlilidan olingan natijalar grafigiga muvofiq mikro yoki mezostikl holatida berilishi kerak. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling