Mundarija: kirish i-bob. Atom yadrosining tarkibi
Download 1.25 Mb.
|
KURS ISHI DEFEKT MASSA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mundarija: KIRISH
- II-BOB. Atom yadrosining bog‘lanish energiyasi
- Xulosa.....................................................................................................................26
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Denov tadbirkorlik va pedagogika istituti “Aniq va tabiiy” fanlar fakulteti “Matematika va Fizika” kafedrasi Fizika yo‘nalishi 3-bosqich 9F-20-guruh talabasi Abduraxmonov O‘rolning “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi” fanidan tayyorlagan KURS ISHI Mavzu: Defekt massa va bog‘lanish energiyasi. Tayyorladi: Abduraxmonov O‘rol Qabul qildi: Yusupov Erkin Mundarija: KIRISH……………………………………………….............................................3 I-BOB. Atom yadrosining tarkibi …………………….........................................7 1.1.Yadroni tashkil etuvchi proton va neytronlarning xususiyatlari.........................7 1.2. Massa soni atom yadrosining zaryadi va massasi............................................10 1.3. Yadro o‘lchami va zichligi...............................................................................15 II-BOB. Atom yadrosining bog‘lanish energiyasi…………………..................17 2.1. Bog‘lanish energiyasi.......................................................................................17 2.2. Solishtirma bog‘lanish energiyasi …………………………………...............20 2.3. Yadro bog‘lanish energiyasi uchun Veyszekkerning yarimempirik formulasi..................................................................................................................23 Xulosa.....................................................................................................................26 Foydalanilgan adabiyotlar....................................................................................27 KIRISH Yadro fizikasi — atom yadrosining tuzilishi, xususiyatlari va yadro ichida yuz beradigan jarayonlarni o‘rganuvchi fandir. XIX asr oxirlariga qadar atom tuzilishi haqida hech narsa ma’lum emas edi. 1896-yilda A.Bekkerel radioaktivlikni kashf etdi. Radioaktiv nurlanishlarning fotoplastinkaga ta’sir etishini va ionlashish xususiyatlarini aniqladi. Ikki yildan so‘ng P. Kyuri va M. Skladovskaya Kyurilar uran tuzlarining ham radioaktivlik xususiyatiga ega ekanligini aniqladilar. Radioaktivlik yemirilish vaqtida uch xil (α, β, γ) nurlanish vujudga kelishi va nurlanish intensivligi tashqi ta’sirlarga (temperatura, elektromagnit maydon ta’siri, deformatsiya) bog‘liq emasligini aniqladilar. 1900-yili Kyuri, E.Rezerford, F.Soddilar radioaktiv namunalardan chiquvchi α-nur ikki marta ionlashgan geliy atomi, β-nur tez elektronlar oqimi, γ-esa qisqa elektromagnit to‘lqin ekanligini aniqladilar. Bu radioaktivlik hodisalarini atom, molekulalarda bo‘ladigan jarayonlar deb tushuntirib bo‘lmaydi, balki yangi bir soha-yadroda deyishlikni taqozo etadi. J.J.Tomson 1897-yil 29-aprelda elektronni kashf etdi. 1904-yilda esa o‘zining atom modelini tavsiya etdi. Unga ko‘ra, atom o‘lchami R = 10-8 sm bo‘lgan shar, bunda musbat zaryad va massasi tekis taqsimlangan, elektron ma’lum konfiguratsiya bilan joylashib, Kulon qonuni bo‘yicha alohida bo‘laklari bilan ta’sirlashib turadi. Elektron atomda ma’lum muvozanat holatda bo‘lib, agar u muvozanatdan siljisa, kvazielastik kuchlar elektronni muvozanat holat atrofida tebranishga majbur etadi va nurlanish yuzaga keladi. Atomdagi musbat va manfiy zaryadlarning taqsimlanish xarakterini o‘rganish maqsadida E.Rezerford va uning xodimlari α-zarrachalaming moddalarda sochilishini o‘rgandilar. Tajriba natijasida α-zarralar o‘zlarining dastlabki yo‘nalishini turli burchak ostida o‘zgartirgan. Ba’zilari juda katta (deyarli 180° gacha) burchakka sochilgan. Olingan natijalarga asoslanib, Rezerford atom ichida juda kichik hajmga to‘plangan va katta massaga tegishli kuchli musbat elektr maydon (yadro) mavjud bo‘lgandagina α-zarralar shunday katta burchakka sochilishi mumkin, degan xulosaga keladi va 1911-yilda o ‘zining sayyoraviy modelini yaratdi. Bu modelga ko‘ra, elektronlar yadro atrofida joylashadi. Elektronlar soni esa shundayki, ularning yig‘indi manfiy zaryadi yadroning musbat zaryadini neytrallab turadi. Atomning bunday sayyoraviy modeliga ko‘ra, uning deyarli butun massasi kattaligi (o‘lchami) taxminan 10-12 sm ga teng bo‘lgan atomning markazi-yadrosida to‘plangan. 1926-yili Geyzenberg va Shredinger mikrodunyo jarayonlarini kvant mexanikasi qonunlariga ko‘ra tushuntira boshladilar. Kvant mexanikasiga ko‘ra, zarralar harakatini o‘rganishda ularning harakat trayektoriyasini, bir vaqtda turgan joyi va tezliklarini aniq bilish mumkin emas. Geyzenberg noaniqlik prinsipini, Shredinger kvant fizikasining to‘lqin nazariyasini ishlab chiqdi. 1919-yilda Aston mass-spektograf yaratdi va atomning massalarini aniq o‘lchash imkoniyatini berdi. Element massalari har xil bo‘lgan izotoplar aniqlandi. Rezerford birinchi marotaba alfa-zarralar bilan azot yadrosini bombardimon qilib + yadro reaksiyasini amalga oshirdi. Bu hodisa insoniyatning tabiat kuchlari ustidan erishgan dastlabki g‘alabasi edi. Reaksiyada vujudga kelgan vodorod atomining yadrosi barcha yadrolar tarkibiga kiruvchi elementar zarra ekanligi aniqlandi va proton (p) deb nom berildi. “Proton” so‘zi “birinchi” degan (yadro tarkibiga kiruvchi birinchi zarra) ma’noni anglatadi. Protonning massasi mp = 1836,lme ga, zaryadi qp =1,6×10-19 K1 miqdor jihatdan elektron zaryadiga teng, ishorasi esa unga qarama-qarshi. Proton kashf etilgandan so‘ngyadroning proton-elektron modeli yaratildi, lekin bu model yadro momentlarini tushuntira olmadi. Yadroning ichki sirlarini o ‘rganish uchun yuqori energiyali tezlatkichlar qurila boshlandi. Shu maqsadda Van-de-Graf tomonidan elektrostatik generator E.Lourens tomonidan esa siklotron yaratildi. 1932-yilda D.Chedvik (1891-1974) zaryadsiz, massasi protonnikiga yaqin bo‘lgan mn = 1838,6me, massali neytral zarra-neytronni kashf etdi. Neytron kashf etilgach, D.D.Ivanenko va Geyzenberg atom yadrosining proton-neytron modelini tavsiya etishdi. Bu modelga ko‘ra, atom yadrolari proton va neytronlardan tashkil topgan deb qaraladi. Hozirgi kungacha ham shunday tasavvur saqlanib kelmoqda. D.Kokroft va E.Uolton sun’iy tezlashtirilgan protonlar bilan birinchi yadro reaksiyasini amalga oshirdi. K.Anderson kosmik nurlar tarkibida pozitron (e+) ni kashf etdi. Kosmik nurlar va yadro nurlanishlami o ‘rganish uchun Vilson kamerasi va fotoemulsiya usullari yaratildi. Yadro tarkibini o‘rganish bilan bir vaqtda yadro kuchlarning xususiyatlarini aniqlashga jiddiy e’tibor qaratildi. l.E.Tamm (1895-1971), D.D.Ivanenko (1907-1981) va keyinchalik 1935-yildayapon olimi X.Yukava yadro kuchlar oraliq mezon zarralar yordamida amalga oshadi deb qarab, o‘zlarining mezon nazariyasini ishlab chiqishdi. 1934-yilda I.Kyuri va F.Jolio-Kyuri sun’iy radioaktivlik hodisasini, E.Fermi β-yemirilish nazariyasini yaratdi. 1937-yilda K.Anderson va S.Nedermeyer tomonidan kosmik nurlar tarkibida μ-mezon zarralar mavjudligi ochildi. Bu vaqtga kelib ko‘plab elementar zarralar va bu zarralarning bir-birlariga o‘tishliklari o‘rganila boshlandi. 1939-1945-y illarda og‘ir yadrolaming neytronlar ta’sirida bo‘linishi, bunda katta energiya ajralishi aniqlandi, y a’ni yadro zanjir reaksiyalari amalga oshirildi. Yadro bo‘linish nazariyasini 1939-yil Ya.I.Frenkel, N.Bor va J.Uylerlar tomchi modeliga asosan ishlab chiqishdi. E.Fermi boshchiligida AQSHda 1942-yil 2-dekabrda atom reaktori ishga tushdi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling