Yengil atletika va uni
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Yengil atletika mashqlari texnikasini tahlil qilish
Pedagogik tajriba ilmiy-tekshirish uslubiga o‘xshab, tekshi-
ruvchiga ikkinchi darajali ta’sirlarni bartaraf qilishda zarur sharoitni tug‘dirish ko‘zda tutiladi. Tajriba o‘tkazish jarayonida shartlarni tekshirish jarayonida tekshiruvchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishi mumkinligi ko‘zda tutiladi. Uning shartlari esa ko‘p yoki kam darajada jismoniy tarbiya jarayonini o‘ziga xos sharoitidan farq qiladi. Darajasiga bog‘liq bo‘lgan holda shart-sharoitlar o‘zgarishini shunday farqlanadi: tabiiy, modelli va laboratoriya sharoitidagi tajribalar. Tajriba ayrim faktlarni aniqlashga yoki biron-bir ko‘rsatkichlarni taqqoslashga qaratilishi mumkin. Tajriba oxirida jismoniy tay yor- garligi, yoshi, jinsi o‘xshash gruppalar qatnashadi, lekin mashg‘- ulotlarni biron-bir faktlari bilan (ya’ni yuklama-ning hajmi, mashg‘- ulotlarning yo‘nalishi va boshqalar) farq qiladi. Umumiy qabul qilingan qo‘llanma bo‘yicha shug‘ullanadigan guruhlarni nazorat guruhlari deb, boshqalarni esa tajribali guruhlari deb ataladi. Tajribani yakunlash uchun matematik statistika usullardan foydalaniladi. 3.2. Yengil atletika mashqlari texnikasini tahlil qilish Amaliy mashg‘ulotlarda har bir talaba sakrash, yugurish, irg‘itish va itqitish texnikasi elementlarini baholash mahoratini egallamog‘i kerak. Texnikaning eksport bahosi. Mashqlar texnikasini eksport bahosi bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilishda mashqlanayotganlar 3 ta guruhga bo‘linadi – A, B, V. Hamma talabalar bilan o‘tkazilgan mashqlarni umumiy qismidan keyin A guruh masofaga yugurish texnikasini ko‘rsatishga tayyorlanadi. B Guruh va V guruh mashg‘ulot uchun joy tayyorlash, tajriba olib boruvchilar joylashishini aniqlash bilan shug‘ullanadilar. Keyin A guruhdagi har bir talaba 60-10 m ga bo‘lgan yugurishni bajaradi, tajriba olib borayotganlar texnikani bahosini o‘tkazadilar. Undan keyin A guruh tajriba olib boruvchilar guruhiga o‘tadilar va B guruhsi bilan birgalikda uzunlikka sakrash texnikasi bahosini o‘tkazadilar. So‘ngra V guruhsi yadroni otishni ko‘rsatadilar, A va B guruhlari tajriba qiluvchilar holida chiqadilar. 591 Texnikaning har bir elementi 5 ball tizimida baholanadi. Yaqin masofaga yugurishda start, start olib yugurish, masofa bo‘yicha yugurish va marraga etib kelish baholanadi. Uzunlikka sakrashda dastlabki holat, tez yugurish, zarb bilan itarilish, sakrash, erga tushish baholanadi. Ballarni jamini chiqarishda o‘rta arifmetik baho aniqlanadi, bun- dan tashqari, juda yaxshi bajarilgan mashqlar ballarining jami 100 ga ko‘paytiriladi. Shundan keyin, mashqlarni bajarilish texnikasiga muvo fiq foizi belgilanadi. Shunga o‘xshash tarzda yengil atletikaning qolgan turlari texnika- sining eksport bahosi o‘tkaziladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling